A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


*QIZILQUM DAVLAT QO`RIQXONASI



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   116
ekologiya.maruza

4.*QIZILQUM DAVLAT QO`RIQXONASI.
Bu qo`riqxona Xorazm va Buxoro 
viloyatlari hududida joylashgan. 1971 yilda tashkil etilgan. Maydoni – 1011 ga. O`zbekiston 
Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi tasarrufida. Qo`riqxona hududida hayvonlarning 250 turi 
uchraydi, shundan 10 ortiq turi O`zbekiston Respublikasi va TMXI Qizil kitobiga kiritilgan; - 
o`simliklarning 160 turi, shundan 2 turi O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. 
Qo`riqxona hududidagi to`qayzorni ko`proq daraxt-butazor egallaydi. Bundan tashqari, bu erda 
har xil o`tlar, qamish, qo`g’alar, ro`vak, ajriq va boshqalar o`sadi. Qumli joylarga qora va oq
saksovul, cherkez, qandim va quyonsuyak xarakterlidir. Qo`riqxonaning tabiiy sharoiti turli xil 
hayvonlarning yashashiga imkon beradi. Sudralib yuruvchilardan cho`l toshbaqasi, qizil quloq 
kaltakesak, yumaloq bosh kaltakesak va Severtsov gekkoni, suv ilon, zaharli charxilon va 
boshqalar uchraydi. Qo`riqxonada suvda suzuvchi qushlar ko`p bo`lib, ularning 82 turi ma`lum. 
SHundan 29 turi yilning to`rt faslida uchratiladi. Yirtqich qushlardan burgut, qora qirg’iy, 
kuykanak, jig’altoy va boshqalar uchraydi. Qo`riqxonaning eng chiroyli qushi Amudaryo 
qirg’ovulidir. Sutemizuvchilardan ingichka barmoqli yumronqoziq, malla yumronqoziq, qum 
sichqoni, qo`shoyoq yirtqichlardan chiyabo`ri, tulki, to`qay mushugi va qum mushugi, bo`ri 
uchraydi. SHuningdek, bu erda 200 ga yaqin yovvoyi cho`chqa va buxor bug’usi yashaydi. 
Buxor bug’usi alohida muhofaza qilinadi. Qo`riqxonaning asosiy vazifasi inson qo`li tegmagan 
landshaftlar, Amudaryo, to`qaylari va tutashib turgan cho`l landshaftlarini o`rganish va saqlash, 
shuningdek, buxor bug’usi, jayron va Amudaryo qirg’ovuli ekologiyasini o`rganish va muhofaza 
qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat. 
5.*BODAYTO`QAY QO`RIQXONASI.
Qoraqalpog’iston hududida joylashgan. 1971 
yilda tashkil topgan. Maydoni -6642 ga. O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi 
tasarrufida. Qo`riqxonada hududida – hayvonlarning 135 turi, shundan 11 turi O`zbekiston 
Respublikasi va TMXI Qizil kitobiga kiritilgan; o`simliklarning 160 turi, shundan 2 turi 
O`zbekiston Respublikasi va TMXI Qizil kitobiga kiritilgan. Bu erda turang’i, yulg’un va 
qiyoqzorlar mavjud. Hayvonlardan yovvoyi cho`chqa, bo`rsits, quyon, Xiva qirg’ovuli, olachipor 
qizilishton va boshqalar yashaydi. Qo`riqxonada xalqaro dasturdagi ishlar olib boriladi. Uning 
asosiy vazifasi Amudaryo qayiridagi tabiiy majmularni o`rganishdir. «Baday to`qay» davlat 
ko`riqxonasi TMXI Qizil kitobi, O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobi, SITES II Ilovasiga 
kiritilgan Buxoro bug’usini (xongulni) iklimlashtirish bilan shug’ullanadi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin