A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Aholi soning o`sishi: oziq-ovqat mahsulotlari muammosi va atrof –muhit



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   116
ekologiya.maruza

Aholi soning o`sishi: oziq-ovqat mahsulotlari muammosi va atrof –muhit. 
Odamzod 
paydo bo`lgan ilk davrlarda uning tabiiy ko`payishi nisbatan juda sekin bo`lgan. YAngi era 
boshlarida Er yuzasida taxminan 250-300 mln. aholi bo`lib, 100-140 mln. nafari Hindiston, 70 


mln. ga yaqini Xitoy, 10 mln. dan oshig’i Old Osiyo va Shimoliy Amerikada yashaganligi fanga 
ma`lum. O`sha davrlarda sobiq Ittifoq hududida 5-10 mln kishi yashagan, Markaziy Osiyo va 
Kavkaz orti mintaqasida ham aholi ancha zich bo`lgan. 
Dunyo aholisi soni XVII asr o`rtalariga kelibgina 0,5 mlrd. ga etgan, XIX asr o`rtalarida, 
qariyib 200 yildan so`ng 1 mlrd ni tashkil etdi. Umuman, dunyo aholisi soni 1 mlrd bo`lishiga 
1000000 yil lozim bo`lgan bo`lsa, 2 mlrd uchun 80 yil, 3 mlrd. ga 30 yil, 4 mlrd. ga 15 yil, 5 va 6 
mlrd bo`lishiga 13-12 yil kifoya qildi (3-jadval). 
 
Dunyo aholisi sonining o`sishi (mln. kishi) 
Yillar 
Aholi soni 
Yillar 
Aholi soni 
1000 
288 
1950 
2508 
1500 
436 
1960 
3010 
1650 
545 
1970 
3632 
1750 
728 
1980 
4430 
1800 
911 
1987 
5000 
1900 
1617 
1999 
6000 
1940 
2252 
2000 
6080 
Hozir dunyo aholisi yiliga o`rtacha 80 mln kishiga ortib borayotganligi e`tiborga olinsa, 
2025 yilda sayyoramizda 8206 mln, 2050 yilda 9-10 mlrd aholi yashashi bashorat qilinmoqda 
(BMT bashorati). Dunyo aholisining tez sur`atlarda ko`payishi XX asrning o`rtalarida eng yuqori 
darajalarga ko`tarildi. Bu jarayon ayniqsa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida 
“demografik portlash”ga sabab bo`ldi. 1950-1987 yillar mobaynida ushbu mamlakatlar aholisi 
qariyb 2,26 martaga ko`paydi. Dunyo aholisining 80% dan ziyodi aynan o`sha mamlakatlarda 
yashamoqda. 
XXI asr bo`sag’asiga kelib aholisi soni 10 mln. kishidan ortgan mamlakatlar soni 71 taga 
etdi. SHulardan 11 tasida aholi soni 100 mln. dan ortdi. Aholisi soni 10 mln. dan ortgan 
mamlakatlarning 50 dan ortig’i ham Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi hissasiga to`g’ri keladi. 
Umuman, ushbu mamlakatlarda dunyo aholisining salkam 95%i istiqomat qilmoqda. Xitoy, 
Hindiston, AQSH, Indoneziya, Braziliya va Rossiyada Er shari aholisining deyarli yarmi 
yashamoqda. 
Dunyo aholisining 80 foizi qismi asosan balandligi dengiz sathidan 500 m gacha bo`lgan 
hududlarda (quruqlik yuzasining 28%i da) yashaydi. Afrika va Janubiy Amerika aholisining 
salmoqli qismi 500-1500 m balandliklarda istiqomat qiladi (34,6; 27,5%). Aholining Boliviyada 
88%, Peru, Meksika, Afg’oniston, Habashistonda 66 foizi dengiz sathidan 1000 m dan balandda, 
Gollandiyada esa aholining 40%i dengiz sathidan past hududlarda yashaydi. Dunyo aholisining 
52,7%i dengiz sohillaridan unchalik uzoq bo`lmagan hududlarda (200 km gacha), 47,3%i esa 
quruqlikning ichki qismlarida hayot kechiradi. 
Dunyo aholisining 70%i quruqlikning 7%ida mujassamlashgani holda, quruqlikning 
50%ida o`rtacha zichligi har kvadrat kilometrga 1-2 kishidan ortmaydi. Er yuzasining 15% 
qismida aholi deyarli yashamaydi. Aholi zichligi 1920 yilda 13 kishidan, 1950 yilda – 18, 
hozirda 40 kishiga etdi. Dunyo aholisining zichligi ham uning turli hududlarida turlichadir (4-
jadval).

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin