Atmosfera havosini ifloslovchi asosiy manbalar. Turli mamlakatlar hududida
atmosferaning tabiiy va sun`iy yo`l bilan ifloslanib turishini hisobga olsak, bunday ifloslanish
ko`rsatkichlari turli mamlakatlarda turlichadir. Hozir Er sharida 400 milliondan ortiq avtomobil’
atmosferaga yiliga 300 million tonna har xil zaharli gazlar, chang va boshqalarni chiqarib
ifloslamoqda. SHundan 200 million tonnasi uglerod oksidiga, 50 million tonnasi uglevodorodga,
million tonnasi azot oksidiga to`g’ri keladi. Faqat Toshkent shahrida har kuni 200 mingdan ortiq
avtomobil’ harakatda bo`lib atmosferani zaharlaydi. Bir yilda ular atmosferaga 400 ming
tonnadan ortiq zaharli gaz chiqaradi. O`zbekiston bo`yicha bu ko`rsatkich yiliga 1.337 ming
tonnadan oshadi. Ayniqsa, Toshkent, Andijon, Qo`qon, Farg’ona va boshqa shaharlarning havosi
o`ta kuchli zaharlangandir. Ba`zi korxonalarda tozalovchi inshootlarning yo`qligi tufayli
atmosferaga chang, qurum va zaharli gazlar chiqarib yuboriladi. Masalan, Toshkent GRESi 60%
tabiiy gaz va 40% quyuq yoqilg’i bilan ishlab, sutkasiga 154 ming m
3
azot oksidini havoga
chiqarib yubormoqda, Toshkent «Kompressor» zavodi soatiga 400 ming m
3
har xil gazlarni
havoga chiqarmoqda. Atmosfera havosining ifloslanishi tabiiy holda o`suvchi o`simliklar va
qishloq xo`jalik ekinlari hayotiga salbiy ta`sir etmoqda. Havoga chiqayotgan chang, qurum,
tutun va oltingugurt gazi; xlor, uglevodorod birikmalari, mish’yak (margimush), sur’ma, ftor va
boshqalar yana erga qaytib tushgach o`simlik barglariga, tuproq va suv orqali o`simlik ildiziga
o`tmoqda. Natijada modda (fotosintez) almashinuvi buziladi, o`simliklar kasallanadi, ularning
hosildorligi kamayadi, o`simliklarning havoni kislorodga boyitish qobiliyatini pasaytiradi. Bu
esa o`z navbatida insonlar salomatligiga katta putur etkazadi.
Atmosferaning ifloslanishi Erning havo qobig’iga ta`sir etibgina qolmasdan, balki inson
hayoti va tevarak-atrofidagi muhitni xavf ostiga qo`yadi. Atmosfera havosidagi har xil gazlar,
suv bug’lari, qattiq va suyuq zarrachalari, radioaktiv changlar havo sifatini buzadi, tabiiy
muhitga turli salbiy oqibatlar olib keladi. Ilgarilari havo sanoat ob`yektlari ustidagina ifloslangan
bo`lsa, hozir sanoat, transport, energetika va boshqalardan chiqqan chiqindi katta-katta rayonlar,
bir necha minglab kilometr masofalardagi hududlar havosining ifloslanishiga sababchi
bo`lmoqda. Ba`zi bir ma`lumotlarga ko`ra, Yer yuzida bir yilda havoga chiqarilgan oltingugurt
gazi, is gazi (SO), kul va karbonat angidridning miqdori taxminan 500 mln. tonnaga etmoqda.
BMT ma`lumotlariga ko`ra, insoniyat paydo bo`lgandan to shu vaqtgacha 80-85 mlrd.
tonna turli yoqilg’i yoqilgan, shuning yarmi keyingi 25 yilga to`g’ri keladi. Faqatgina
ko`mirning o`zi yiliga 2 mlrd. tonna yoqiladi. Albatta, yoqilg’ini yoqish uchun kislorod kerak.
Hozirgi kunda yoqilg’ilarni yoqishga yiliga 10-15 mlrd. tonna kislorod sarflanmoqda. Yiliga
metall oksidlanishi uchun 100 mln. tonna kislorod ketadi. YUNESKOning ma`lumoticha turli
mamlakatlarda ishlab turgan 260 mln.dan ortiq avtomashinalar yiliga 80 mln. kishi iste`miol
qiladigan kislorodni sarflaydi. 1000 km yurgan engil avtomobil’ bir kishining 1 yillik kislorodini
yutadi.
Fan-texnika inqilobining boshlanishidan oldin atmosferadagi karbonad angidrid miqdori
uzoq vaqtgacha bir me`yorda edi. CHunki issiqlik fotosintez yo`li bilan atmosferadan 110 mlrd.
tonna yoki 5% karbonat angidridni yutar edi. Buning o`rnini esa moddalarning chirishi,
yoqilg’ining yonishi va yong’inlardan chiqkan gazlar egallagan edi. Hozirgi vaqtda turli tashki
kuchlar ta`sirida biosfera sekin-asta o`zgarib bormoqda. Chunki inson faoliyati natijasida
kundan-kunga ko`payib borayotgan SO
2
gazini o`simlik va okeandagi fitoplanktonlar yutib
ulgura olmayotirlar. Atmosfera tarkibidagi kislorod muammosi ham dolzarb bo`lib, kislorod
miqdori yildan-yilga kamayib bormoqda. Shuning uchun, havoning ifloslanishi sabablarini
aniqlash va uning oldini olish katta amaliy ahamiyatga ega.