lozim. Aks holda sanoatdan chiqqan chang, qurum va gazlar uy-joy zonasi tomon shamol orqali
kelib, havoni ifloslaydi. Uy-joy zonasi bilan sanoat zonasi orasida kengligi 100 m dan bir necha
kilometr keladigan yashil o`simliklardan iborat sanitariya-himoya zonasi bo`lishi yaxshi natija
beradi.
Atmosfera havosini toza saqlashda transport chiqindi gazlarini,
dudlarini kamaytirnsh juda
muhimdir. Havoni ifloslantirishda transport turlari ichida benzin bilan ishlaydigan avtomobillar
(AQSHda 75%ni tashkil etadi), keyin havo transporti (5%), dizel dvigatelli avtomashinalar (4%),
traktor va boshqa qishloq xo`jaligi mashinalari (4%), temir yo`l va suv transporti (2%) turadi.
O`zbekistonda havoni ifloslantirishda avtomobillar alohida o`rin tutadi, ular zaharli
moddalarning 60%ni tashkil etib, Toshkent, Andijon, Buxoro, Guliston, Samarqand kabi yirik
shaharlarda bu ko`rsatkich 80%ga ko`tariladi. Keyingi yillarda O`zbekistonda avtotransportdan
havoga iflos moddalarni qo`shilishi ancha kamaydi. Shaharlar havosini toza saqlashda
avtomobil’ yoqilg’ilari sifatini yaxshilash, xususan, atmosferaga kam gaz chiqaradigan,
quyuqlashtirilgan gazlardan foydalanishga o`tish yaxshi natija beradi. Bunda gazning to`liq
yonishi tufayli atmosferaga zaharli moddalar kam chiqadi va bu jarayonni amalga
oshirish juda
arzon tushadi. Masalan, Toshkent shahridagi ba`zi avtomashinalar 1978 yildan beri benzin
o`rniga yoppasiga quyuqlashtirilgan propan-butan yoqilg’isi bilan ishlashga o`tgan,
quyuqlashtirilgan gaz benzinga nisbatan 2-3 marta arzonga tushishidan tashkari atmosferaga juda
kam zaharli moddalar chiqaradi. Avtomobillarning gaz asosida ishlashi (benzinda ishlashiga
nisbatan) natijasida tsilindr gil’zalari, porshenlar, porshen xalqalari, vallarning eyilishi 50-70%ga
kamaydi. Dvigatellarning remontlararo ish qobiliyatini esa 60%ga oshiradi. Ba`zi davlatlarda
avtomobillar benzin emas, balki spirt bilan yurmoqda. Natijada atrof-muhitga
zaharli gazlar juda
kam chiqarilmoqda va arzonga tushmoqda.
Avtomobildan chiqadigan zaharli gaz miqdorini kamaytirish uchun yana ularning texnik
holati va dvigatelga yoqilg’ining bir me`yorda borishiga qat`iy rioya qilish kerak. Avtomobildan
chiqadigan gazning atmosferadagi miqdori shuningdek. yo`lning kengligiga, ko`cha havosining
almashinib turishiga, avtomobil oqimining shahar transport arteriyalari bo`ylab to`xtovsiz
harakat qilishiga ham bog’liq. Agar chorrahalarda avtomobillar to`planib qolsa, o`sha joyda
zararli gazlar ko`proq to`planpb qoladi. Shuning uchun serqatnov ko`chalarda avtomobil
tunellari, ko`priklari va yo`lovchilar uchun er osti o`tish joylari qurish avtomobillarning
to`xtovsiz harakatini ta`minlaydi. Tajribalardan ma`lumki, avtomobil tunellari va ko`priklari
qurilgandan so`ng mazkur maydonlarda tunnel va ko`prik ishga tushguncha bo`lgan davrga
nisbatan ugrerod oksidinpng kontsentratsiyasi 4 marta kamaygan.
Shaharlar havosi toza saqlashda tranzit transportlarni shahar ko`chalariga qo`ymaslik,
ularni shahar atrofidagn aylanma yo`l xalqasini tashkil etib o`tkaznb yuborish yaxshi natija
beradi. Shuningdek, avtotransport serqatnov ko`chalar atrofida o`simlik zonalari
tashkil etish
kerak. Chunki, bu o`simlik to`siqlari avtomobillardan chiqqan zaharli gazlarni yutib turishdan
tashqari shovqin-suronni keskin kamaytiradi. Nihoyat, shaharlar havosini toza saqlash uchun
jamoat transportining elektrenergiya asosida ishlab, atmosferani ifloslanmaydigan turlaridan -
metro, trolleybus, tramvaydan foydalanishga o`tish zarur.
Shaharlarda atmosfera havosini toza saqlashda elektrlashtirilgan transport (er osti va er
yuzasi)ini ahamiyati katta. elektrlashtirilgan transport aholini iflos gazlardan va shovqindan
saqlaydi. Tramvay va tralleybuslarni shahar transportida mavqeinn ko`tarish kerak, chunki bu
transport turlari hozirgi zamon qulay va foydali transport. Tramvay tezligini 16-20 km/soat
o`rniga 30-32 km/soatga ko`tarish kerak. 1 km tramvay yo`lini
qurilishi, 1 km metro yo`li
qurilishiga qaraganda 8-12 marotaba arzon tushadi. Hozirgi kunda yirik shaharlarda atmosfera
havosini toza saqlash maqsadida, neft’ va benzinni tanqisligini hisobga olinib, al’ternativ
yoqilg’ilar izlanmoqda. Bu sohada elektromobillarni kelajagi porloq. elektromobillar - oddiy
avtomobillar bilan bir vaqtda kashf etilgan bo`lib, akkumulyativ batareyalar kuchsiz va benzinli
motordan zaif bo`lganligi sababli hayotda o`z o`rnini tezlikda topa olmadi. Lekin keyingi
vaqtlarda ba`zi davlatlarda elektromobillar xalq xo`jaligida keng foydalanilmoqda. Masalan,
Angliyada 45 ming tashuvchi, 100 mingdan ortiq elektromobillar zavod, shaxta, kasalxona va
bog’larda mashinalar energiyani akkumulyativ batareyaladan olib ishlamoqda (ularning
tezligi
soatiga 32 km dan oshmaydi). "Klorid" kompaniyaei yaratgan avtobuslar elektrobatareyalar
kuchida harakatga kelib, ularning tezligi soatiga 64 km ga etib, 64 km gacha yo`lni batareyani
qayta zaryadlamasdan yurishi mumkin.
Shaharlar havosini toza saqlashda shaharlar va sanoat markazlarida havoning tozaligini
muntazam nazorat qilib turish katta ahamiyatga ega. Shu sababli ko`pchilik shaharlarda
havoning holati muntazam ravpshda kuzatib turiladi. Katta shaharlar havosining holatini sutkada
3-4 marta kuzatib, o`lchab turuvchi bir necha punktlar bor. Masalan, Sankt-Peterburg
territoriyasida 40 ta, Moskvada 30 dan ortiq, Toshkent shahrida 10 ga yaqin
kuzatish punktlari
bo`lib, ulardan havodan namuna olib, uning tarkibida gaz va bug’larning miqdori, zaharli
moddalarning kontsentratsiyasi tekshirib turiladi. Toshkent shahri havosining tozaligini 1966
yildan boshlab nazorat qilish amalga oshirilgan. Bir yilda Toshkentda havo tarkibi 45 ming
martagacha, bir kunda esa 124 martadan ortiq analiz qilinadi, agar havo tarkibi ifloslanib
me`yordan oshib ketsa, darhol uning oldini olish choralari ko`riladi. SHahardagi havoning
holatini kuzatish punktlaridan olingan ma`lumotlar umumlashtirilib, shahar ijroiya qo`mitasi
qoshidagi shtabga berib turiladi. SHaharlar havosini tozaligini muntazam tekshirish bilan birga,
maxsus jihozlangan va avtomat-kontrol-o`lchov sistemasi bilan qurollangan avtomashinalar
yordamida ham (avtomashinalar shahar ko`chalarini, sanoat korxonalarining atroflarini)
o`lchaniladi.
Hozirgi kunda O`zbekistonning 26 shahrida atmosfera havosini ifloslanishi 65
statsionar
postlarda kuzatish ishlari olib boradi. O`zbekiston havosini ifloslanishini kuzatishga O`zbekiston
Gidrometerologiya boshqarmasi raxbarlik qiladi va uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
O`zbekiston Respublikasi atrof-muhit ifloslanishini kuzatish markazi, Farg’ona va Navoiy
shaharlaridagi ikki kompleks laboratoriya, atmosfera havosini ifloslanishini kuzatuvchi 7
laboratoriya (Olmaliq, Andijon, Samarqand, Angren, Bekobod shaharlari), havo ifloslanishini
kuzatuvchi 4 guruh (Buxoro, Guliston, Nukus va Namangan shaharlarida), atrof-muhitni
ifloslanishini kuzatuvchi Sariosiyo idoralraro laboratoriyasi va ikki monitoring (Chotqol
qo`riqxonasi, Abramov muzligi) stantsiyaldari kiradi. Yirik shaharlarimizdan qarshi, Termiz,
Kogon, Sirg’ali, Do`stlik shaharlarida va boshqa hududlarda maxsus dasturlar bo`yicha
ishlaydigan ekspeditsion havoni ifloslanishini kuzatish ishlari olib boriladi.
Umumman atmosferani ifloslanishdan saqlashda shahar va qishloqlar havosining
sog’lomlashtirishda eng ishonchli usul yashil o`simliklar maydonini kengaytirishdir.
Dostları ilə paylaş: