A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Insonning tabiat ekologik holatiga salbiy ta`siri



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   116
ekologiya.maruza

Insonning tabiat ekologik holatiga salbiy ta`siri.
Inson o`z faoliyati bilan atrof 
muhitga qadimdan ta`sir etib kelgan. U ovchilik qilib, tabiat komponentlarini o`ldirgan, 
qanchadan qancha turlarning yo`qolib ketishiga sabab bo`lgan. Insonning tabiatga ta`siri juda 
keskinlashi natijasida tabiiy muhit o`rtasida o`zaro aloqadolik buzildi. Ming davomida mavjud 
bo`lgan ekologik muvozanat buzildi. Agar qadimgi zamonlarda erlardan yuqori hosil olish uchun 
insonlar tez-tez ekin maydonlarini o`zgartirib turish bilan tabiiy muhitga ta`sir qilgan bo`lsa, 
texnika asrininig kelishi sababli tabiiy ekosistemalarga qishloq xo`jaligi va sanoatning ta`siri 
o`sib ketdi. Tabiat in`omlarini ekspulatatsiya keng ko`lamda davom etmoqda. Hozir jahon 
bo`yicha har kuni tabiiy muhitdan 11-130 gektar er tortib olinib, shu erlarga yo`llar, sanoat 
obe`ktlari, qishloq va shaharlar qurilmoqda. Sanoat rivojlangan joylarga juda oz miqdorda 
o`simlik, buta, daraxt va hayvonlar moslashgan. 
Bundan taxminan 150 yillar avval rivojlangan mamlakatlar sanoatida va qishloq 
xo`jaligida turli mashinalarning qo`llanilishi inson xo`jaligini tubdan o`zgartirib yubordi. 
Qishloq xo`jaligida monokul’tura hukmron bo`ldi, tuproqning tabiiy va biologik xususiyatlari 
buzildi, atrofdagi tabiiy ekosistemalar ham ishdan chiqdi, ularning ekologik holatlari, 
turg’unligiga putur etdi. Inson o`z faoliyati davomida o`cimlik va hayvonlar olamiga to`g’ridan – 
to`g’ri yoki bilvosita ta`sir qilib kelgan, ularning yashash joylari buzilgan foydali formalari 
kamayib, zarakunandalar, parazitlar yoki yirtqich turlar ko`paygan. Hozirgi kunda jahondagi turli 
korxonalardan 300 xildan ortiq gazsimon va qattiq zarrachalar atmosferaga chiqarilib, havo 
ifloslanib, uning tarkibini va xususiyatlarni o`zgartirib yubordi. Atmosferadagi iflos va zararli 
gaz va qattiq zarrachalar yog’in bilan yomg’ir kislotasi holida erga tushib, hayvon va inson 
salomatligiga salbiy ta`sir qilmoqda. Ma`lumki, tabiiy ekosistemalarda o`simliklar oziqa 
turlarining boyligi va xilma-xilligi er usti muhitidagi hayvonlar populyatsiyasining zichligini 
belgilaydi, o`simliklar bilan hayvonlar o`rtasidagi tenglikni keltirib chiqaradi. Lekin keyingi 50-
60 yil ichida 76 dan ortiq hayvon turlari yo`qolib ketgan, 600 ga yaqin turlar esa yo`qolish 
arafasidadair. Bunga asosiy sabab turlarning yashash joyining buzilishi, qisqarishi, ovlash, tutish, 
shovqin, zaharlanish va h.k.
Bugungi kunda cho`l , dasht zonalar ekosistemaslari ham inson faoliyatidan chetda 
qolgani yo`q. Masalan, Qizilqumda olib borilgan qidiruv ishlari, uning bag’rini ilma- teshik qilib 
yubordi er beti esa turli mashina izlari orqali o`t o`simliklar payhon qlinib, uning ustiga Orol 
dengizining qurigan qismidan ko`tarilgan tuzli qumlar 1,5 mln. gektardan ortiq o`tloqzorlarning 
sho`rlanishiga olib keldi. Natijada butun tirik turlarning tarkibi, miqdori, ularning mahsuldorligi 
o`zgardi. Insonlarning asosiy vazifalari – bu o`z hayotini saqlash, kelajak avlodni saqlab 
qolish uchun tabiiy sistemalarning buzmaslik, ifloslantirmaslik, tabiatdan foydalanishda uning 
qonunlarining hisobga olishdir. Organik dunyo bir necha evolyutsion rivojlanish davrlarini bosib 
o`tgan, ya`ni: 1) biologik moddalar aylanishi va biosferaning yuzaga kelishi. 2) ko`p hujayrali 
organizmlarning paydo bo`lishi va hayotning tsiklik tuzilishining murakkablashishi. Bu ikki 
holat biogenez deb ataladi. 3) evalyutsion rivojlanishning uchnchi bosqichi - bu insonlar 
jamiyatining yuzaga kelishi va uning ta`sirida biosfera evolyutsiyasining davom etishi va aqliy 
sfera – noosferaga aylanishi.
V.I. Vernadskiy fikricha, XX asrda biosfera rivojlanib, fan rivoji va sotsial tuzum asosida 
noosfera yuzaga keladi. Inson tirik organizm, tirik va u biosferaning ma`lum funktsisini bajaradi
biosferaning buzilishida qatnashadi. Insoniyatning tabiatga ta`siri XX asrning 50 yillariga kelib 
yanada kuchaydi. Bu esa o`z navbatida ekologik muammoni vujudga keltirdi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin