A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   116
ekologiya.maruza

YUNESKO,TMXI
) faoliyati doirasida cheklanib qolindi. ekalogik masalalarga 
ko`proq xususiy muammo sifatida qarashlar davom etdi. Bu hol ekologik muammolarni bir davlat 
yoki alohida olingan mintaqa miqyosida, alohida biror-bir aniq, tor doiradagi tadbirlar yordamida 
hal etish mumkin, degan yuzaki qarashlarning davom etishiga sabab bo`ddi. Aslini olganda bu davrga 
kelib (1970) ko`plab ekologik muammolar allaqachon bir davlat yoki millat chegarasi doirasidan 
chiqib umumbashariy xarakter kasb etgan edi. 1970 yillardan boshlab insoniyat ekologik 
muammolar umumbashariy xarakterga ega ekanligini va ularni hal etish uchun 
XEH 
ni yanada 
rivojlantirish va takomillashtirish zarurligini anglab eta boshladi. Natijada shu davrdan boshlab XEH 
da yangi rivojlanish bosqichi boshlandi.To`rt yillik tayyorgarlikdan so`ng" 1972 yilda Stokgal’m 
(SHvetsiya) da 113 mamlakat, turli davlatlararo va nodavlat tashkilotlari ishtirokida BMTning 
atrof-muhit muhofazasi bo`yicha konferentsiyasi o`tkazildi. Uning natijalari asosida «Atrof-muhit 
to`g’isida Deklaraitsiya» qabul qilindi, uning qisqacha mazmuni quyidagicha edi: 
■taraqqiy etgan mamlakatlar rivojlanayotgan davlatlarga atrof-muhit muhofazasi uchun aniq 
sharoit va ehtiyojini e`tiborga olib mablag’lar ajratishlari zarur; 
■tabiiy resurslarni hozirgi va kelajak avlodlar uchun saqlanib qolish zarur. Barcha 
mamlakatlar XEH ni samarali rivojlantirishda faol hamkorlik qilishlari lozim; 

har bir inson ozod, teng huquqli va qulay bo`lgan atrof-muhit sharoigida yashashga 
haqlidir; 

insonlarni ezishning apparteid, irqiy kamsitish, mustamlaka qilish va boshqa shakllari 


tugatilshii lozim; 
• yadro qurollari sinovini to`xtatish zarur.
Stokgol’m konferentsiyasi qarorlari BMTning 32-Bosh Assambleyasida ko`rib chiqildi va 
ular asosida 11 ta rezolyutsiya qabul qilindi. Bu rezolyutsiyalarda BMTning atrof-muhit 
muhofazasi soxasidagi tadbirlarining tashkiliy, ma`muriy va huquqiy asoslari yoritib berildi. 
BMT tomonidan biosferaning tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni saqlab qolish 
masalalarini ilmiy jihatdan asoslashga katta e`tibor berila boshlandi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin