A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   116
ekologiya.maruza

SAVOLLAR VA TOPSHIRIKLAR
1.
Kimyoviy ishlab-chiqarishni atrof-muhitga qanday ta`siri mavjud? 
2.
Sanitar himoya zonalari deganda nimani tushunasiz? 
3.
Kimyoviy mineral o`g’itlarning qanday guruhlari mavjud? 
4.
Kimyoviy ishlab-chiqarish va atrof-muhit muammolarini mohiyatini tushuntiring? 
5.
Azotli o`g’itlarni atrof-muhitga ta`siri hozirgi vaqqanday ko`rinishda? 
6.
Fosforli va kaliyli o`g’itlarning atrof-muhitga ta`sirini tushuntiring? 
7.
Pestitsidlarning qanday guruhlari mavjud? 
8.
O`simliklarni biologik himoya qilish chora-tadbirlarini izohlang. 
 
8- MAVZU. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH 
VA ULARNI MUHOFAZA QILISH 
·
Yer shari suv resurslari, ularning tarkibi va tuzilishi. 
·
Tabiatda va inson hayotida 
suvning ahamiyati. 
·
CHuchuk suv muammosi. 
·
Suv resurslarini ifloslantiruvchi asosiy 
manbalari va sabablari. 
·
 Suv resurslarini muhofaza qilish chora-tadbirlari. 
Biosferadagi jarayonlar va insoniyat jamiyatida suv katta ahamiyatga ega. Suv - vodorod 
bilan kislorodnnng birikishidan hosil bo`lgan suyuq, rangsnz modda. Suv vazniga ko`ra 11,11% 


vodorod va 88,89% kislorod mavjud. Bu murakkab mineral tabiatda turli (gaz, suyuq va qattiq) 
hollarda mavjud bo`lib, modda va energiya aylanma harakatida katta rol’ o`ynaydi. Suvning uch 
xil agregat holatida bo`lishi Er sharining turli hududlarida ob-havo va iqlim sharoitlarining 
shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Suv resurslariga daryo, ko`l, suv omborlari, kanallar, 
botqoqlik, dengiz va okean, er ostidagi suvlar, tuproq namligi, qutb va tog’lardagi muzliklar, 
hattoki atmosferadagi bulutlar va namliklar ham kiradi. 
Er kurrasidagi suvlardan iborat bo`lgan qobiq gidrosfera deb ataladi. Unga sayyoramizdagi 
barcha suvlar—okean, dengiz, ko`l, daryo, muz, botqoqlik va 5 km gacha chuqurlikda bo`lgan er 
osti suvlari kiradi. Er yuzasidagi suv miqdorini 100% deb olsak, shuning 93,96% ini, sho`r okean 
va dengiz suvlari, 4,12% ini er osti suvlari, 1,65% ini muzliklardagi suvlar, 0,026% ni ko`l 
suvlari va chuchuk suv miqdori 84 million 827,2 ming km
3
ni tashkil etadi yoki butun 
gidrosferadagi umumiy suv miqdorining 6% i demakdir. Gidrosferadagi suv doimo harakatda 
bo`lib, bir holatdan ikkinchi holatga o`tib aylanib turadi. Suv — Yer sharidagi barcha 
organizmlarning hayoti uchun zarur bo`lgan muhim mineraldir. Suv kundalik hayotimizda 
foydalanib kelinayotgan boshqa tabiiy resurslardan farqlanib turadi. Chunki kishilik jamiyatida 
suvning o`rnini bosadigan boshqa hech qanaqa resurs yo`qdir. Bu esa suvning bebaho 
ekanligidan darak beradi. Biz bu o`rinda suvning haqiqatan ham bebaho ekanligini alohida 
ta`kidlamoqchimiz va ko`pgina kishilar uning bu xususiyatini ko`pincha tasavvur qilib 
ko`rmasalar ham kerak. Aks holda suvni ortiqcha sarflab uvol qilmagan bo`lar edilar yoki 
bo`lmasa suvning ifloslanishiga yo`l qo`ymagan bo`lar edilar.
Suvsiz hayot yo`q. Chunki o`simlik tanalarining 80-85 foizi, hayvon organizmlarining 60-
75 foizi, meduza tanasining 99,7 foizi suvdan iborat. Yangi tug’ilgan chaqaloq tanasining 70 
foizini, katta yoshdagi kishi organizmining 65 foizini suv tashkil etadi. 70 kilogramm 
og’irlikdagi o`rta yoshdagi kishining 45 kg.i suvdan iborat. Suv inson tanasining hamma 
a`zosida uchraydi, xatto suyakning 25 foizini ham suv tashkil etadi. Inson iste`mol qiladigan 
sabzavot tarkibida 78-90 foiz, sutda 89 foiz, go`shtda 50 foiz suv bor. 
Suv - yer yuzasidagi turli iqlimni vujudga keltirishda acociy omillardan biri, suv bug’lari 
esa alohida ahamiyatga egadir. Atmosfera suvlarisiz joyning ob-havosini tasavvur etib 
bo`lmaydi. Havoda suv bug’larining miqdori er yuzasi va yil fasllariga bog’liq: ekvator havosida 
suv bug’lari eng ko`p bo`lsa, qutbiy o`lkalarda eng kam bo`ladi. Yer yuzasidan yiliga 525100 
ming km
3
suv bug’lanib, atmosfera havosi namligining asosiy manbai hisoblanadi. 
Atmosferadagi namlik bulutlarni vujudga keltiradi. Ba`zi bulutlarda yuzlab tonna suv bo`ladi. Bu 
ulkan suv massalaridan iborat bo`lgan nam havo oqimlari Yer yuzasida bir erdan ikkinchisiga 
ko`chib joylarga namgarchilik keltiradi, joyning havo xaroratiga ta`sir ko`rsatadi. Okean va 
dengizlar yuzasidan bug’langan namlik kondisatsiya jarayonida suv tomchilariga aylanadi va 
bevosita okean va dengizlarga tushib, suvning kichik aylanma harakatini hosil kiladi. 
Atmosferaning xilma-xil yog’inlari quruqlik yuzasiga tushib tuproq namligiga, oqimga, 
ko`l va botqoqlikka, muzlikka aylanadi. Namlik yana bug’lanib, ba`zi erga singan va singmagan 
qismlari suv oqimini vujudga keltirib, dengiz va okeanlarga qayta tushib, Yer sharida suvning 
katta aylanma harakatini hosil etadi. Suvning aylanma harakati jarayonida okean suvining to`la 
almashinishi 3000 yil davom etadi.

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin