kabilar muhimdir. Bu tajribalar tabpat muhofazasi bo`yicha juda ko`p
muammolarni echishda,
umumiy sotsial-iqtisodiy rivojlanish vazifalarini amalga oshirishda xatoliklarga yo`l
qo`ymaslikka yordam beradi.
O`tish davrini o`tayotgan mamlakatlarda (Markaziy va Sharqiy Yevropa, Rossiya, MDH)
tabiat muhofazasi bo`yicha faoliyat tajribalari o`sha rejali, Markaziy boshqaruv davrida
to`plangan edi. 70-80 yillarda tabiat muhofazasi bo`yicha qator qonuniyatlar ishlab
chiqildi va
qabul qilindi, tabiat muhofazasi bo`yicha davlat boshqaruv tizimi yaratildi, iqtisodiy
monitoring
(nazorat punktlari tizimi havo, 76 va suv havzalari holati) barpo qilindi, iqtisodiy ta`sir
qilish
elementlari (soliq, dotatsiya, jarima, imtiyoz), ekologik fondlar tuzilib, qator mamlakatlarda
ishlab chiqarishda chiqindisiz texnologiyalar qo`llanila boshlandi. Hozirgi vaqtda (ayniqsa o`tish
davrini o`tayotgan mamlakatlarda) bu tajribalarning ijobiy tomonlarini saqlab qolish muhim
ahamiyatga ega. Murakkab sotsial-iqtisodiy sharoitda tabiat muhofazasi uchun sarf-harajatlarni
tejash uchun moyillik bo`ladi. SHu bilan birga bozor iqtisodiyotiga o`tish
nafaqat mamlakatni
iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi, balki unda ekologik vaziyatni yaxshi tomonga o`zgartiradi.
Dostları ilə paylaş: