Yangi davr (xvii–xix asrlar) va hozirgi zamon mantiq ilmi taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 27,14 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü27,14 Kb.
#203628
  1   2

Yangi davr (XVII–XIX asrlar) va hozirgi zamon mantiq ilmi taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari


  1. asrga kelib, G‘arbiy Yevropa ilm-fan va madaniyat markaziga aylana bordi. Bu davrga kelib, Yevropada monarxiya tizimining manfaatlarini ifoda etuvchi cherkov mafkurasi va umuman din sxolastikasi o‘rniga tabiiy va aniq fanlarning rivojlanishini taqozo qiluvchi milliy davlatlar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq yangi munosabatlar qaror topa bordi. Bu esa, o‘z navbatida, fanda yangi ilmiy metodlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi. Bu davrda Rene Dekart (1596–1650), Blez Paskal (1623–1662), Frensis Bekon (1561–1626), Tomas Gobbs (1588–

1679), Djon Lokk (1632–1704) va Isaak Nyuton (1642–1727) kabi mashhur mutafakkirlar dunyoga kelishdi.

  1. asrning buyuk fransuz olimi Rene Dekart an’anaviy qarashlardan voz kechuvchi yangi fanni yaratish maqsadida mutlaq haqiqatga olib boruvchi umumiy shubhalanish nazariyasini maydonga olib chiqdi. Dekartning fikricha, dunyodagi barcha narsalardan shubhalanish lozim, faqat shubhalanishgina oxir-oqibat mutlaq haqiqatga olib keladi. Barcha narsadan shubhalanishning o‘zi insonda shunday qobiliyatni yuzaga keltiradigan ilohiy substansiyaning atributi bo‘lmish ongning har qanday shubhadan yuqori turuvchi mutlaq haqiqat ekanligini, bu esa, o‘z navbatida, ongning sohibi – insonning moddiy mavjudligini isbotlaydi. Mazkur qoidada ifodalangan ilohiy substansiya bilan bir qatorda moddiylikni tan olish Dekart falsafasining dualistik tabiatidan dalolat beradi. Shu o‘rinda Dekart falsafasining mohiyatini ko‘rsatuvchi «Men fikrlayman, demakki, men mavjudman» degan mashhur aforizmini keltirish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.

Dekartning fikricha, haqiqatga erishishning hamma uchun umumiy, yagona ilmiy usuli bu «aql»dir. Haqiqiy bilimga faqat aqlga asoslanib erishish mumkin. Sezgilar narsalarning mohiyatini belgilab bera olmaydi, chunki u narsa va hodisalarning belgilarini aks ettiradi. Inson aqli esa bu belgilarning orasidan zarurlarini ajratib olib, narsaga xos bo‘lgan mohiyatni aniqlashga qodir. Dekartning sezgi va tajribani inkor etuvchi bu qarashlari tarixda «ratsionalizm» deb baholanadi.


Dekartning ta’kidlashicha, aqlning eng universal metod sifatidagi mohiyatini fanlarning fani matematikada yaqqol ko‘rish mumkin. Chunki tabiatdagi barcha hodisalar matematik qonunlar asosida sodir bo‘ladi. Masalan, hissiy qabul qilib bo‘lmaydigan narsalar mohiyati jihatidan geometrik tushunchalardir.
Dekart matematikaning asosiy va yagona ilmiy metodi sifatida deduksiyani tan oladi va uni analitik hamda sintetik turlarga bo‘ladi. Analitik metod – mavjud real faktlardan prinsiplarga boruvchi, sintez metodi esa aksiomalardan natijalarga olib boruvchi to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. Dekartning ta’limotida induksiya metodi inkor etilmaydi. Ammo uning yordamida shubhali va ishonchsiz bilimlarga erishish mumkin, deb ta’kidlanadi.
Boshqacha aytganda, Dekart induksiyaga haqiqatga olib boruvchi usul deb qaramaydi va bu maqomni deduksiyaga beradi. Demak, Dekart ta’limotida bilishning asosiy metodi sifatida universal aqliy aksiomatik qoidalarga asoslangan deduksiya e’tirof etilgan bo‘lib, faqatgina u mutlaq chin bilimlarga olib borishi mumkin bo‘lgan yagona to‘g‘ri yo‘l, deb ta’kidlanadi.
Fransiyada Dekartning ilmiy metod haqidagi ta’limotini buyuk matematik, tabiatshunos, faylasuf Blez Paskal va «Por Royal» cherkov maktabidan chiqqan Antuan Arno va Pyer Nikol o‘zlarining mantiq ilmiga bag‘ishlangan asarlarida davom ettiradilar. Keyinchalik tarixda mazkur mutafakkirlar asos solgan yo‘l «Por Royal mantiq maktabi» deb ataladi.
Bu davrning yana bir mashhur ingliz olimi Frensis Bekon hisoblanadi. U ham Dekart singari fanni tubdan o‘zgartirish tarafdori bo‘lgan. Agar, Dekart yangi fanni falsafiy dualizm va ratsionalizm asosida qurgan bo‘lsa, Bekon uni materializm va empirizm asosida qurishga harakat qiladi.
F. Bekon «Fanlarning buyuk tiklanishi» mavzuida katta asar yozishni maqsad qilib qo‘yib, uning faqat ikki qisminigina yozishga ulguradi. Mazkur ishning «Fanlar nufuzi va ularning ortib borishi haqida» deb nomlanuvchi birinchi qismida fanlarning tasnifi va ularning maqomi haqidagi fikrlarni keltiradi. Lekin qizig‘i shundaki, Bekon o‘z davrining
eng ilg‘or g‘oya va ta’limotlarini to‘g‘ri baholay olmaydi. Chunonchi, matematikaning rolini yuqori deb bilmaydi, Kopernik tizimini esa inkor etadi.
F. Bekon o‘zi maqsad qilib qo‘ygan ilmiy ishning ikkinchi qismi sifatida «Yangi Organon» kitobini yaratadi. Bu asarda Bekon Arastu mantig‘iga qarshi o‘zining mantiqiy tizimini qo‘yishga harakat qiladi. Shuning uchun ham asar bejiz «Organon»ga qarshi «Yangi Organon» deb nomlanmagan.
F. Bekon mantiqning vazifasini haqiqatga erishishning to‘g‘ri yo‘lini belgilashda deb biladi. Fan ravnaqi uchun eng muhimi to‘g‘ri metodni tanlay olishdir. Uning fikricha, faqatgina induksiya shunday to‘g‘ri metod bo‘la oladi. Fan empirik bilimlar hamda alohida faktlarni bosqichma- bosqich umumlashtirishdan kelib chiqishi lozim.
Bekonning mantig‘iga binoan, dastlab kuzatish va eksperimentlar vositasida faktlarni aniqlash, keyinchalik ushbu o‘rnatilgan faktlardan induktiv yo‘l orqali asta-sekin umumiy qonunlarni bilishga o‘tish kerak. Bekon faktlarni umumlashtirishdan hosil bo‘lgan barcha nazariy qoidalarni «aksiomalar» deb ataydi. Uning fikricha, Arastuning deduksiyasi orqali fanda yangilik yaratib bo‘lmaydi, aksincha o‘rganilayotgan hodisaga taalluqli bo‘lgan ko‘p faktlarni taqqoslash orqaligina yangi bilimga erishish mumkin. Shu metodni Bekon «haqiqiy induktiv metod» deb biladi.
Bekon o‘zining metodida Demokrit va Epikur kabi mutafakkirlarning induktiv nazariyasini davom ettiradi. U mukammal induktiv tizimni yarata olmasa-da, ta’limotning poydevorini yaratishga muvaffaq bo‘ladi. Uning tarixdagi yana bir buyuk xizmati har xil avtoritetliklardan, an’anaviy qaramliklardan ozod bo‘lgan yangi fan yaratishni keng targ‘ib qiladi.
Mantiq ilmining rivojida o‘ziga xos o‘rin egallagan mutafakkirlardan yana biri, mashhur nemis matematigi Gotfrid Vilgelm Leybnis (1646– 1716) hisoblanadi. Leybnis o‘zining matematik mantiqiy tizimining asoslarini «Universal xarakteristika elementlari», «Bilish, haqiqat va g‘oyalar haqida mulohazalar», «Logika sohalaridagi qiyinchiliklar» hamda
«Inson aqli haqida yangi tajribalar» nomli asarlarida yaratadi.
Leybnis bilish jarayonining mantiqiy asosini ratsionalistik nuqtai nazardan hal qiladi va deduksiyani asosiy metod deb belgilaydi. Uning ta’kidlashicha, haqiqatning mezoni fikrning obyektiv voqelikka mos kelishida emas, balki inson aqlining o‘zidadir. Chunki har qanday fikrning chinligi uning ichki ziddiyatsizligidadir.
Bundan tashqari, Leybnis cheksiz ko‘p fikrlardan hajm jihatdan kichikroq, lekin mazmuniga ko‘ra kengroq bo‘lgan tushunchalarga borishni haqiqatga erishishning eng to‘g‘ri yo‘li deb biladi. Shu o‘rinda geometriyadagi barcha harakatdagi nuqtalarning faqat ikkita – to‘g‘ri va aylana harakatlardagina namoyon bo‘lishini misol qilib ko‘rsatadi.
Leybnis «Kombinatorlik san’ati haqida» asarida (1666 yil) hozirgi zamon matematik mantig‘ining asoslarini yaratadi. Bu kitobda matematika deduksiyaning turli xil shakllarini o‘zida mujassamlashtira oluvchi, eng optimal fan sifatida qaraladi. Leybnitsning fikricha, matematikada raqamlar oddiy arifmetik birliklarni emas, balki turli xil miqdoriy va sifatiy kattaliklar o‘rtasidagi munosabatlarni ham aks ettiradi.
Leybnitsning mantiqiy tizimida tafakkur qonunlari haqidagi ta’limotlar asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Birinchi o‘rinda ayniyat va ziddiyatlik qonuni turadi. Leybnis barcha mantiqiy qonunlarning ontologik ta’riflarini berishga muvaffaq bo‘ladi. Masalan, ayniyat qonunini «Har qanday narsa, u nimaiki bo‘lishidan qat’iy nazar, aynan o‘ziga tengdir» deb ta’riflab, quyidagi formulani taqdim etadi: «A – A dir», «V – V dir»13. Mazkur formulada «A» va «V» muayyan narsani, chiziqcha esa tenglikni anglatadi. Shuningdek, Leybnis narsaning ayni vaqtning o‘zida, ham mavjud bo‘lishi, ham mavjud bo‘lmasligi mumkin emasligini «ziddiyat qonuni» deb ataydi. Bundan tashqari, Leybnis o‘zining mantiqiy tizimida ziddiyat qonuni bilan birgalikda «uchinchisini istisno» qonuni haqida ham gapiradi. Eng asosiysi, Leybnis mantiqning to‘rtinchi qonuni sifatida
«yetarlicha asos» qonunini yaratish tufayli fan tarixida alohida iz qoldiradi.
Mantiq fanining rivojida yana bir nemis mutafakkiri Immanuil Kantning (1724-1804) ham roli katta. Kantning asosiy asarlari sifatida
«Sof aql tanqidi», «Mantiq tushunchasi haqida» nomli kitoblarini keltirishimiz mumkin. Bu asarlarda I. Kantning falsafiy va mantiqiy tizimining nazariy asoslari o‘z aksini topadi. Jumladan, «Sof aql tanqidi» asarida Kant falsafiy agnostisizmning asosiy g‘oyasini ifodalovchi «narsa o‘zida» tezisining mohiyatini, ya’ni inson aqli hech qachon narsalarning ichki qonuniyatlarini zabt eta olmasligini, narsalar esa o‘z mohiyati bilan doimo o‘zida qolishini isbotlashga harakat qiladi.
I. Kant «Mantiq tushunchasi haqida» asarida mantiqning fan sifatidagi o‘rganish obyekti va predmeti, oldida turgan vazifalari haqidagi fikrlarni ilgari suradi. Kantning fikricha, mantiq – to‘g‘ri fikrlashning qonun-qoida

va shakllarini uning obyektiv mazmunidan ajratilgan holda o‘rganuvchi fandir.


I. Kant Arastuning mantig‘ini tanqid qilgan bo‘lsa-da, uning mantiq ilmi tarixidagi xizmatiga katta baho beradi. U Arastu haqida gapirar ekan, uning mantiqdagi barcha kengliklarni ishg‘ol qilganligini va keyinchalik mantiqda o‘rganiluvchi masalalarning hajmi o‘zgarmaganligini, aksincha gap faqat mazkur masalalarning yechimini qay darajada takomillashtirishga erishilganligi haqida borishi mumkinligini ta’kidlagan. Kantda tafakkurning formal mantiq qonunlari tizimida birinchi asos vazifasini «ziddiyat» va «ayniyat»ning birlashgan qonuni, ikkinchi asosni
«yetarlicha asos» qonuni, uchinchi asosni «uchinchisini istisno» qonuni bajaradi.
Bundan tashqari, Kantning mantiqiy tizimida alohida o‘rinni xulosalar, mantiqiy xatoliklar, sillogizmning figura va moduslari haqidagi ta’limotlar egallagan. Umuman olganda, Kantning mantiq va bilish nazariyasidagi o‘ziga xos o‘rni, bir tomondan, real sabab bilan mantiqiy asoslanishni aynanlashtiruvchi ratsionalizm tanqid ostiga olinganligida namoyon bo‘lsa, ikkinchi tomondan, uning ta’limotidagi agnostik chegaralanganlikda ko‘rinadi.
Mantiq fanining rivojlanishida yaratgan dialektik tizimi bilan butun bir fanga o‘zgartirish olib kirishga muvaffaq bo‘lgan mashhur nemis mutafakkiri Gegelning (1770–1831) ham o‘rni beqiyosdir. Gegel formal mantiqni tanqid qilib, dialektik mantiqni vujudga kelishining metodologik asosini yaratdi va rivojlantirdi. Uning fikricha, dunyodagi barcha mavjudliklar «mutlaq ruh»ning rivojlanishidagi muayyan bosqichlardan iborat deb sanaladi. Gegelning ta’limotiga ko‘ra, mutlaq g‘oya uch bosqichni: tezis, antitezis va sintezni bosib o‘tadi.
Gegelning dialektik mantig‘idagi «mutlaq ruh» rivojlanishining birinchi va ikkinchi bosqich bevosita borliq va mohiyat harakatidan iborat bo‘lib, ularning sintezi uchinchi bosqichni, ya’ni tushunchani ifoda etadi. O‘z navbatida, tushuncha rivojlanish jarayonida quyidan yuqoriga harakat qilib, hukm va xulosalarda, undan keyin esa eng oliy bosqichda g‘oyaga aylanadi. G‘oyada tushunchadagi subyektivlik (inson ongi bilan bog‘liqlik) obyektivlikka (inson ongidan tashqaridagi «mutlaq ruh»ga) o‘tadi. Shu tariqa «olam ruhi» yoki «mutlaq g‘oya» bilan ifodalangan, tabiat va jamiyatdan ham ilgari mavjud bo‘lgan qandaydir ruhiy ibtido o‘zining boshlang‘ich bosqichi, ya’ni o‘zining sof azaliy shakliga qaytadi. Mazkur jarayonning doimiy takrorlanishini e’tirof etilishi bir tomondan Gegel dialektikasini rivojlanishining ichki manbaini
ochib beruvchi ilg‘or ta’limot sifatida ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, ushbu tizimdagi butun olam rivojlanishining ibtidosini ilohiylashgan «mutlaq ruh» bilan bog‘lashlik Gegel dialektikasidagi idealistik cheklanganlikni ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, Gegel o‘z ta’limotidagi butun olam harakatining ichki bog‘lanishlarini ochib beruvchi rivojlanish g‘oyasini mantiq ilmiga tatbiq qilishga harakat qiladi va shu tariqa «dialektik mantiq» deb nom olgan yangi yo‘nalishning nazariy asoslarini yaratishga muvaffaq bo‘ladi.

  1. asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib, an’anaviy mantiqqa matematik metodlarning kirib kelishi bilan mantiq ilmi o‘z rivojining yangi bosqichiga ko‘tarildi. Maydonda mantiqning matematik mantiq, konstruktiv mantiq, modal mantiq, intuitiv mantiq, munosabatlar mantig‘i hamda ehtimollar mantig‘i kabi tarmoqlari paydo bo‘la bordi. Bu davrda Jorj Bul, David Gilbert, Bertran Rassel, Yan Lukasevich va Alfred Tarskiy kabi mutafakkirlar o‘z asarlarida hozirgi zamon fan taraqqiyotini aks ettiruvchi mantiqning yangi tarmoqlarini yaratishga va rivojlantirishga muvaffaq bo‘lishdi.




Yüklə 27,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin