A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   116
ekologiya.maruza

Yurish-turish
orqali moslanishda hayvonlar 
albatta suvni izlab topish, yashaydigan joyni tanlash, in qazib, unda yashash orqali 
moslashadilar. 
Morfologik 
moslanish tanasining ustida chig’anoqlar, sovutlar, qalqon va 
tangachalar hamda kutikulalar hosil qilish orqali amalga oshiriladi. Masalan, shiliqqurt, 
toshbaqa, kaltakesak, qo`ng’izlar ana shunday moslashadi. 
Fiziologik
moslanish esa metabolitik 
suv hosil qi-lish orqali amalga oshadi. Masalan, odamlar tanasidan vazniga nisbatan 10%gacha 
suv yo`qotishi mumkin. Undan ortiq suv yo`qotilsa organizm halok bo`ladi. Bu ko`rsatkichlar 
turli hayvonlarda turlicha, masalan, tuyalarda -27%, qo`ylarda - 23%, itlarda - 17%, agar bundan 
oshsa halokat yuz beradi. SHuning uchun ham quruqlikda yashovchi ayrim hayvonlarda bir qator 
fiziologik moslanishlarni ko`ramiz. Masalan, ayrim uy hayvonlari ichagida suv so`riladi, ovqat 
qoldiqlari tezak holida tashqariga chiqariladi. Ayrim hasharotlarda (qo`ng’iz, xonqizi, 
chumolilarda) chiqaruv organi (mal’pigi naylari)ning bir uchi ichakning orqa devoriga tutashgan 
bo`lib, undagi suv so`rilishi orqali organizm tomonidan qayta sarflanadi, ya`ni reabsorbtsiya 
hodisasi yuz beradi. Suyuq ozuqa bilan oziqlanuvchi asalari, kapalak va pashshalarda esa 
reabsorbtsiya hodisasi kuzatilmaydi. Ular siydik orqali tashqariga har xil ortiqcha tuzlar va 
mochevina chiqaradi. Natijada suv tanada birmuncha tejab qolinadi. Sudralib yuruvchilar, 
toshbaqalar, qushlar va ko`pgina hasharotlar o`zlaridan yaxshi erimagan siydik kislotasini, 
o`rgimchaklar esa guanin moddasini chiqazadi. Buning uchun esa uncha suv ko`p sarflanmaydi. 
Ayrim suvda yashovchi (gidrobiont) hayvonlar suvni yutishi yoki fil’tratsiya qilish orqali 
yashashga moslashgan. Natijada suv havzalarida biologik tozalanish sodir bo`ladi. Masalan,
mshanka, astsidiy, plankton, qisqichbaqasimonlar, midiyalar bir sutkada 150-280 m
3
suvni 
tindiradi va tozalaydi. Qurg’oqchil sharoitda yashovchi suvo`tlari, lishayniklar va moxlar 
poykilokseroseofitlar deb atalib, ular qurg’oqchil davrlarda qurib qolib, anabioz holatga o`tadilar 
va yog’ingarchilik bo`lgan vaqtda yana hayotini tiklab davom ettiraveradilar. Hayvonlarning 
qurg’oqchil sharoitga moslanishlari ham juda xilma-xildir. Galopagos orollaridagi toshbaqalar 
suvni siydik qopida jamg’argan holda saqlaydi. Avstraliya cho`llaridagi qurbaqalarda ham 
shunday holat kuzatiladi. Kemiruvchilar va hasharotlar odatda suvga bo`lgan talabini oziq 
tarkibidagi suv hisobiga qondiradi. Yumronqoziq kabi hayvonlar qurg’oqchilik sharoitiga 
uyasining ancha chuqurda bo`lishi, tanasida ma`lum miqdorda yog’ jamg’arib, yozgi uyquga 
(tinimga) ketishi bilan moslashadi. Tuyalar esa to`plangan yog’ miqdorini metabolik parchalash 
yo`li bilan organizmning suvga bo`lgan talabini qondiradi. Tez yuguradigan hayvonlar 
(antiloplar) yoki uchadigan qushlar suv ichish uchun uzoq masofalarga borib keladilar. 
Umurtqasiz hayvonlar qurg’oqchil davrni tsista (yoki qalin po`stli sporalar) holatida o`tkazadilar 
yoki ba`zi birlari ancha qulay bo`lgan joylarga ko`chib ketadilar. SHunday qilib, qo`rg’oqchilik 
sharoitda yashovchi hayvonlar tanasidan yo`qotgan suvni butun tanasi teri qatlami orqali shimish 
yoki ozuqa orqali, ancha murakkab yo`l hisoblangan oqsil, yog’ va uglevodlarning parchalanishi 
vaqtida ajralib chiqqan suv hisobiga qondiradi. Suvda yashovchi hayvonlar — gidrofillar (suvda 
va quruqda yashovchilar, yomg’ir chuvalchanglari, qorin oyoqli mollyuskalar, mokritsalar) faqat 
ancha sernam sharoitda hayot kechirishlari mumkin. Mezofillar o`rtacha suv talab qiluvchilar, 
ya`ni evrigir organizmlar, hisoblanib, namlikning o`zgarishiga yaxshi bardosh beradi. 
H a v o
- atmosferadagi gazlarning aralashmasi hisoblanib, balandlikning o`zgarishiga 
qarab uning tarkibi ham o`zgarib boradi. Havo organizmlar uchun yashash muhitigina 


bo`lmasdan, balki ekologik omil sifatida ham ahamiyatlidir. O`simlikning deyarli 50% quruq 
vazni havodan o`zlashtirilgan uglerodga to`g’ri keladi. Atmosferadagi toza va quruq havoda 
78,1% azot, 21% kislorod, 0,9% argon, 0,03% SO
2
bo`ladi. Bulardan tashqari oz miqdorda neon
geliy, kripton, ksenon, ammiak, vodorod, radiy hamda toriy kabi radioaktiv moddalar qoldig’i, 
shuningdek, har xil azot oksidlari, xlor va boshqa elementlar uchratiladi. Havoda har doim suv 
bug’lari (0,01—4% gacha) bo`ladi. Havoning quyi qatlamlarida gazsimon tabiiy zarrachalardan 
tashqari tabiiy aralashmalar ham uchraydi. Ular chang va tutunlar, qurum, ba`zan dengiz 
tuzlarining kristallari, har xil organik zarrachalar va boshqalar bo`lishi mumkin. Havo tarkibidagi 
kislorod o`simlik va hayvonlarning nafas olishi uchun zarur bo`lgan elementdir. Uning miqdori 
havoda etarli darajada bo`ladi. Agarda bu ko`rsatkich 5% ga kamaysa organizmlarning nafas 
olishi qiyinlashadi. Karbonat angidrid gazi deyarli doimiy bo`lrb, faqatgina yirik shaharlarda 
uning miqdori ortiq bo`lishi mumkin. Ma`lumki, karbonat angidrid gazi yashil o`simliklar uchun 
oziqlanishda muhim ahamiyatga ega. Azot elementi havoning tarkibida ko`p miqdordabo`lishiga 
qaramay, uni organizmlar to`g’ridan-to`g’ri o`zlashtira olmaydi. Organizmlar uni faqatgina 
birikma holdagina o`zlashtirishi mumkin. Azot tugunak bakteriyalar, azotobakteriyalar, 
aktinomitsetlar va ko`k-yashil suvo`tlari uchun ozuqa manbai bo`lib xizmat qiladi. Havodagi 
azot miqdorining o`zgarishi inson faoliyati yoki o`simliklar qoplamining tabiatiga bog’liqdir. 
Havoning tarkibidagi sul’fit angidrid, azot oksidlari, galogenvodorodlar, ammiak va boshqalar 
zararli moddalar hisoblanib, uning ifloslanishiga sababchi bo`lmoqda. Ular o`simliklarning havo 
orqali oziqlanishida, yog’ingarchilik, tuman vaqtida o`simlik tanasiga kirib boradi. Havodagi ana 
shunday zaharli moddalarni yutgan o`simlik barglari, hujayralari o`la boshlaydi. Daraxtlarning 
suv shimish mexanizmi ishdan chiqadi va barglari to`kiladi. Uchki shoxlari esa quriydi. 
Havo tarkibida turli xil gazlar miqdorining ortib ketish hollari dunyoning turli nuqtalarida 
turli darajadadir. O`zbekiston shahar va qishloqlarining deyarli hamma joyida ham havoning 
ifloslanish darajasi sanitariya talablariga javob bermaydi. Ba`zi ma`lumotlarga ko`ra, 1989 yilda 
sanoat korxonalari tomonidan havoga 1337 ming tonna, avtotransportlardan 2,2 million tonna 
zaharli chiqindi moddalar chiqazilgan. Toshkent, Andijon, Qo`qon, Navoiy, Olmaliq, Chirchiq, 
Farg’ona va boshqa shaharlarda ifloslanish darajasi juda yuqori bo`lib qolmoqda. Faqat Toshkent 
shahri transporti yiliga 360 ming tonnadan ortiq turli chiqindi gazlarni atrofga purkaydi. Ular 
tarkibida 100 xildan ortiq zaharli moddalar mavjud. Demak, yirik shaharlarimiz havosining 
ifloslanishiga asosan transport va yon atrofdagi kimyoviy zavod fabrikalar sabab bo`lmoqda. 
Qishloq joylarda esa ekin maydonlarining o`ta «nashavand» bo`lib qolganligi, ya`ni erga haddan 
tashqari mineral o`g’itlar va 70 xilga yaqin turli kimyoviy moddalar (gerbitsid va 
pestitsidlar)ning ishlatilganligi havoning buzilishiga olib keldi. 
O`simliklarning havodagi turli zaharli moddalarga nisbatan sezgirligi turlichadir. 
Masalan, sebarga sul’fit antidridga, lola va gladioluslar — vodorod ftoridga, doim yashil 
daraxtlarning barglari sul’fit angidridga, mox, lishayniklar va ba`zi zamburug’lar SO
2
, NG’, NS1 
larga nihoyatda sezgirdir. Shubhasiz, o`simliklar havoni ma`lum darajada tozalaydilar. SHuning 
uchun ham yashil o`simliklarning ekologik roli nihoyatda kattadir. Havo haqida gapirganda 
uning ko`zga yaqqol tashlanadigan bir ko`rinishi — shamol tushunchasi bilan bog’liqdir. 
SHamol barcha tirik organizmlarga ekologik omil sifatida turli xil ta`sir ko`rsatadi. Masalan, 
shamol ta`sirida o`simliklarda quyidagi jarayonlar sodir bo`ladi: 1. O`zidan suvni bug’lantiradi. 
2. Havoda gazlar oqimi, shu jumladan karbonat angidrid oqimi vujudga keladi. 3. Ko`pchilik 
o`simliklarda changlanish jarayoni sodir bo`ladi. 4. O`simliklarning sporalari, urug’ va mevalari 
yon atrofga tarqaladi.
Shamol hayvonlar hayotiga quyidagicha ta`sir ko`rsatadi: 
1. Quruqlikda yashovchi hayvonlarda suv va harorat almashinuvi amalga oshadi; 
2.Kuchli esgan shamollar ayrim hayvonlar pat va junlarining qalin va pishiq bo`lishiga 
ta`sir ko`rsatadi; 
3.Ko`pgina hasharotlar (o`tloq kapalagi, cho`l chigirtkasi, bezgak pashshasi va hokazo) 
va mikroorganizmlar shamol yordamida migratsiya qiladi, ya`ni tarqaladi;
4.Ayrim qushlar va hasharotlar qanotining qisqaroq bo`lishi yoki mutlaqo yo`qligiga 


ta`sir ko`rsatadi. Natijada shamol kuchli esadigan erlarda ularning soni kamayib ketadi. 
Hayvonlarning 75% i (hasharotlar, qushlar, sudralib yuruvchilar va sutemizuvchilar) havoda 
uchishga moslashgan. O`simliklarning urug’ va mevalari, mayda hasharotlar, sodda 
hayvonlarning tsistalari esa havoda passiv holda uchib yuradi. Bu hodisa anemoxoriya deyiladi. 
Bunday organizmlar esa aeroplanktonlar deb ataladi. Aeroplanktonlar havo muhitiga tanasining 
kichik o`lchamda bo`lishi, har xil o`simtalar hisobiga yuzasini oshirishi, kuchli darajada 
bo`laklarga ajralishi, nisbatan katta yuzaga ega bo`lgan qanotlarining bo`lishi va o`rgimchak ipi 
tolasi kabilardan foydalanishi bilan moslashganlar. Ba`zi bir mayda hayvonlar, qushlar va 
hasharotlar kuchli shamol (havo oqimi) ga bardosh berolmaydilar. Masalan, janubiy okeanlar 
qirg’oqlarida esadigan shamollar ta`siridan saqlanish uchun ba`zi hasharotlar qanotsiz 
bo`lganliklari sababli tosh ostidagi va qoyalardagi yoriqlarga yoki o`simliklar qoplami ostiga 
yashirinib oladilar. Bu esa ularning shamol ta`siriga nisbatan moslanishidir. Lekin shu bilan 
birga u erlarda qanotli pashshalar ham ko`p uchraydi. Kuchli shamollar havoning yuqori 
qatlamlariga turli mayda organizmlarni ko`tarib chiqib bir necha ming kilometr masofaga olib 
ketadi. Shamol o`simliklarda suv bug’lanishini kuchaytiradi va namlikni olib keladi. U 
o`simliklarga bevosita (to`g’ridan-to`g’ri) yoki bilvosita ta`sir etishi mumkin. To`g’ridan-to`g’ri 
ta`sirga mexanik bug’lanishni tezlashtirish, SO
2
ning kamayishi, yangisini olib kelish, quruq 
shamollarning zararli ta`sirlari kiradi. Tuproqni uchirib ketib ildizlarning ochilib qolishi, qumlar 
bilan ko`milishi, qorlarni uchirib ketlishi, boshqa o`simliklar novdalarini sindirib uchirib kelishi 
shamolning bilvosita ta`siridir. Shamol o`simliklarning tashqi qiyofasiga ham ta`sir etadi. Havo 
bosimining pasayishi ham ko`pincha hasharotlarning faolligiga ijobiy ta`sir etadi. Bulardan 
tashqari havoning ionlanishi, elektr maydonlarning organizmlarga ta`sir etishi tabiiydir. Ana 
shunday omillarning tirik organizmlarga bo`lgan ta`siri hali etarlicha o`rganilgan emas, SHunday 
qilib, havo oqig’mi (yoki shamol) barcha tirik organizmlar hayotiga mexanik, biologik 
(fiziologik, anatomik, morfologik), geografik va boshqa xil ta`sir ko`rsatadi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin