9.«Qo`shrabod» davlat buyurtmaxonasi Samarkand viloyati ijroko`mining 8.07.92
y.dagi 86-k-sonli qarori bilan tashkil kilingan (muddati cheklanmagan). Buyurtmaxona
maydoni 16 ming ga. Tashkil kilishdan maqsad - Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar - yirtqich
qushlar, Nurota ko`riqxonasidan buyurtmaxona hududiga kiradigan Severtsov ko`yini (Ovis
amrnon severtzovi) muhofaza kilishdir. Samarkand viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi
ixtiyorida.
10. «Nurobod» davlat buyurtmaxonasi Samarqand viloyati ijroqo`mining 8.07.92
y.dagi 86-k-sonli karori bilan tashkil kilingan (muddati cheklanmagan). Buyurtmaxona
maydoni 40 ming ga. Tashkil kilishdan maqsad - yovvoyi hayvonlar, jumladan, yo`rg’a-
tuvaloq (Chlamydotis undulata) va uning yashash joylari, butun tabiiy cho`l kompleksini
muhofaza kilishdir. O`zbekiston Respublikasi Tabiatni uuhofaza kilish davlat qo`mitasi -
Samarqand viloyati tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi ixtiyorida.
MILLIY BOG’LAR. 1.*ZOMIN MILLIY BOG’I . Jizzax viloyati hududida
joylashgan. 1976 yilda tashkil etilgan. Maydoni-24110 ga. O`zbekiston Respublikasi Qishloq va
suv xo`jaligi tasarrufida.
2.*UGAM – CHOTQOL DAVLAT-TABIAT MILLIY BOG’I. 1990 yilda Toshkent
viloyatida G’arbiy Tyan’-SHanning togli tarmoqlarida 574,6 ming ga maydon-da tashkil
etilgan. Bog’ tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishga karatilgan. Bogning
ulkan maydoni dengiz sathidan 900 dan 4000 m gacha oraliqdagi balandlikda joylashgan, turli
er toi-falarini o`z ichiga oladi. Bu erga Chotqol biosfera qo`riqxonasining 2 uchastkasi kiradi,
bu erda to`liq osoyishtalik hukmron. Ohangaron va Brichmulla o`rmon ho`jaliklari erlarida
o`rmonni tiklash faoliyati olib borilmokda, chorva mollarini boqish cheklangan, yoz faslining
uch oyidagina katta balandlikdagi yaylovlarda boqiladi. Bog’ o`simlik olamiga boy, olimlar
minglab tur-dagi o`simliklarni aniqlashgan, ulardan o`nlab turlari Qizil kitobga kiritilgan, bir
necha turi esa shunchalik kichik arealga egaki, bog’dan boshqa dunyoning hech bir erida
uchramaydi. Bog’ning hududida o`sadigan qator o`simlik turlari dorivorlar sirasiga kiradi.
Hayvonot olami ham turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Qizil kitobga kirganlaridan ayik, ilvirs,
ko`k sugur uchraydi. Bu erda 200 turdagi qushni uchratish mumkin. Bog’ hududiy ma`muriy