Tabiiy suv zahiralari nihoyatda cheklangan. SHuning uchun
undan oqilona foydalanish
taqozo etiladi. Hozirgi kunda suv zahiralarini qanday qilib ko`paytirish haqida o`ylash zarur.
Bular haqida mutaxassislar katta ish olib bormoqdalar. YAngi texnologiyani qo`llash bilan
sanoat va qishloq xo`jaligining suvga bo`lgan talabi qondirilmoqda, sho`r suvlarni chuchuk
suvlarga aylantirish uslublari takomillashtirilmoqda, shuningdek oqova suvlarni tozalovchq
qurilmalar yaratilmoqda, kelajakda tozalangan suvdan qayta foydala-nish imkoniyatlari
izlanmoqda.
Uglerod elementining tabiatda aylanishi.
Biosferaning eng muhim jarayonlari
uglerod
elementining aylanishi bilan bog’liqdir. Biosferadagi murakkab birikmalar tarkibidagi uglerod
etakchi rol’ o`ynab, uning birikmalari doimo sintezlanib, o`zgarib, parchalanib turadi. Bunda
uglerodning bir qismi aylanishdan chiqib ham ketadi. Yuqorida aytib o`tilganidek, organik kelib
chiqishga ega bo`lgan foydali qazilmalarda uglerod konservalangan holda to`plangan. Organik
moddalarning anorganik moddalardan sintezlanishi va unda qatnashadigan organizmlar
fitoavtotroflar deb ataladi. Organik moddalarning to`planishida qisman ulardagi kimyoviy
reaktsiyalar vaqtida ajralgan energiyadan foydalanuvchi xemotroflar ham hisobga olinadi. Tirik
organizmlar to`qimalarida boradigan oksidlanish jarayoni natijasida karbonat angidrid ajralib
chiqadi va bu hodisa nafas olish deb ataladi. O`simlik va hayvon qoldiqlaridagi organik
moddalarning parchalanishi ham karbonat angidridning manbai hisoblanadi.
Har xil tartiblardagi
konsumentlarning faoliyati tufayli ozuqa tarkibiga kirgan organik moddalar qayta o`zgarishida
va pirovardida nafas olish jarayonida karbonat angidrid holida ajralib chiqadi. Organik
moddalarning parchalanishi natijasida hayvon ekskrementlari va siydigida ham karbonat
angidrid ajralib chiqadi. Karbonat kislotaning zahiralari o`simlik va hayvon qoldiqlarining
chirishi hisobiga to`ldirib turiladi. Uglerod elementi okeanlarda o`ziga xos tarzda aylanadi.
Fitoplanktonlar tomonidan to`plangan organik moddalar okeandagi zooplanktonlar, zoobentoslar
va nektonlar tomonidan o`zlashtiriladi. Ularning nafas olishi va qoldiqlarining parchalanishi
natijasida karbonat angidrid ajralib chiqadi va suvda erib ketadi. Uglerodning bir qismi cho`kindi
jinslar
tarkibiga kirib, aylanishdan chiqib ketadi. Okean bilan atmosfera o`rtasida shamol va
havoning harakati tufayli karbonat kislotaning almashinishi kuzatiladi. Inson faoliyati
uglerodning biosferada aylanishida katta rol’ o`ynaydi. Har yili odamlar tomonidan nafas
chiqarilganda 1,08-10
9
t karbonat ang’idrid ajralib chiqadi. Sanoat korxonalarida esa yiliga
1,254-10
9
t karbonat angidrid ajralib chiqadi. Inson har yili qazilma holdagi uglerodning 5,640
9
t
sidan har xil maqsadlarda foydalanadi.
Keyingi yillarda havoning tarkibidagi yonish jarayoni natijasida karbonat angidridning
miqdori ortib ketdi. Atmosferada karbonat angidrid miqdorining ortib ketishi, Er yuzasi
haroratining ortishi, natijada muzliklarning erib, okeanlarning sathi ko`tarilishiga hamda bu
salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. SHuning uchun insoniyat oldida yangi
energiya
manbalarini va texnologik jarayonlarni topish muammosi turibdi. O`rmonlarni kesib tashlash
ham, erlardan yo`l va qurilish maqsadlarida foydalanish kabilar ham Er yuzasidagi o`simlik
qoplami maydonining qisqarishiga, natijada assimilyatsiya jadalligining susayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: