iborat bo`lganligp sababli grunt suvlarining yotiq (gorizontal) oqimi ham juda sekin, ba`zi
joylarda amalda yo`q darajada. Ular asosiy qismining bug’lanishga sarf bo`lishi tufayli
tuproqdagi tuz miqdori ham katta. qozog’istonlik mutaxassislarning ma`lumotiga ko`ra 1961-
1970 yillar o`rtacha yillik tuz to`planishi 1,80 mln t, 1971-1980 yillarda 2,95 mln t, 1981-1985
yillarda 4,85 mln t.ni tashkil kilgan. Binobarin uning qurigan qismi
ulkan tuz manbaiga aylanib
bormoqda.
Hozirdayoq Orolning qurigan qismida shamol ta`sirida qum, chang va tuz zarrachalari turli
tomonlarga to`zimoqda. Janubiy Orolbo`yida dengizning qurigan qismidan ko`tarilgan tuz va
sho`r changlarniig tushishp SANIIRI ma`lumotlariga ko`ra har ga maydonga o`rta hisobda 90-
1000 kg dan to`g’ri keladi. Ammo dengizning eski qprg’og’idan janub tomon bu miqdor
kamayib borishi aniqlangan, chunonchi Muynoq atrofi har gektar maydonga 1242 kg dan tuz
yog’ilsa, Nukus atrofida bu miqdor 100-150 kg. va undan kamroq.
Yana bir noxush
holat shundan iboratki, Orolbo`yida tabiiy va ekologik sharoitning keskin
o`zgarishi sababli mavjud yaylov va pichanzorlarning mahsuldorligi (o`sha vaqtlarda gektarga
10-50 ts bo`lgan) 0,5-2-3 ts gacha kamaydi. o`simliklar zichligining kamayib borishi, ularning
siyrak golofitlar bilan almashishi oqibatida shamol eroziyasn kuchaymoqda, natijada tekislikning
o`ydim-chuqurligi
ortib bormoqda, qum relef shakllari tarkib topmoqda. Gidrometeorologiya
Bosh boshqarmasi ma`lumotlariga qaraganda, Orol dengizi turli tomonga yiliga 15-75 mln t
chang va tuz tarqatuvchi asosiy manbaga aylanib bormoqda.
Orol tubidan ko`tarilgan tuz va qum zarrachalari Ustyurt yassi tog’lardan engilgina oshib,
janub va g’arbga tarqaladi. Kaspiyga borib etadi. Kaspiyda suvning yuza bug’lanishi tik naychasi
bilan uchrashadi. Naychada chang-tuz buluti hosil bo`ladi. Ular juda balandlikka ko`tarilib, eni
40 km, uzunligi 30 km bo`lgan hududlarga etib boradi. Orol dengizining qurishi mintaqaning
iqlim vaziyatini o`zgartirib yubordi. Ilgari Orolbo`yida harorat va havo namligini o`ziga xos
tartibga solib turuvchi tabiiy to`siq bo`lib hisoblanardi.
Dengiz sathidan ko`tariluvchi bug’ ustuni Amudaryo quyi oqimi hududiga SHimol
shamollari kirib keladigan yo`lda bamisoli qalqon bo`lib turgan dengizning mayinlashtiruvchi
nafasi iqlim quruqligini kamaytirar, saraton issig’ini va qahraton sovug’ini mo``tadillashtirar edi.
endilikda Orol dengizining bu ahamiyati deyarli sezilmay qoldi. Natijada
keyingi vaqtda iqlim
sharoiti keskin o`zgardi. YOz isib ketdi, qish esa sovuq bo`la boshladi, changli to`zonlar
ko`payib, bahorgi va kuzgi sovuq urishlar tezlashdi, o`simliklarning vegetatsiya davri 20-25
kunga qisqardi. Bu esa mazkur mintaqada issiqsevar o`simliklarni etishtirish imkoniyatini
kamaytirmoqda.
Mintaqaning yuz minglab gektar erlari jizg’anak bo`lib, sho`rlanib yotibdi. Paxta
etishtirishga ajratilgan er maydonlarining anchagina qismi kasallik qo`zg’atuvchilar va o`simlik
zararkundalari bilan kasallangan. Sug’oriladigan erlarning ko`pgina maydonlarda tuproq
unumdorligi pasaymoqda. Asosan qishloq xo`jalik ekinlarining hosildirligi keskin kamayib ketdi.
Mintaqada ekologik vaziyatning g’oyat keskinlashgani, bundan tashkari Amudaryo va Sirdapyo
oqimining kamayib ifloslanib qolgani, Orolbo`yining jadal ravishda cho`lga aylanib borayotgani
bilan bog’liqdir. Sanoat va xo`jalik-maishiy oqava suvlarning tashlanishi oqibatida daryo va
havza suvi zaharlanmoqda. Qishloq xo`jalik ob`yektlaridan chiqadigan g’oyat ko`p
miqdordagi
fosfor, azot va boshqa moddalar, shuningdek defoliantlar, insektitsidlar tarkibidagi zaharli
moddalar suvga kelib tushmoqda. Yuqori darajada minerallashgan kollektor-drenaj
oqavalarining daryolarga chiqarib tashlanishi daryolar suvining minerallashuviga ham sabab
bo`lmoqda. Bakteriyalarning umumiy miqdori yo`l qo`yilishi mumkin bo`lganidan 5-10 marta
ortiqdir.
Keyingi yillarda O`zbekiston olimlari Orol dengizining qurigan tubini tadqiq qildilar.
Bunda aerofazo materiallaridan keng foydalanildi. qo`shimcha ravishda ko`p zonali aerosuratga
olishlar o`tkazildi. Orolning qurigan tubi janubiy qismida morfometrik xususiyatlarga ega
bo`lgan qator zonalar, jumladan Ajiboy qo`ltig’ini ajratib ko`rsatish mumkin. qo`ltiq asosan og’ir
mexanik tarkibli zamindan, loy, og’ir qumoq tuproq va qumloq tuproqdan tashkil topgan.
qo`ltiqni Ustyurt va Yo`lbars burni yarim oroli tarafdan qum- barxavlari o`rab olgan. Bir metrli
qatlamning sho`rlanganligi gektar hisobiga 190-400 tonnaga to`g’ri keladi. CHunki jinslar
zichligi markazga va qo`lgiqning dengizga chiqish tomon kuchayib boradi.
Er osti suvlari yuzada
joylashgan va suvga chidamli qatlamning yastanib yotishi ba`zi joylarda suv chiqadigan
qatlamlarning siyrakligi bilan izohlanadi. qirg’oq chizig’idan er osti suvlarining chuqurligi 4-5
metrga boradi, qo`ltiqning markazi tomon va qirg’oqda yuza joylashgan hamda er yuziga chiqib
turadi.
SHarq tomondan yondashgan Yo`lbars burnidan shimolroqda zona dengiz qumlari va
qumloq tuproqdan tashkil topgan. Umumiy maydoni 330 kv km. Bu hududning asosiy qismidan
shimolning qumlarning uchirishi ustunlik qiladi. Er osti suvlari yuza joylashgan bo`rsillagan
(gidromorf), sho`rxok shakllanadigan zona bundan mustasnodir. Amudaryo del’tasi asosan
yumshok er va allyuvial (daryo suvlari oqizib kelgan) jinslardan tashkil topgan, kam
sho`rlangan. Bu erda shamol va suvlar emirilish uyg’unlashib, o`nqir-cho`nqir murakkab rel’ef
hosil qiladi. Daryoning suvligiga qarab del’ta dengiz tomon yiliga 0,6-0,9 km suriladi. Bu erda er
osti suvi darajasi yilning suvligiga bog’liqdir va suv sathiga yaqindir. Mustahkamlangan qumloq
maydonlarda ko`p yillik o`simliklar - saksovul, yulg’un, to`kay nihollari va boshqalar yaxshi
rivojlanmoqda. Jildirbosh qo`ltig’i kollektor-drenajlar tashlama suvlari va qozoqdaryo
irmog’idan ta`minlanadi. Umumiy maydoni 1900 kv km, uning 60-80% ni sho`rxokka
bardoshli
va qo`g’a-qamish aralash nihollar bosib ketgan. qo`ltiqning anchagina qismida kuchli
minerallashgan er osti suvi 2-3 metr chuqurlikda bo`lib, zaxkash va yarim zaxkash sho`rxoklar
yuzaga kelishiga ko`maklashadi. qo`ltiqning Shimoliy va shimoli-sharqiy qismida dengiz va
daryo loyqalaridan sho`rxoklar paydo bo`lmoqda.
Orolning sharqiy qismidagi 1 mln. ga li Oqtepa arxipelagi tuzlar to`planishining eng yirik
manbaidir. Bu arxipelag Qizilqum shimoli-sharqiy qismining davom etib kelgan past-baland va
ariqsimon qumlardan shakllangan, balandligi 10-15 m. Ular alohida suvi qurigan yoki 150-200
gektar atrofida sho`r suv bilan to`lgan kotlovinalaridan iborat. SHo`r suv kotlovinalari atrofida
dengiz qirg’ogi sho`rxoklari shakllanadi, ular halokatli darajada bo`lib, 30 km chamasidagi
zonadagi yuza sathlar tarkibida 15-17% gacha tuz bor.
Orol dengizi tubining qurigan doirasi mikrorel’efi, qatlamlar litologiyasi, qurib borishning
jadalligi er osti suvlarining chuqur yoki yuza joylashganligiga qarab galogeokmyoviy
jarayonlarning uzoq davomli bosqichini o`taydi.
Shunday qilib, Orol va Orolbo`yi bo`hronining
eng asosiy sababi ishlab chiqarish tuzilmalari bilan O`rta Osiyo ekologik tizimini o`rtasida
vujudga kelgan chuqur ziddiyatdir. Bu tabiatning ob`yektiv qonunlarini mensimay suv va boshqa
tabiiy boyliklardan chek-chegarasiz foydalanish oqibatida ro`y berdi. Irrigatsiya qurilishi
tarixining Orol va Amudaryo hamda Sirdaryo del’talari ekologik tizimini saqlash bo`yicha
tavsiyalari amalda bajarilmadi. Buning oqibatida Orol dengizi atrofida o`lkalarda mudhish
vaziyat vujudga keldi: katta-katta maydonlaridagi ekinzorlar quriy boshladi: daraxtlar, o`t-
o`lanlar, tuproq, suv va havo zaharlandi. Ayniqsa odamlarning sihat-salomatligiga, hayvonot
olamiga katta ziyon etdi. Ilgari yashnab turgan ko`pgina joylarning ekologik sharoiti
yomonlashib, ular kimsasiz dasht biyobonlarga aylandi.
Dostları ilə paylaş: