A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Urbanizatsiya va uning ekologik vaziyatga ta`siri



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   116
ekologiya.maruza

Urbanizatsiya va uning ekologik vaziyatga ta`siri. 
Hozir va kelajakda ham tabiiy 
muhitga urbanizatsiya jarayonining ta`siri kuchli darajada bo`lishiga shubha yo`q. CHunki 
shahar aholisining salmog’i yildan yilga ortib bormoqda (5-jadval). 
Dunyoning yirik hududlarida shahar aholisi salmog’ining o`sishi 
(foiz hisobida) 
Hududlar 
1950 y. 
1970 y. 
1990 y. 
2003 y. 
Dunyo bo`yicha
29 
37 
43 
47,5 
Afrika 
15 
23 
31,8 
37,3 
Shimoliy Amerika 
64 
74 
75,4 
77,4 
Lotin Amerikasi 
41 
57 
71,4 
76,6 
Osiyo 
17 
23,4 
32 
37,7 
Yevropa 
53 
64,4 
73 
74,1 
Avstraliya va Okeaniya 
61 
71 
70,6 
70,2 
Xitoy 
12 
17,4 
26,2 
34,5 
Rossiya 
44,7 
62,5 
74 
77,9 
O`zbekiston 
30 
37 
41 
37,9 
Hozir dunyo mamlakatlarining 120 tasida urbanizatsiya darajasi o`rtacha dunyo 
miqyosidagi o`rtacha ko`rsatkichidan yuqori, 90 ta mamlakatda shahar aholisining bu boradagi 
ulushi qishloq aholisinikidan ko`p. 
Urbanizatsiyaning avj olishi, ayniqsa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida 
kuzatilmoqda. Urbanizatsiya tufayli yirik shaharlar soni ortib bormoqda. 1900 yilda aholisi soni 
100 mingdan ortiq shaharlar 300 taga yaqin bo`lgan, 1950 yilda – 950, 1980 yilda – 2370 taga 
etdi. Hozir dunyo aholisining 1/4 qismi yirik shaharlarda yashamoqda. “Millioner shaharlar” soni 


ushbu yillarda 10 tadan 250 taga ortdi (1950 y. – 81, 1960 y. – 120, 1980 y. – 209). Dunyo 
aholisining 15% ga yaqin qismi “millioner shaharlar”da mujassamlashgan. Urbanizatsiyaning 
o`ziga xos ko`rinishi shahar aglomeratsiyalari va megalopolislarning rivojlanishida namoyon 
bo`lmoqda. AQSHdagi Bosvash (Boston-Vashington), Chikpits (Chikago-Pittsburg), Sansan 
(San-Frantsisko – San-Diego) megalopolislarida yaqin kelajakda 150 mln. dan ortiq aholi 
(AQSH aholisining 50%dan ortig’i) yashashi taxmin qilinmoqda. Moskva aglomeratsiyasi o`z 
markazidan 100 km radiusda 130 ta aholi yashash joylarini (shaharlarni) birlashtirgan. 
Aglomeratsiya jarayoni ham rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xarakterli tus olmoqda. 
Lotin Amerikasidagi: Buenos-Ayres, San-Paulu, Rio-de-Janeyro, Mexiko, Karakas, Bogota, 
Sant’yago; Osiyodagi: Kal’kutta, Bombey, Singapur, Gonkong, Jakarta, Istambul; Afrikadagi: 
Qohira, Kasablanka aglomeratsiyalari tez o`smoqda. Ayniqsa, keyingi davrda aholisi soni 10 mln 
dan ortgan “bahaybat (gigant) shaharlar” salmog’i ancha ortdi. YAqin kelajakda Mexikoda 31 
mln, San-Pauluda – 26, Tokioda – 24, N’yu-Yorkda – 23, Kal’kuttada – 20, Bombey, Qohira va 
Jakartada 15 milliondan aholi yashashi e`tirof etilmoqda. Shaharlarning joylashishi ham dunyo 
bo`yicha bir tekis emas. Aholisi 5 mln dan ortgan 26 shaharning 5 tasi (Mexiko, Parij, Moskva, 
Chikago, Dehli) dengiz qirg’oqlaridan ancha uzoqda, qolgan barcha yirik shaharlarning 40%i 
dengiz sohilidan 50 km gacha bo`lgan hududlarda joylashgan. 
Urbanizatsiyaning jadal rivojlanishi Yer yuzasida ekologik vaziyatning 
murakkablashishiga ta`sir ko`rsatmoqda. Urbanizatsiya jarayoni tabiat komponentlarining 
barchasida kuchli o`zgarishlar sodir etishi ayon. Urbanizatsiya tufayli shaharlarda grunt, rel’ef, 
tuproq, gidrografik tarmoqlar, yer osti suvlari, atmosfera havosi, o`simlik qoplami, hayvonot 
dunyosi, hatto iqlim o`zgaradi. Aynan shu sababli shaharlarda nafaqat harorat, nisbiy namlik, 
quyosh radiatsiyasi, balki, Erning issiqlik, gravitatsiya, elektr hamda magnit maydonlari 
xususiyati ham sezilarli darajada o`zgaradi. Shaharlarning kattalashishi uning atrof tabiatga ta`sir 
radiusini ham orttiradi, natijada shahar hududi bilan birga uning atrofida ekologik vaziyatdagi 
mutanosiblik yo`qoladi. 
Shaharlar atrofdagi tabiiy xududiy majmualar (TXM)ga 3-30 km masofada ta`sir 
ko`rsatadi. Sanoat korxonalarining turli chiqindilar (zaharli gaz, iflos suv va h.k.) chiqarishi 
oqibatida shaharlar atrofidagi ekin dalalari, o`tloq, yaylov, suv havzalari va o`rmonlar zarar 
ko`rmoqda. Kanadalik olimlarning kuzatishlaricha, mis-nikel korxonalari chiqindilari 3,5 km 
radiusdagi o`simlik va hayvonlarni butunlay yo`q qilishi, 13 km dagi daraxtlarga kuchli shikast 
etkazishi, tuproq unumdorligini yo`qotishini ko`rsatdi. Tog’-metallurgiya korxonalari ta`siri ham 
yuqoridagidan kam emasligi ma`lum. 
Ko`pgina shaharlarda er osti suvlaridan iste`molga olinishi oqibatida shahar zaminining 
cho`kishi ro`y bermoqda. Tokio va Osakada zamin yiliga 18-20 sm, Koliforniyada – 30-35 sm, 
Mexikoning ayrim hududlarida 40 sm ga pasaymoqda. SHahar zaminining cho`kishi insonning 
boshqa faoliyatlari bilan ham bog’liq. Masalan, Moskva shahri ostidagi suv quvurlari uzunligi 
shahar kuchalari umumiy uzunligidan ikki marta ko`p ekan. Demak, bu shaharning turli 
hududlarida o`z ta`sirini ko`rsatmay qolmaydi. YAngi shaharlarning barpo etilishi, eskilarining 
kengayishi, avvalo erlarni qishloq xo`jaligidan chegirilishiga sabab bo`ladi. MDHda sobiq 
sho`rolar davrida 1200 ta yangi shahar barpo etilgan. Hozirda yiliga 500 ming ga er (AQSH da 1 
mln ark, 1 ark teng 0,4 ga) shaharlar hududiga qo`shilmoqda. Faqatgina MDH da 10 mln ga dan 
ortiq erni shaharlar hududi egallagan. Moskva shahar aglomeratsiyasi 2600 km
2
ni, Sankt-
Peterburg – 1300 km
2
, Parij – 1870, London – 5400, N’yu-York aglomeratsiyasi esa 7272 km
2
maydonni band qilgan. Shahar rel’efining tekislanganligidan gidrografik tarmoqlardagi oqim 
qiyinlashadi. Pastkamliklarda ortiqcha suv to`planishidan rel’efda o`pqon, surilmalar vujudga 
keladi. Imoratlarning erto`lalari zaxligidan turli kasalliklarni tarqatuvchi mikroorganizm va 
hasharotlar uchun makonga aylanadi. 
Yirik shaharlarda havoning ifloslanganligi tufayli quyosh nurini 15% (qishda 
ul’trabinafsha nurlarni 30%) kam olishi aniqlangan. Bundan tashqari shaharlarda yog’ingarchilik 
va bulutli kunlar 10%, tumanli kunlar yozda 30%, qishda 100% ortiq bo`lishi ma`lum. Masalan, 
Moskva shahri qish oylarida 24% quyosh nurini yo`qotadi. Sankt-Peterburgda esa quyosh nur 


sochib turivchi vaqt uning tevarak – atrofdagi hududlardagiga nisbatan yiliga 120-160 soatga 
kamligi aniqlangan. Yirik shaharlarda markaz va chekka hududlarda harorat tafovuti 4-5
0
ga 
etishi mumkin (Parij – 0,8
0
, Sankt-Peterburg – 1
0
, Moskva – 1,4
0
). Natijada, shahar markazida 
“issiqlik oroli” vujudga keladi, atmosfera tsirkulyatsiyasi holati o`zgaradi. Turli qurilmalar, 
issiqlik manbalarining ko`pligi, havoning iflosligi tufayli shaharlarda o`ziga xos “og’ir 
mikroiqlim” shakllangan. SHaharlardagi baland imoratlar havoning almashinuvini, ayniqsa, 
yozda kechqurunlari shaharga salqin havo kirishini qiyinlashtiradi. 
Sanoat va transport shaharlar atmosferasi tarkibida xilma-xil, kuchli zararli gaz va 
metallar miqdori ortishiga sabab bo`lmoqda. AQSH, YAponiya, Angliya, Kanada, Frantsiya va 
boshqa mamlakatlardagi yirik shaharlar havosining 1 m
3
da 1-2 dan 8-10 mikrogrammgacha 
qo`rg’oshin birikmasi borligi aniqlandi. Kadmiy, simob, mis, nikel, rux, xrom, vanadiy – shahar 
havosining doimiy birikmalariga aylanmoqda. Metallurgiya, ba`zan neft’-kimyo korxonalariga 
ega bo`lgan shaharlar havosi tarkibida, odatda, sul’fat II oksid aralmashalari yuqori darajada 
bo`ladi. E.Yu. Bezuglaya (1980) shahar havosi ifloslanishi borasida muhim qonuniyatni 
aniqlagan. Aholisi soni 250-500 ming kishi bo`lgan shaharlarda havoning sul’fat II oksid bilan 
ifloslanish darajasi 100 ming kishilik shaharga nisbatan 60-80%, yirik shaharlarda esa ushbu 
ko`rsatgich 100% dan ham ortishi kuzatiladi. Shuningdek, B.B. Proxorov (1997)ning ushbu 
sohadagi tadqiqotlari ham amaliy ahamiyatga loyiqdir(6-jadval). 90-yillar boshida MDH da 
atmosferaga yiliga 200 ming t. dan ortiq zararli moddalar chiqaruvchi 70 dan ortiq shahar qayd 
etilgan (Noril’sk – 2368 ming t (1), Krivoy Rog – 1328 ming t (2), Moskva – 1113 ming t (3),... 
Toshkent – 454 ming t (19),... Farg’ona – 234 ming t (53)...). 
Biroq hozirga kelib ayrim shaharlarda (xususan, Toshkent, Farg’ona va b.) ushbu 
ko`rsatkich juda sezilarli darajada kamaygan. Biroq, shahar havosining nisbatan ifloslanganligi, 
umuman, urbanizatsiya jarayoni ekologik vaziyatga kuchli ta`sir etmoqda. Aholi o`rtasida turli 
yuqimli-og’ir kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishi, shaharlarda o`lim ko`rsatkichlarining 
yuqoriligi bevosita urbanizatsiyaning ekologik vaziyatga salbiy ta`siri natijasidir. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin