dengiz suvi ®
plankton ®
baliq ®
qush ®
odam. Hozirgi kunda o`simlik kasalliklari va zararkunandalaridan qutulishning eng samarali
yo`li almashib ekishdir. Chunki maydondagi ekin turi almashganda unda zararkunandalarning
yig’ilishiga barham beriladi. Ammo ekin maydonlarida monokul’tura hukmron bo`lsa
pestitsidlar ishlatish agrotexnikasining ajralmas qismi bo`lib qoladi. Shuni ta`kidlash kerakki,
ko`p zarakunandalar antropogen mikroblar qo`llanilayotgan pestitsidlarga o`rganish xususiyatiga
ega. Bu fan va texnika oldiga katta muammoni qo`ydi, ya`ni pestitsidlarni almashtirib turish
kerak.
Hozirgi kunda hashorotlarning 130 xil qishloq xo`jaligi o`simliklarining zararkunandalari
va hayvon kasalliklarini tashuvchilar turi bo`lib, ularning ba`zilari xlororganik va fosforganik
birikmalarga chidamli hisoblanadi. Bu erda ikki muammo kelib chiqadi, ya`ni uzoq muddat biror
pestitsidni ishlatib kelinsa, o`sha tuproqda ayni preparatni parchalaydigan mikflora yig’iladi.
endi zararkunandalarni yo`qotamiz deb preparat almashtirilganda bu kimyoviy birikmalarga
o`rganmagan mikflora ularni parchalashga qiynaladi.
Pestitsidlarning ishlatilishi natijasida bo`ladigan salbiy ta`sirlarni kamaytirishning
quyidagi yo`nalishlari mavjud:
·
Chegaralangan miqdorda qo`llash.
·
Barqaror, tez parchalanadigan biotsidlarni sintez qilish hamda tor spektrda ta`sir
etuvchi moddalarni qo`llash.
Bulardan tashqari, o`simliklarni himoya qilishda kimyoviy usullarning agrotexnik,
selektsion, tashkiliy-xo`jalik, biologik va boshqa usullar bilan uyg’unlashtirib olib borilishi
kerak.
Bizning respublikamizda pestitsidlarni qo`llash va ularning qoldiqlarini nazorat
qilish(suvda, tuproqda, havoda, qishloq xo`jaligi mahsulotlarida) amalga oshirib kelinmoqda.
Davlat ASK qo`mitasi qoshida boshqarmalararo organ Davlat komissiyasi mavjud bo`lib, u har
yili ishlatiladigan qishloq xo`jaligi pestitsidlar ro`yxatini tasdiqlaydi.