3 I. Bob. Umurtqasiz hayvonlarga umumiy tasnif



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/11
tarix13.03.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#87615
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Malika




M U N D A R I J A


KIRISH.....................................................................................................................3
I.BOB. UMURTQASIZ HAYVONLARGA UMUMIY TASNIF.......................5
1.1.Umurtqasiz hayvonlarning tuzulishi....................................................................5
1.2.Umurtqasiz hayvonlarning klassifikatsiyasi......................................................10
II.BOB.UMURTQASIZ HAYVONLARNING YASHASH SHAROITLARIGA MOSLASHISHI.................................................................16
2.1.Umurtqasiz hayvonlarning tarqalish muhitlari………………………..………16
2.2.Umurtqasiz hayvonlarning yashash sharoitga moslashishi...............................24
XULOSA................................................................................................................27
ADABIYOTLAR RO‘YHATI..............................................................................28
ILOVA…………………………………………..………….……….……………29


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha bir qancha masalalar qo‘yilgan. Jumladan, oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish, oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish va boshqa qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va biologiya yunalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 12 avgust kuni chiqarilgan PQ-4805 sonli qarorida kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jixozlari bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish soxalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va xamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Yuqoridagilar asosida ta’kidlash mumkinki, Prezident Farmoni va Qarorlaridan kelib chiqib, biologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni soha bo‘yicha keng qamrovli ishlarni olib borishi va samarali natijalarga erishish yo‘lida 4 ma’lum darajada darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlash zarurligini taqozo etadi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin