A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Suvning tabiatda aylanishi



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   116
ekologiya.maruza

Suvning tabiatda aylanishi
Suv biooferaning barcha tarkibiy qismlarida uchraydi. U suv 
havzalaridan tashqari tuproqda, havoda va barcha tirik organizmlarning 80—90% biomassasini 
tashkil etadi. Suvning tabiatda aylanishi quyidagicha boradi. Suv Er yuzasiga atmosfera 
yog’inlari tarzida tushib, atmosferaga asosan o`simliklarning suv bug’latishi va dengizlar 
yuzasining bug’lanishi hisobiga bug’ holatda qaytadi. Uning bir qismi yana bevosita yoki 
bilvosita yo`llar bilan o`simlik va hayvonlar ta`sirida bug’lanadi, qolgan bir qismi er osti 
suvlariga qo`shilib ketadi. Nihoyat yana bir qismi daryo oqimi bilan birga dengizlarga quyiladi 
va u erdan bug’lanib ketadi. 


Tabiiy suv zahiralari nihoyatda cheklangan. SHuning uchun undan oqilona foydalanish 
taqozo etiladi. Hozirgi kunda suv zahiralarini qanday qilib ko`paytirish haqida o`ylash zarur. 
Bular haqida mutaxassislar katta ish olib bormoqdalar. YAngi texnologiyani qo`llash bilan 
sanoat va qishloq xo`jaligining suvga bo`lgan talabi qondirilmoqda, sho`r suvlarni chuchuk 
suvlarga aylantirish uslublari takomillashtirilmoqda, shuningdek oqova suvlarni tozalovchq 
qurilmalar yaratilmoqda, kelajakda tozalangan suvdan qayta foydala-nish imkoniyatlari 
izlanmoqda. 
Uglerod elementining tabiatda aylanishi
Biosferaning eng muhim jarayonlari uglerod 
elementining aylanishi bilan bog’liqdir. Biosferadagi murakkab birikmalar tarkibidagi uglerod 
etakchi rol’ o`ynab, uning birikmalari doimo sintezlanib, o`zgarib, parchalanib turadi. Bunda 
uglerodning bir qismi aylanishdan chiqib ham ketadi. Yuqorida aytib o`tilganidek, organik kelib 
chiqishga ega bo`lgan foydali qazilmalarda uglerod konservalangan holda to`plangan. Organik 
moddalarning anorganik moddalardan sintezlanishi va unda qatnashadigan organizmlar 
fitoavtotroflar deb ataladi. Organik moddalarning to`planishida qisman ulardagi kimyoviy 
reaktsiyalar vaqtida ajralgan energiyadan foydalanuvchi xemotroflar ham hisobga olinadi. Tirik 
organizmlar to`qimalarida boradigan oksidlanish jarayoni natijasida karbonat angidrid ajralib 
chiqadi va bu hodisa nafas olish deb ataladi. O`simlik va hayvon qoldiqlaridagi organik 
moddalarning parchalanishi ham karbonat angidridning manbai hisoblanadi. Har xil tartiblardagi 
konsumentlarning faoliyati tufayli ozuqa tarkibiga kirgan organik moddalar qayta o`zgarishida 
va pirovardida nafas olish jarayonida karbonat angidrid holida ajralib chiqadi. Organik 
moddalarning parchalanishi natijasida hayvon ekskrementlari va siydigida ham karbonat 
angidrid ajralib chiqadi. Karbonat kislotaning zahiralari o`simlik va hayvon qoldiqlarining 
chirishi hisobiga to`ldirib turiladi. Uglerod elementi okeanlarda o`ziga xos tarzda aylanadi. 
Fitoplanktonlar tomonidan to`plangan organik moddalar okeandagi zooplanktonlar, zoobentoslar 
va nektonlar tomonidan o`zlashtiriladi. Ularning nafas olishi va qoldiqlarining parchalanishi 
natijasida karbonat angidrid ajralib chiqadi va suvda erib ketadi. Uglerodning bir qismi cho`kindi 
jinslar tarkibiga kirib, aylanishdan chiqib ketadi. Okean bilan atmosfera o`rtasida shamol va 
havoning harakati tufayli karbonat kislotaning almashinishi kuzatiladi. Inson faoliyati 
uglerodning biosferada aylanishida katta rol’ o`ynaydi. Har yili odamlar tomonidan nafas 
chiqarilganda 1,08-10
9
t karbonat ang’idrid ajralib chiqadi. Sanoat korxonalarida esa yiliga 
1,254-10
9
t karbonat angidrid ajralib chiqadi. Inson har yili qazilma holdagi uglerodning 5,640
9

sidan har xil maqsadlarda foydalanadi. 
Keyingi yillarda havoning tarkibidagi yonish jarayoni natijasida karbonat angidridning 
miqdori ortib ketdi. Atmosferada karbonat angidrid miqdorining ortib ketishi, Er yuzasi 
haroratining ortishi, natijada muzliklarning erib, okeanlarning sathi ko`tarilishiga hamda bu 
salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. SHuning uchun insoniyat oldida yangi energiya 
manbalarini va texnologik jarayonlarni topish muammosi turibdi. O`rmonlarni kesib tashlash 
ham, erlardan yo`l va qurilish maqsadlarida foydalanish kabilar ham Er yuzasidagi o`simlik 
qoplami maydonining qisqarishiga, natijada assimilyatsiya jadalligining susayishiga olib keladi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin