A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Okeanlarning ekologik zonalari



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   116
ekologiya.maruza

Okeanlarning ekologik zonalari. 
Okeanlarda ekologik sharoitlarning o`zgarishiga qarab 
bir necha ekologik zonalar ajratiladi. Suv qatlami pelagaal, tubi esa bental zona deb ataladi. 
Bental zona o`z navbatida supralitoral, sublitoral, batial va abissal kichik zonalarga bo`linib 
ketadi. Odatda suv qatlamida yashovchi organizmlar to`rt guruhga: 
nekton, plankton, pleyston 
va neyston kabi 
guruhlarga bo`lib o`rganiladi

Gidrobiontlarning ba`zi bir moslanishlari 
Suv muhiti o`ziga xos tabiiy va kimyoviy 
xususiyatlarga ega. Shuning uchun suvda yashovchi hayvonlarning maxsus moslanish yo`llari 
mavjud. Masalan, suvli muhitda mo`ljal olish, fil’trlash yo`li bilan oziqlanishga o`tish va qator 
maxsus moslanishlar vujudga kelgan. Ma`lumki, suvda tovush havo muhitiga nisbatan tez 
tarqaladi. SHuning uchun ko`z yordamida mo`ljal olishdan ko`ra gidrobiontlar uchun tovush 
yordamida mo`ljal olish afzalroq hisoblanadi. Hayvonlar juda nozik to`lqin uzunliklari 
o`zgarishini ham seza oladi. Bunga misol qilib meduzalarni olish mumkin. Baliqlar, 
mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va sutemizuvchilar tovush chiqarish orqali aloqada bo`ladi. 
Tovushlar o`z navbatida tur ichidagi aloqa munosabatlarini amalga oshirishning muhim 
yo`llaridan biridir. Ba`zi bir gidrobiontlar ozuqa topishda aks sadodan yaxshi foydalanadilar. 
Baliqlar orasida elektr toki ishlab chiqarish va qabul qilish xususiyatlari ham ma`lum. Suvning 
chuqurligini bilib olishda gazli vakuolalar (kameralar) yoki statotsistlar katta ahamiyatga ega. 
Bulardan tashqari xemoretseptorlarning nihoyatda sezgirligi ham muhim. xususiyatlardan 


hisoblanadi. Fil’trlash yo`li bilan oziqlanish o`troq holda hayot kechiruvchi plastinka jabrali 
mollyuskalar, ninaoyoqlilar, polixetlar, atsidiy va plankton holdagi qisichbaqalar uchun eng 
qulay va oson yo`ldir. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin