2. «Qoraqir» davlat buyurtmaxonasi. Buxoro viloyati ijroko`mining 25.01.92 y.dagi
15-1-sonli karori bilan tashkil qilingan. Buyurtmaxonaning muddati cheklanmagan. Maydoni
30 ming ga. Tashkil qilishdan maqsad - uchib o`tadigan kushlar va boshka hayvonlarni, ular
yashash va ko`payish erlarini muhofaza qilishdai iborat. O`zbekiston Respublikasi Tabiatni
muhofaza qilish davlat qo`mitasi ixtiyorida. Buyurtmaxona xududini muhofaza kilish davlat
tabiatni muhofaza qilish inspektsiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Buyurtmaxona o`z
soqchilariga ega emas.
3.«Arnasoy» ornitologik buyurtmaxonasi. Jizzax viloyati Forish tumanidagi Tuzkon
ko`lida O`zbekiston Vazirlar Kengashining 9.09.83 y.dagi 521-sonli karori bilan tashkil
qilingan. Buyurtmaxona maydoni 63,3 ming ga. Buyurtmaxona muddati cheklanmagan.
Tashkil qilishdan maqsad - uchib o`tadigan va uya kuradigan qushlarni muhofaza qilishdir.
Buyurtmaxonani O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi - Jizzax
viloyati tabiatni muhofaza kilish qo`mitasi va Davbionazoratning Arnasoy inspektsiyalari
muhofaza qiladi.
4.«Saygachiy» davlat buyurtmaxonasi. Qorakalpog’iston Respublikasi Vazirlar
Kengashining 29.11.91 y.dagi 311/42-sonli qarori bilan tashkil kilingan. Qoraqalpog’iston
Respublikasi Mo`ynoq tumanida joylashgan. Qorakalpog’iston Respublikasi Vazirlar
Kengashining 11.02.2001 y.dagi 33/1-sonli karori bilan buyurtmaxona tartibining amal qilish
muddati 2010 yilgacha uzaytirildi. Buyurtmaxona maydoni 1 mln. ga. Buyurtmaxona
sayg’oqlar-(Saiga tatarica) CITES II va ular yashash joylari - migratsiya yo`llari, qishlash va
ko`payish erlari, shuningdek, boshqa, birinchi navbatda, Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar -
tuvaloq (Otis Tarda) UzRDB RL, yo`rg’a-tuvaloq (Chlamydotis undulata) UzRDB RL
kabilarni muhofaza kilish maksadida tashkil kilingan, Qoraqalpogiston Respublikasi Tabiatni
muhofaza kilish davlat ko`mitasiga bo`ysunadi.