ma`lumotlar bor. I. A. Suetovaning ma`lumotlariga ko`ra, quruqlikdagi tirik modda 6,4-Yu
18
g,
okeanda esa 29,9-10
15
g ni tashkil etar ekan. Shundan quruqlikdagi o`simlik biomassasi 6,4-10
18
g bo`lsa, hayvonlarniki 0,006-10
18
g. Atmosferaning yuqori chegaralarida Quyosh
energiyasining o`rtacha rqimi sutkasiga 7000 kkal/sm
2
ni tashkil ztadi. Bizni sayyoraga ko`zga
ko`rinadigan nurlardan yiliga 55 kkal/sm
2
kelib tushadi va organizmlar tomonidan o`zlashtiriladi.
Biosferadagi mahsuldorlik yashil o`simliklar va qisman xemosintezlovchi bakteriyalar hisobiga
to`planadi. Shunday qilib, Er sharidagi yillik umumiy mahsuldorlik 1,7-Yu
17
g ni tashkil etadi.
Ma`lumki, tabiatda moddalarning aylanishi uchun uch guruhdagi organizmlarning qatnashishi
shart. Produtsentlarsiz hayotni tasavvur qilib bo`lmaydi. Ular birlamchi mahsuldorlikni keltirib
chiqaradi. Qonsumentlarning turli darajadagi tartiblari birlamchi: va ikkilamchi mahsulotni
iste`mol qilgan holda organik moddalarni bir holatdan ikkinchi holatga o`tkazadi. Ular shu bilan
Erda hayotning xilma-xilligini keltirib chiqaradi. Bu o`z navbatida turlarning evolyutsiyasiga
olib keladi. Redutsentlar esa organik moddalarni mineral moddalarga parchalab, sayyorada o`lik
qoldiqlardan iborat bo`lgan katta «mozor»ning kelib chiqishiga imkon bermaydi .
Erda boradigan har qanday jarayonlarning manbai va boshlanishi Quyosh nuri energiyasi
hisoblanadi. Yorug’lik ta`sirida boradigan yashil o`simliklardagi fotosintez jarayoni natijasida
organik modda to`planadi. Fotosintezning foydali ish koeffitsienti nihoyatda past. Er yuziga
tushadigan Quyosh nurlarining atigi 1% dan foydalaniladi. Foydali qazilmalarda (toshko`mir,
neft’, torf va boshqalar) Quyosh energiyasi konservalangan holda uzoq vaqtlar saqlanib
kelmoqda. Ba`zi bir organizmlar organik modda hosil qilishi uchun moddalarning oksidlanishi
natijasida ajralib chiqadigan energiyadan foydalanadi. Bu jarayon xemosintez deb ataladi.
energiyaning aylanishi moddalarning aylanishi bilan chambarchas bog’liq. Moddalarning kichik
doirada (biologik) va katta (geologik) doirada aylanishlari ajratiladi. Biologik doirada aylanish
organizmlar o`rtasida, quruqlikda tuproq bilan organizm o`rtasida, gidrosferada esa organizm
bilan suv o`rtasida sodir bo`ladi. Moddalarning katta doirada aylanishi quruqlik bilan Dunyo
okeanlari o`rtasida boradigan jarayondir.
Kichik doirada moddalarning aylanishi quruqlikdagi o`simliklarning, gazsimon
moddalarning va suvda erigan mineral tuzlarning yutilishidan iborat. Bunda, birinchi navbatda,
karbonat angidriddan organik moddalarning hosil bo`lishi tushuniladi. Nafas olish natijasida esa
karbonat angidridning bir qismi troposferaga qaytarib chiqariladi. Organik moddalarning
ko`pchilik qismi har xil darajadagi konsumentlar va redutsentlarning tanasidan o`tib, qayta
ishlanib parchalanadi va minerallashadi, ular qayta tuproq, suv yoki havoga qo`shiladi.
Gidrosferaning o`zida ham moddalarning kichik doirada aylanishi kuzatiladi. Bunda suvda
erigan tuzlar va gazlar qatnashadi. Suv muhitidagi moddalarning aylanishida avtotrof
hisoblangan suvo`tlari muhim rol’ o`ynaydi. Okeandagi biologik moddalarning aylanishida
o`simlik va hayvonlarning qoldiqlari (parchalangan va minerallashgan qismi) suvda erigan holda
zahira moddalar sifatida qatnashadi, ularning bir qismi okean tublarida yotqiziqlar hosil qiladi.
Er sharining har qanday nuqtalarida kichik doirada moddalarning aylanishi bir ikkinchisi
bilan almashinib turadi. Kichik doiradagi aylanishlar bir-birlari bilan chambarchas bog’liq va
katta doiraning ta`sirida bo`ladi. Qatta doiradagi moddalarning aylanishi quruqlikdan
moddalarning daryo va havo oqimlari bilan okeanga kelib tushishidan iborat bo`lib, dengiz
yotqiziqlarining quruqlikka qayta chiqishi esa okean tubining ko`tarilishi va uning natijasida
quruqlik ayrim joylarining cho`kishi bilan sodir bo`ladi. Erda moddalarning aylanishi ayrim
kimyoviy unsurlarning aylanishidan tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: