6-MAVZU. ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISH
·
Atmosfera havosining tabiatdagi ahamiyati va tuzilishi.
·
Atmosfera havosini ifloslovchi
asosiy manbalari.
·
Shaharlar havosining ifloslanishi. Atmosfera havosining tabiatdagi
ahamiyati va tuzilishi.
Atmosfera - Erning gazsimon qobig’i bo`lib. hayot uchun zarur bo`lgan
birlikdir. Atmosfera er po`stiga
fizikaviy, kimyoviy, biologik ta`sir etadi va
er yuzasida issiqlik,
namlikni tartibga solib turadi. Atmosfera erning himoya qobig’idir, chunki u tirik organizmlarni
turli ul’trabinafsha nurlar va kosmosdan tushadigan meteoritlarning zararli ta`siridan himoya
qiladi. Atmosfera bo`lmaganda edi, Yer yuzasida Oydagi kabi hayot bo`lmas edi. Yer yuzasi
kunduzi 100
gradus qizib, kechasi esa -100 gradus sovigan bo`lar edi.
Quyosh va shamol energiyasi, atmosfera havosi va yog’in-sochin iqlim resurslari bo`lib,
insoniyat jamiyatida katta ahamiyatga ega. Quyoshdan fazoga juda katta miqdorda issiklik
energiyasi tarqalib turadi. Er yuzasining har bir kvadrat kilometr maydoniga 2500000
ot kuchiga
teng energiya tushadi. Quyosh energiyasi atmosferaning yuqori qatlamlarida yutilib, er yuzasiga
juda oz miqdorda etib keladi.
Insoniyat quyosh energiyasidan o`z ehtiyoji uchun qadimdaa foydalanib kelgan. Keyingi
vaqtlarda
quyosh energiyasidan AQSH, Yaponiya, Frantsiya kabi xorijiy davlatlar yaxshigina
foydalanmoqdalar. MDX davlatlaridan Turkmaniston, O`zbekiston, Gruziya, Armaniston,
Moldaviya, Ukrainalarning bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari arzon
quyosh energiyasidan xalq
xo`jaligida foydalanish yo`llarini topmoqdalar.
Insoniyat qadimdan tugamaydigan resurslardan biri bo`lgan shamol energiyasidan
foydalanib kelgan. AQSH, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Daniya davlatlarida turli
quvvatlarga ega bo`lgan kuchli shamol elektr stantsiyalari qurilgan. O`zbekiston shamol
energiyasiga boy, ammo bu arzon energiya turidan kam foydalanilmoqda. Erdagi hayotni
havosiz
tasavvur etish kiyin, shuning uchun ham toza havo muammosi hozirgi kunda dolzarb
bo`lib qoldi. Atmosfera havosi har doim aralashib turgani uchun, uning kimyoviy
tarkibi
sayyoramizning hamma joyida asosan bir xildir.
Havo qobig’i asosan
Dostları ilə paylaş: