3 I. Bob. Umurtqasiz hayvonlarga umumiy tasnif



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə3/11
tarix13.03.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#87615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Malika

Halqali chuvalchanglar tipi. Bu tip umrtqqasiz hayvonlar bo`limida ancha taraqqiy etgan va yaxshi rivojlanganligi bilan farq qiladi. Halqali chuvalchanglarning tana tuzilishida ancha o`zgarishlar bo`lib, bu ular tanasining segmentatsiyalashgani, yani ularning tanasi ancha segmentlardan iboratligidadir.
Halqali chuvalchanglarning tanasi ustki tomondan qoplag`ich to`qima bilan qoplangan. Ularda bu to`qimadan tashqari muskul to`qimasi nerv to`qimasi va boshqa to`qimalar bor . Halqali chuvalchanglarda ovqat hazm qilish organlari yaxshi rivojlangan. Oziq og`izdan (yomg`ir chuvalchang misolida )xalqum orqali qizilo`ngachga o`tadi. Og`iz, halqum, qizilo`ngach, jig`ildon, oshqozon ba ichak ovqat hazm qilish organlarini tashkil etadi.
Chuvalchanglarning qorin tomonida ingichka,elastik, kalta tuklari bor. Ular yer yuzida harakat qilishda ba in qazishda yordam beradi. Ana shu kalta, siyrak tuklarning bo`lishi halqali chuvalchanglar tipiga xos xususiyatdir.
Halqali chuvalchanglarda qon aylanish sistemasi yaxshi ruvojlangan asab sistemasi xam ancha yaxshi taraqqiy etgan. Umuman xalqali chuvalchanglar aktib ovqatlanish xususiyatiga ega bo`lgan ancha rivojlangan hayvonlardan hisoblanadi.
Bo`g`imoyoqlilar tipi. Bo`g`imoyoqlilar tipi umrtqasiz hayvonlar ichida yuksak tuzilishga ega bo`lganligi bilan xarakterlanadi.Bu tipning vakillari butun hayvonot olamining ichidan 2 qismini tashkil qiladi. Agar yer yuzidagi butin hayvonlar soni 1,5 mln dan ortiq bo`lsa, shuning 1mln dan ko`prog`i bo`g`imoyoqliylarga to`g`ri keladi. Bo`g`imoyoqlilar xilma-xil, yer yuzasining hamma yerida; dengiz va okeanlarda, quruqlikda, o`rmon, cho`l va tog`larda keng tarqalgan.
Hashoratlar sinfi. Bo`g`imoyoqlilar tipining eng katta va xarakterli sinfi hisoblanadi. Hashorotlar yer yuzasida keng tarqalgan. Ularni eng shimoliy kenglikdan tortib ekvatorgacha bo`lgan xilma-xil zonalarda, qisman dengiz va okeanlarda uchratish mumkin.
Tabiiyki, ularning yer yuzi bo`ylab bunday keng tarqalishiga sabab, ularning xitinli skelet qoplag`ichi; bo`g`imli oyoqlar va muskullar borligi sabab bo`lgan.
Tanasining tuzilishi.Hashoratlarning o`ziga xos xususiyati shundaki, ularning tanasi uch qismga; bosh, ko`krak va qorin qismlarga bo`lingan.
Bosh hamma hashorotlar uchun xos bo`lgan qismdan iborat bo`lib, unda og`iz va sezgi organlari joylashgan. Bunga may qo`ng`izining bosh tuzilishi misol bo`ladi. Qo`ng`iz boshining ikki yonida bir juft murakkab ko`zi bor. Har qaysi ko`zi bir necha minglab sodda ko`zchalardan tuzilgan. Ko`zlari oldida bir juft mo`ylovi bo`ladi. Har bir mo`ylovi uchida bir nechtadan keng plastinkalar bor. Bu plastinkalar xid bilish organi hisoblanadi. Pilastikalar erkaklarida urg`ochilardagiga qaraganda yaxshiroq o`zgaradi. Masalan, suyuq ovqat (gul nektari) bilan o`ziqlanganda ko`pgina pardoqanotlilarning og`larisuyuq ovqat bilan oziqlanishga moslashgan. Chivinlar va qandalalarning og`zlari esa sanchib-so`ruvchi og`iz apparatiga yalangan.
Ko`kragi.Hashoratlarning ko`kragi uch qismdan:ko`krag oldi, ko`krak o`rtasi va ko`krak orqasidan iborat. Ularning har birida bir juftdan oyog`i bo`ladi. Har bir hashoratda 6 tadan oyog`i bo`ladi. Bundan tashqari, ko`kragining o`rta va orqa bo`g`imlarida qanoti joylashadi. Ko`p hasharotlar ucha oladilar, ular oziq qidiribyoki dushmandan saqlanish uchun uzoq masofalarga uchishadi. Uchish erkak hasharotlarga urg`chilarini topish uchun ham xizmat qiladi. Qanotlar hamma hashoratlarda ham bo`lavermaydi. Dastlabki qanotsiz tuban hashoratlarda qanotlar bo`lmaydi. Aslida qanotlilar gruppasiga kiradigan, lekin parazitlik qilib yashashga moslashishi natijasida qanotlari yo`qolib ketgan ba`zi hasharotlarda (bit, burga, yog`och qandalasi va boshqalarda) qanotlar bo`lmaydi.
Qorni. Hashoratlarning qorin bo`g`imlari odatda 11 ta bo`ladi. Lekin qorin bo`g`imlari kamayib 9 taga tushib qoladi va hatto bundan ham oz bo`ladi. Ko`pincha qorin ko`krakka qo`shilib ketgan.Masalan, may qo`ng`izining qorni ko`kragi bilan harakatsiz birikkan. Hasharotlar qornidan rivojlangan haqiqiy oyoqlar bo`lmaydi. Ba`zan hsharotlarda oyoq rudimentlari yoki shakli o`zgargan oyoqlar bo`ladi. Buni birlamchi qanotsizlarda kuzatish mumkin.
Ovqat hazm qilish organlari. Hasharotlarning ovqat hazm qilish organlari og`iz, qizilo`ngach, oshqozon, ichak va so`lak bezlaridan iborat.
Hasharotlar xilma-xil o`simlik va hayvon turlari bilan oziqlanishga moslashganligi tufayli, ularning organlarini birmuncha murakkab va shu bilan birga anchagina xilma-xil tuzilganligini ko`rish mumkin, ularning organlarini birmuncha murakkab. Hasharotlar oziqlanish usuliga qarab ham bir necha gruppaga bo`linadi. Masalan, go`shtxo`r hasharotlar, xammaxo`r hasharotlar, o`simlikxo`r hasharotlar, parazithasharotlar va boshqalar.
Hasharotlarning ko`payishi. Hasharotlar asosan jinsiy yo`l bilan ko`payadi.
Erkak hasharotlarning hid bilish organlari yaxshi rivojlangan, chunki ular urg`ochilarini hidiga qarab topadilar. Bahorda may qo`ng`izining qorong`i tushishi bilan ko`plab uchib yurganini ko`rish mumkin.
Hashoratlarning ko`payish organi qorin qismida joylashgan bo`ladi. Urg`ochisida ikkita tuxumdon bo`lib, ularda juda ko`plab tuxum yetiladi. Erkak hashoratda juda ko`p spermatazoidlar yetiladigan bir juft urug`dan bo`ladi .rivojlanish ikki xil bo`lib to`la o`zgarishli va chala o`zgarish rivojlanishdan iborat.
To`la o`zgarishli rivojlanishda tuxumdan voyaga yetgan hasharotga o`xshamaydigan lichinka chiqadi. Lichinka zo`r berib oziqlanadi, o`sadi so`ngra, harakatsiz g`ubakka aylanadi. G`ubakda lichinkaning to`qima va organlarning voyaga yetgan hashorat to`qima organlarning aylanishdek murakkab jarayon sodir bo`ladi , natijada g`umbakdan voyaga yetgn hasharot chiqadi .
Hayvonlar va ularning yashash muhiti. Hayvonlarning yashash joylari Barcha yashash joylarida yashovchi hayvon
Hayvonlar tushunchasi sayyoramizda yashovchi Hayvonlar qirolligining barcha ko'p hujayrali, eukaryotik organizmlarining yig'indisini o'z ichiga oladi. Hayvonot dunyosiga yovvoyi individlar ham, xonakilashtirilganlar ham kiradi. Inson ham faunaning tabiiy taksonomiyasida.
Hayvonlarni va ga bo'lish mumkin. Umurtqali hayvonlarning umurtqali yoki umurtqali ustuni bor va ularning soni faunaning barcha tasvirlangan turlarining 3% dan kamini tashkil qiladi. Ularga: baliqlar, amfibiyalar, sudraluvchilar, qushlar va sutemizuvchilar kiradi. Qolgan hayvonlar umurtqasizlar bo'lib, ular umurtqa pog'onasining yo'qligi bilan ajralib turadi. Bularga quyidagilar kiradi: qisqichbaqasimonlar (midiya, ustritsa, sakkizoyoq, kalamar, salyangozlar); artropodlar (qirkayaklar, hasharotlar, o'rgimchaklar, chayonlar, qisqichbaqalar, omarlar, qisqichbaqalar); halqali zuluklar), nematodalar, yassi chuvalchanglar (tasmasimon chuvalchanglar), knidarlar (meduzalar, dengiz anemonlari, marjonlar), ktenoforlar va gubkalar. Hayvonlarni o'rganish fan deb ataladi.
Hayvonlar evolyutsiyasi quyidagicha ta'riflanadi: tirik organizmning javoban murakkablashishi (murakkabroq yoki yaxshiroq shaklga o'tish) bosqichma-bosqich jarayon. Hayvonlar evolyutsiyasi nazariyasi hozirda qanday qilib eng mashhur tushunchadir hayvonot dunyosi hozirgi holatiga yetdi.
Aslida, hayvonlarning evolyutsiyasi ko'plab qarama-qarshiliklar bilan birga keladi va bir nechta muhim tarkibiy qismlarga ega: tabiiy tanlanish, makroevolyutsiya va mikroevolyutsiya.Tabiiy tanlanish evolyutsiyani boshqaradigan mexanizmdir. Bu hayvonlarni o'zgarishlarga moslashishga majbur qiladi. muhit. Tabiiy tanlanishning ba'zi dalillari dunyo tabiatida kuzatilgan, ammo turni biron bir mazmunli tarzda o'zgartiradigan darajada emas. Tuban ichaksiz kiprikli chuvalchanglar ozigʻi hazm qilish parenximasida hazm boʻladi; tasmasimon chuvalchanglarda va ayrim boshqa guruhlarda oziq butun tana yuzasi orqali shimiladi. Ayirish organi — protonefridiy. Qon aylanish va nafas olish sistemasi yoʻq. Teri orqali nafis oladi. Nerv sistemasi bosh gangliylar, halqumni aylanib oʻtadigan halqa komissuralar va bir juft boʻylama nerv poyalari hamda ularni tutashtirib turadigan nerv tolalaridan iborat.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin