A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116
ekologiya.maruza

SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR 
1. Muhit deb nimaga aytiladi ? 
2. Ekologik omil deganda nimani tushunasiz ? 
3. Ekolgik omillarni tasniflab bering. 
4 . Suv va tuproq muhit sifatida qanday ahamiyatga ega?
3-MAVZU. POPULYATSIYALAR EKOLOGIYASI 
·
Populyatsiyalar haqida tushuncha. 
·
Populyatsiyaning asosiy ko`rsatkichlari. 
·
Turning populyatsion tuzilmasi. 
·
Hayvonlar populyatsiyasining etologik (xulqiy) xatti-
harakat tuzilmasi. 
·
Populyatsiyaning dinamikasi. 
 
Populyatsiya (lotincha rorilis — so`zidan olingan bo`lib, xalq, aholi degan ma`nolarni 
bildiradi) atamasi XVIII asrning oxirlaridan boshlab to 40—50- yillarga qadar biologiya fanida 
har qanday individlar yig’indisi sifatida qo`llanilib kelindi. ekologik nuqtai nazardan esa 
populyatsiya deb uzoq muddat davomida muayyan bir joyda yashaydigan (yoki o`sadigan) va bir 
turga mansub bo`lgan individlar yig’indisiga aytiladi. 
Bir populyatsiyaga mansub individlar shu turning boshqa populyatsiya individlariga 
nisbatan bir-biri bilan erkin va oson chatishadi. Populyatsiyaning asosiy xususiyati uning genetik 
birligidir. Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan yana biri o`zini son jihatidan idora etishidir. 
Ayni sharoitda optimal sonda individlarning saqlab turilishi populyatsiyaning 
gomeostazi
deyiladi. YUqoridagi ta`rifdan ko`rinib turibdiki, populyatsiya guruhli birlashma hisoblanib, 
individlar o`rtasida o`zaro aloqalar bo`lishi bilan birga, yashab turgan joylari bilan ham aloqalar 
mavjuddir. Guruhli hayot tarzi populyatsiya uchun o`ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. 
Bunday xususiyatlar quyidagilardan iborat: 1. 
Populyatsiyaning soni; 2. Zichligi; 3. Tug’ilish; 
4. O`lish; 5. Populyatsiyaning o`sishi; 6. O`sish sur`ati. 
Individlarning ma`lum hududda tarqalishi, jins va yosh nisbatlari, morfologik, fiziologik, 
xulqiy va genetik xususiyatlari populyatsiyaning tuzilmasini ifodalaydi. Populyatsiyadagi 
individlar bir-biridan yoshi, jinsi bilan o`zaro chatishadigan har xil avlodlarga, hayot tsiklining 
turli fazalariga, beqaror guruhchalarga (poda, koloniya, oila va hokazolarga) mansubligi bilan 
farq qiladi. Populyatsiyadagi individlar soni har xil turlar orasidagina emas, balki bir tur ichida 
ham har xil bo`ladi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin