A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   116
ekologiya.maruza

difikator tur
deyiladi. 
Edifikator tur
shu hududda biotopiing mikroiqlimini belgilaydi. Masalan, archa 
o`rmonida archa, qarag’ay o`rmonida qarag’ay edifikator tur hisoblanadi. Hayvonlar 
koloniyasida ham edifikator turlar bo`ladn. Masalan, sug’urlar yashaydigan koloniyada ular 
qazuvchanligiga ko`ra manzarani va mikroiqlimni belgilaydi va shu sababli edifikator bo`lib 
hisoblanadi. 
Topik aloqalar tufayli biotsenozda konsortsiya vujudga keladi. Konsortsiya deyilganda biron-bir 
tur tanasida (ichida yoki ustida) bir necha xil organizmlarning yashashi tushuniladi. Masalan, 
qarag’ay daraxtining tanasida, shox-shabbalarida va ildizida moxlar, lishayniklar, zamburug’lar 
va bo`g’imoyoqlilarning yashashi konsortsiyaga yaqqol misol bo`ladi. Demak, biotsenoz odatda 
turlar o`rtasidagi trofik va topik aloqalar, munosabatlar asosida vujudga kelgan konsortsiyalardan 
tashkil topgandir. 
Biotsenozning fazoviy tuzilmasi
. Har qanday jamoa uning tarkibiy qismi hisoblangan 
o`simlik bilan bog’langan va tavsiflanadi. Jamoaning shakllanish davrida turlar har xil holatlarda 
joy oladilar. Ba`zi bir turlar tuproqda, ikkinchi birlari uning yuzasida, suvlikda va hatto 
troposferaning ancha yuqori qismlarida tarqalishi mumkin. Ba`zi bir turlar daraxt tanalarida 
(epifit) va barglarida (epifil) yopishgan holda yashaydi. Natijada fitotsenozning tuzilishida 
qavatlik kelib chiqadi. Qavatlik deyilganda jamoadagi turlarning tuproq yuzasiga nisbatan har xil 
balandliklarda qavatma-qavatligi va uning qatlamida har xil joylanishi tushuniladi. Gidrofit 
jamoalarda qavatlik suv yuzasi, suv qatlami va gruntdagi suvzamin kabi ko`rinshlarga ajratiladi. 
Qavatlik ayniqsa o`rtacha iqlimli o`rmon fitotsenozlarida yaqqol ko`rinadi. O`rmonlarda 
odatda 3-5 qavatlik kuzatiladi. 1-2 qavatlar birinchi, ikkinchi va uchinchi darajalardagi daraxtlar, 
3- qavat - butalar, 4-qavat o`t va butachalar, 5- qavat - mox va lishayniklar qavati. O`t
o`simliklardan tashkil topgan fitotsenozlarda ham 2-3 va 4 qavatlar ajratiladi. 
Jamoadagi har bir qavat o`zining mikroiqlimiga zga bo`lib, o`ziga xos yorug’lik va 
harorat tartibi, namlik va havo tarkibi hamda harakatiga ega bo`ladi. Yuqori qavatdagi 
o`simliklar soyasida pastki qavatda o`suvchilar uchun qulay hayot sharoiti vujudga keladi. 
Ko`pchilik quruqlikda va suvda yashovchi hayvonlar biror-bir maxsus qavatlik bilan bog’langan 
bo`lmasada, umurtqasiz hayvonlar ko`pincha tuproqning o`simlik ildizi bilan bog’liq qavatlarda 
yashashi mumkin. 
Quruqlikda yashovchi hayvonlar o`z holatlarini yil davomida jamoaning u yoki bu 
qavatlarida turli muddatlarda yashash bilan boshqarib turadi. Shunga qaramasdan ba`zi 
sistematik guruhdagi hayvonlar uchun qavatlik ajratiladi: hasharotlar orasida tuproqda 
yashovchilar — geobiy, tuproq yuzasida yashovchilar - gerpetobiy, moxlar qavatidagilar - 
briobiy, o`t o`simliklar qavatidagilar - fillobiy va ancha yuqori havo qavatlaridagilar —
aerobiylar. Qushlar orasida tuproq yuzasiga, butalarga, daraxtlarga uya quruvchilar, daraxt tanasi 
va shoxlaridan to`g’on yoki boshpana qurishda foydalanishi, qushlarning uya qurishlari va 
uboshqa ko`p misollar keltirish mumkin.

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin