A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   116
ekologiya.maruza

Ekosistemalar. 
Yashash sharoiti o`xshash va o`zaro munosabati natijasida bir-biriga 
ta`sir ko`rsatuvchi har xil turga mansub bo`lgan birgalikda yashovchi organizmlar yig’indisiga 
ekologik sistema deyiladi. O`rmon, cho`l, o`tloq, suv havzasi va boshqalar ekosistemaga misol 
bo`la oladi. Ma`lumki, har xil turdagi organizmlar bir-birlariga va tevarak-atrofidagi jonsiz 
tabiatga har tomonlama moslashganlar; bunday uzviy bog’lanishlar biotsenozlarni tashkil etadi. 
Biotsenoz umumiy tabiiy kompleks biogeotsenozning bir qismidir. ekosistema tushunchasi fanga 
1935 yili ingliz ekologi A. Tensli tomonidan kiritilgan. Biogeotsenoz («bios»— hayot, «geo»— 
er, «tsenoz»— umumiy yoki jamoa) tushunchasini esa rus botanik olimi, akad. V. N. Sukachev 
taklif etgan. Shunday qilib, biogeotsenoz (yoki ekosistema) deyilganda o`zaro ichki qarama-
qarshiliklar birligi asosida doimo harakatda va rivojlanishda bo`lgan, o`ziga xos modda va 
energiya almashinuvi hamda tabiatning boshqa hodisalari bilan Er yuzining muayyan qismida bir 
xil tabiiy hodisalarning bir-birlari bilan o`ziga xos tarzda ta`sir etuvchi biriimalar yig’indisi 
tushuniladi. Ko`pincha ekosistema va biogeotsenoz tushunchalari bir-birining sinonimi sifatida 
qo`llaniladi va deyarli bir xil ma`noni bildqradi. Ammo ba`zi tomonlari bilan ular farqlanadi (9-
jadvalga qarang).
Biogeotsenoz va ekosistemalarning ba`zi bir farqlari
9- jadval 
Biogeotsenoz 
Ekosistema 
1. Tabiiy hodisa hisoblanadi 
2. Ma`lum tabiiy chegaraga ega bulgan 
fazoviy birlik; u ko
`
SNI
biogeotsenozlardan 
(fitotsenozi bilan ajralib tuoadi
Tabiiy yoki butunlay sun`iy hodisa bo`lishi 
mumkin
Funktsional birlik bo`lgani uchun qo`shni 
ekosistemalardan ajralib turishi shart emas. 
Yirik ekosistemalar odatda odam ta`sirdaa bo`ladi 
Biogeotsenozning asosiy komponentlari atmosfera, tog’ jinslari, suv, o`simlik va 
hayvonot dunyosi hisoblanadi. Uning organik dunyosi (o`simliklar, hayvonlar, zamburug’lar 
,mikroorganizmlar) biotsenoz deb atalib, muhit esa ekotop deyiladi. ekotop o`z navbatida 
klimatop (atmosfera) va edafotop (tuproq) degan tarkibiy qismlardan iborat. Biogeotsenozlar har 
xil o`lchamda, ya`ni kichik va katta maydonda bo`lishi mumkin. Botqoqlikdagi do`nglik, 
o`rmondagi to`nka, biror hayvon uyasi (in) atrofi, akvarium kabilar kichik biogeotsenozlarga 
misol bo`lsa, o`rmon, dasht, cho`l, o`tloqzor va boshqa maydonlar yirik biogeotsenozlardir. A. 
Tensli ta`rifiga ko`ra ekosistema ichki va tashqi doiralarda moddalar va energiya almashinuviga 
ega bo`lgan tirik va jonsiz komponentlarning cheksiz barqaror sistemasidir. Shunday qilib, 
ekosistema mikroorganizmlarga ega bo`lgan bir tomchi suv, o`rmon, tuvakdagi o`simlik, kosmik 
kema va boshqalardir. Ekosistemalar biogeotsenozga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi. 
Har qanday biogeotsenoz o`z navbatida ekosistema bo`la oladi, ammo har qanday ekosistemani 
biogeotsenoz deb bo`lmaydi. 
Ekosistemada moddalar aylanishini ta`minlash uchun ma`lum miqdorda kerak bo`ladigan 
anorganik moddalar zahirasi va bajarayotgan ishi jihatidan uch xil ekologik guruhni tashkil 
etuvchi organizmlar bo`lishya zarur. Birinchi guruhga yashil o`simliklar kiradi. Ular 
quruqlikdagi har qanday biotsenozning asosiy tarkibi va energiya manbai sifatida xizmat qiladi. 
Bunday avtotrof organizmlar 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin