A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   116
ekologiya.maruza

azot (78,09%)
- N
2

kislorod (20,95%)
- O
2
dan iborat bo`lib, ular 
atmosfera gaz tarkibining 99% ini tashkil etadi, qolgan 1% i esa boshqa (
argon (A
2
) - 0,93%,
karbonat angidrid 
(SO
2
) - 0,03%,
neon, vodorod, geliy, kripton, ksenon va boshqalar) gazlardir. 
Gazlarning biri ko`payib, ikkinchisi kamayib ketishi tirik mavjudot hayotini muvozanatdan 
chiqarib yuboradi va halokatga olib borishi mumkin. Atmosferadagi azot asosan Erdagi 
mikroorganizmlar faoliyati natijasida yuzaga kelib, biologik jarayonlarda unchalik rol’ 
o`ynamaydi. Erdagi tog’ jinslarida mujassamlashgan azot atmosferadagi azotga qaraganda 50 
baravar ko`pdir. Atmosferada erkin holatda uchraydigan kislorod – yashil o`simliklar mahsuloti 
bo`lib, tirik organizmlarning ajralmas qismi va hayot manbai hisoblanadi. Inson hayoti uchun 
ko`p energiya, ko`p energiya olish uchun esa kislorod zarur. Inson kuniga o`rta hisobga 9 kg 
havo bilan nafas oladi. Inson o`rtacha umr (75 yosh) davomida 700000 kub metr havoni oladi. 
Atmosferada ozon (O
3
) va suv bug’larining bo`lishi alohida ahamiyatga ega. Atmosferadagi suv 
bulut va tumanlarda, mayda tomchi va so`z kristallchalari holida uchraydi. Suv bug’lari asosan 
10 km gacha bo`lgan balandliklarda uchraydi. Atmosferaning quyi qismida uchraydigan 
karbonat angidrid (SO
2
) o`simliklarning fotosintez jarayonida faol qatnashadi. Karbonat angidrid 
vulqonlar otilishi, yoqilg’ilar yonishi, organik moddalarning chirishi va organizmlarning nafas 
olishi natijasida paydo bo`ladi. SO
2
nisbatan og’ir bo`lib, chuqur erlarda (eski quduq. shaxta va 
boshqa joylarda) uchraydi. 
Atmosfera changlari havo qobig’ining ajralmas qismidir. Juda mayda zarrachalar organik 
va noorganik jarayonlar natijasida hamda jinslari va tuproq qatlamining emirilishi (nurashi), 
vulqon hodisalari, o`rmon, dasht va torf yog’inlari, dengiz suvining bug’lanishi oqibatida paydo 
bo`lgandir. Atmosferada juda ko`p miqdorda kosmik changlar bo`lib, er yuzasiga yiliga 2-5 mln. 
tonna kosmik chang tushadi. Atmosferadagi turli chang yadrolari Er landshaft qobig’ini 
o`zgartirishda katta axamiyatga egadir. Chunki gaz holidagi suv bug’lari yadro atrofiga yig’ilib, 


suv tomchilarini hosil etadi. Changlar quyosh radiatsiyasini yutish qobiliyatiga ega va er yuzasini 
nurlanishidan saqlaydi. Atmosferadagi changlar er yuzasining rel’ef xususiyati, tuzilishi va 
balandligiga qarab turli miqdorda uchraydi. Masalan, shahar ustidagi 1 kub.sm. hajmdagi havoda 
100000 dona chang zarrasi bo`lsa, okean ustidagi 1 kub.sm. hajmdagi havoda 100 dona chang 
zarrasi bo`ladi. 
Insonning xo`jalik faoliyati atmosfera tarkibini o`zgartirib yubormoqda: atmosferaning 
quyi qismiga ko`plab qo`shilayotgan karbonat angidrid, is gazi, turli zaharli gazlar, radioaktiv 
moddalar va chang zarrachalari havo qobig’i tarkibini o`zgartirishga katta ta`sir ko`rsatmoqda


Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin