2-MAVZU. EKOLOGIK OMILLAR VA ULARNING ORGANIZMLARGA
TA'SIRI. CHEKLOVCHI OMIL TUSHUNCHASI BIOTIK VA ANTROPOGEN
OMILLAR
Yerda hayot paydo bo`lganiga 1 milliard 700 million yil bo`lgan deb faraz qilinadi. SHu
davr ichida vujudga kelgan barcha tirik organizmlar hayoti doimo tashqi muhit bilan bog’liq
holda qator o`zgarishlarga duch kelgan. Tashqi muhit ko`pgina ekologik omillardan iborat. Bu
omillar odatda uch guruhga bo`lib o`rganiladi: abiotik (yoki o`lik omil), biotik (tirik omil) va
antropogen (yoki inson omili). Odatda ekologik omillar barcha tirik organizmlarga bir vaqtda
kompleks ravishda bevosita yoki vositali ta`sir ko`rsatadi. Ammo bu
omillarning har birining
ta`sirini aniqroq, yaxshiroq tasavvur etish uchun ular alohida-alohida olib o`rganiladi.
Organizmning tevarak atrofini o`rab olgan va vositali hamda vositasiz ta`sir etuvchi bu omillar
yig’indisi shu organizmning yashash muhitini tashkil etadi. Demak, muhit ekologik
tushuncha
bo`lib, ko`proq geografiya fanlarida qo`llaniladi. ekologik omil tushunchasi tashqi muhit
tushunchasiga nisbatan birmuncha torroq ma`noga ega bo`lib, muhitning ayrim unsuri
hisoblanadi, ekologik omil xillari quyidagi jadvalda ko`rsatilgan (1-jadvalga qarang).
Muhitning ayrim ekologik omillari har biri birgalikda yashayotgan organizmlarning
barchasi uchun yoki har xil turlar uchun turlicha ta`sir etishi mumkin va
turlicha ahamiyat kasb
etadi. Masalan, tuproqdagi tuzlar miqdori va tarkibi o`simliklarning oziqlanishida muhim
ahamiyatga ega bo`lsa, hayvonlar uchun uning ahamiyati uncha katta emas. YOki qishki kuchli
shamollar ochiq havoda yashovchi yirik hayvonlarga salbiy ta`sir ko`rsatsa,
inida yoki qor ostida
yashovchi kichik hayvonlarga deyarli ta`sir etmaydi va hokazo. Ammo shuni aytish kerakki,
ekologik omillarning organizmga ta`sir etish xarakteri qanchalik xilma-xil bo`lmasin
ularning
barchasi uchun quyidagi bir necha umumiy qonuniyatlarni ko`rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: