A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   116
ekologiya.maruza

3.*”JAYRON” EKOMARKAZI.
Buxoro viloyati hududida joylashagan. 1976 yilda 
tashkil etilgan. Maydoni- 7122 ga. O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi 
tasarrufida. ekomarkaz hududida quyidagilar hisobga olinadi: - hayvonlarning 8 turi, shundan 4 
turi O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
 «Jayron»
ekomarkazi noyob va 
yo`qolib ketish havfi ostidagi hayvon turlarini saqlab qolish va ko`paytirishga ixtisoslashgan 
jahon mikyosida o`ziga xos bo`lgan ob`yekt hisoblanadi. 1977 yilda tashkil etilganida ekomarkaz 
«Buxoro jayronlarni ko`paytirishga ixtisoslashgan pitomnik» deb nomlanardi va unda 42 ta 
jayron, 4 ta qulon va sayg’oqlar boqilardi. Keyinchalik unda xalkaro va milliy Qizil kitoblarga 
kiritilgan xongul (buxoro bug’usi), gepard, yo`rg’a-tuvaloq ham boqildi. Pitomnikning oldiga 
jayronlarni ko`paytirish, ular biologiyasini o`rganish va populyatsiyasi resurslaridan oqilona 
foydalanish vazifasi ko`yildi. Keyinchalik ijobiy nagijalar olinganidan keyin pitomnik boshka 
noyob turlar — kulon, Prjeval’skiy oti, yo`rg’a-tuvaloqni ko`paytirish bilan shug’ullandi, bu 
erda sayloqlar podasi ham bor edi. Faoliyatini kengaytirish va hayvonlarni ko`paytirish 
sohasidagi muvaffaqiyatlari tufayli 26.12.98 yilda Vazirlar Kengashining farmoyishi bilan 
pitomnik «Jayron» ekomarkaziga aylantirildi. ekomarkaz maydoni 7153 ga bo`lib, shundan 5145 
ga brakon’erlar va yirtqichlardan himoyalanish uchun metall to`siq bilan to`silgan. Pitomnikda 
tutqunlik sharoitida hayvonlarni o`rganish va zarurat tug’ilganida hayvonlar bolalarini qo`lda 
ovqatlantirish imkonini beradigan vol’erlar tizimi qurilgan. Hozirgi paytda 2007 yildagi hisobga 
ko`ra jayronlar mikdori 549 bosh, Prjeval’skiy otlari 35 boshgacha, O`zbekiston tabiatida 
yo`qolib ketgan kulonlar 55 boshgacha etgan. Jayronni vol’erda ko`paytirish sohasidagi ishlar eng 
muvaffakiyatli ketmokda. ekomarkaz faoliyat yuritgan vaqt davomida tutqunlikda ko`paytirilgan 
hayvonlarning 30 ta avlodini olishga muvaffaq bo`lindi. Bunda hayvonot bog’lari va xususiy 
kollektsiyalarga 200 dan ortiq jayron, 5 ta Prjeval’skiy oti sotilgan, 822 bosh jayron tarqatilgan, 
ovchilik mahsuloti (jayron) 128 boshni tashkil qildi. ekomarkazda bajarilayotgan tadqiqotlar 
natijalari ilmiy va davriy matbuotda, shuningdek ko`p sonli respublika va xorijiy nashrlarda 
chop etilgan, majlis va kongresslarda ma`ruza tariqasida taqdim qilingan. ekomarkaz bo`yicha 
ilmiy bibliografiya maqolalari 200 taga etib qoldi. ekomarkaz xodimlari bilan birga Rossiya, Fran-
tsiya, AQSH va boshka mamlakatlarning mutaxassislari tomonidan noyob ilmiy ishlar o`tkazildi. 
ekomarkazning ilmiy hisobotlari Fanlar Akademiyasida taqrizdan o`tadi va Davbionazoratda 
saqlanadi. Har yili Prjeval’skiy oti populyatsiyasining holati haqidagi axborot Xalqaro otlar 
nasli kitobini yuritish uchun Xalqaro Prjeval’skiy oti fondiga jo`natiladi. Buxorodagi 
Prjeval’skiy oti populyatsiyasi soni va ko`paytirish salohiyati bo`yicha jahoidagi beshlikka kiradi. 
ekomarkazda hayvonlar bosh suyaklarining noyob to`plami mavjud. 2007 yilda unda 937 nusxa, 
shundan jayronlar bosh suyagi 918 nusxa mavjud edi. Kollektsiya materialining qadrliligi 
shubhasiz, to`plam O`zbekiston ilmiy va madaniy fondlar ro`yhatiga kiritilgan. Hozirgi paytda 
ekomarkaz jayron, qulon, Prjeval’skiy oti, Buxoro tog’li qo`yini ko`paytirish bilan shug’ullanmokda. 
2007 yilda keltirilgan bir juft Buxoro qo`yidan 2 ta qo`zichoq tug’ildi. So`ngra yana 2 ta Buxoro 
qo`yi ko`zichog’i va 1 ta morxo`r uloqchasi keltirildi. Joriy paytdagi umumiy soni 6 bosh Buxoro 
qo`yy va 1 ta morxo`rdan iborat. Maqomi bo`yichch «Jayron» ekomarkazi ilmiy-ishlab 
chiqarish tashkiloti hisoblanadi. SHtati 33 kishi, 12 kishidan iborat ilmky bo`limi bor. Ilmiy 
bo`lim kuchi bilan jayron, kulon, Prjeval’skiy oti bo`yicha monitoring tadqiqotlari o`tkazilmokda. 
Bundan tashqari alohida mavzular bo`yicha qo`shma ishlanmalar, boshqa tashkilotlarning yakka 
tartibdagi tadkiqotlari ham mavjud. 
Tabiatni muhofaza qilishda qo`riqxona va milliy bog’lardan tashqari kichikroq 
maydonlardagi tabiiy ob`yektlar, ya`ni «tabiat yodgorliklari» muhofazaga olinadi. Masalan, 
valunlar — muzlik qoldiqlari, «qo`y peshonalar»— muzliklarning qoyalarga ishqalanishi, 
jimjimador qoyalar — tog’ jinslari nurashining guvohidir. Umumiy xarakteriga ko`ra, tabiat 
yodgorliklari geologik-geomorfologik, botanik, paleontologik, astronomik va landshaft 
yodgorliklariga bo`linadi. Geologik-geomorfologik yodgorliklarga nodir geologik tog’ jinslari, 
valunlar, g’orlar, karst voronkalar, vulqon kraterlari, geyzerlar, qadimiy okean, dengiz, ko`l va 
daryo qirg’oqlari, muzlik izlari, «qo`y-peshonalari», morenalar, tog’ jinslarining nuragan 


shakllari, rel’ef shakllari va qoyalar kiradi. Botanik yodgorliklarga esa umri boqiy daraxtlar
yo`qolib ketayotgan relikt o`simlik turlari tarqalgan maydonlar, dashtda uchraydigan o`rmonlar 
kiradi. Paleontologik yodgorliklarga toshga aylangan organizm va qirilib ketgan hayvonlarning 
izlari qolgan joylar misol bo`la oladi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin