1. MAVZU. EKOLOGIYA FANINING MAZMUNI, PREDMETI VA VAZIFALARI. EKOLOGIYANINING TABIIY FANLAR TIZIMIDAGI O`RNI Ekologiya tabiiy fanlar ichidagi mustaqil fan bo`lib, u tirik organizmlarning yashash
sharoiti va ularning o`zi yashab turgan muxit bilan o`zaro murakkab munosabatlari hamda shu
asosda vujudga keladigan qonuniyatlarini o`rganadi. Ch. Darvin turlararo munosabatlar xususida
qimmatli fikrlar bayon qilgan bo`lsa-da, «ekologiya» tushunchasi fanga birinchi bo`lib 1866
yilda nemis biologi e. Gekkel tomonidan kiritilgan. «Ekologiya»—yunoncha so`z bo`lib, uning
ma`nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o`zaro munosabatini
bildiradi.
Populyatsiyalar, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar va biosfera kabi tushunchalar
ekologiya fanining nazariy asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham ko`pincha umumiy ekologiya
to`rt bo`limga bo`lib o`rganiladi, ya`ni autekologiya, populyatsion ekologiya, sinekologiya va
biosfera haqidagi ta`limotlardir.
1.Autekologiya («autos»—yunoncha so`z bo`lib, «o`zi»degan ma`noni bildiradi) ayrim
turlarning ular yashab turgan muhit bilan munosabatlarini, turlarning qanday muhitga ko`proq va
uzviy moslashganlini yoritadi.
2.Populyatsion ekologiya («populyas’on»— frantsuzcha so`z bo`lib, «aholi» degan
ma`noni bildiradi) populyatsiyalar dinamikasi, ma`lum sharoitlarda turli organizmlar sonining
o`zgarishi (biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi.
3.Sinekologiya («sin»— yunoncha so`z bo`lib, uning ma`nosi «birgalikda» demakdir)
biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o`simlik va hayvon turlarining o`zaro
aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan bo`lgan munosabatlarini o`rganadi.
4.Ekosistemalarni tadqiq qilishning rivojlanishi ekologiyaning yangi bir bo`limini, ya`ni
biosfera (yunoncha «bios»— «hayot», «sfera»—«shar») haqidagi ta`limotni vujudga keltirdi.
Ushbu ta`limotning asoschisi V. I. Vernadskiy hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar,
ya`ni Er qobig’idagi mavjudotlar tizimi biosfera deb ataladi.)
Umumiy ekologiya fani bir necha tarmoqlarga ajratiladi.
1.Dinamik ekologiya. 2.Kosmik ekologiya. 3.«Katta» global megoekologiya. 4. Analitik
ekologiya. 5.Amaliy ekologiya. 6.Sanoat, muhandislik va qishloq xo`jalik ekologiyasi.
7.Tibbiyot ekologiyasi «noozogeografiya». 8.Bioekologiya. 9.Landshaftlar ekologiyasi. 10.Inson
ekologiyasi. (1921yil Borjee va Park). 11.Evolyutsion ekologiya.
12. Demoekologiya. 13. Ijtimoiy ekologiya. 14. Shaharlar ekologiyasi.
Ekologiya fani tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog’lanishlarini ifoda etar ekan, u
shubhasiz, tabiatni muhofaza qilishning ajralmas qismi hamdir.