Sanoat tarmoqlarida qora metallurgiya, rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo,
tsellyuloza - qog’oz sanoati ayniqsa suvni ko`p ishlatadi.
Yer sharida chuchuk suvga bo`lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda, gidrosferaning
faqat 2 foizini tashkil
etuvchi chuchuk suv daryo, ko`l, aktiv suv almashinish zonasidagi er osti
suvlari, muzliklarda mujassamlashgan. Chuchuk suv resurslarining 24,0 mln.km
3
hozircha
insoniyat juda kam foydalanayotgan muzliklarga to`g’ri keladi. CHuchuk suvga bo`lgan talab
kundan-kunga ortib bormoqda. Shaharlarda 1 kishi sutkasiga 400-600 litr, qishloqlarda esa 100-
200 litr suv sarf qiladi (vodoprovod yo`q erlarda 30-50 litrga to`g’ri keladi).
A.M.Vladimirovning (1991) ma`lumoti bo`yicha turln qulayliklarga ega bo`lgan yirik
shaharlar
aholisining har bir kishisiga quyidagicha suv taqsim bo`ladi: Moskva va N`yu-York - 600 l/sutk.,
Parij va Sankt-Peterburgda – 500, Londonda 263 l/sut. Yer sharida aholini ko`payishi yangi
shaharlarni paydo bo`lishi oqibatida suvga bo`lgan talab ortib bormoqda. Masalan, 1950 yildan
to 1990 yilgacha suvga bo`lgan talab 3 barobar, 1950 yildan to 2000 yilgacha 7 barobar ortdi.
1970 yilda Yer shari bo`yicha suvga bo`lgan talab 120 km
3
ga etgan.
Daryo suvlari Yer sharida
bpr tekisda tarqalmagan. Dunyo aholisining 72 foizi yashaydigan Yevroosiyoda umumiy daryo
suvining 31 foiziga yaqini oqadi. Agar Evronada jon boshiga yiliga 4,4
ming m
3
, Osiyoda 6,24
ming m
3
, Afrikada 13,1 ming m
3
suv to`g’ri kelsa, Janubiy Amerikada 51,5 ming m
3
to`g’ri
keladi. Er kurrasi bo`yicha har bir kishiga yiliga o`rtacha 11 ming m
3
daryo suvi to`g’ri kelsa,
maishiy xo`jalik ehtiyojlari uchun bir yilda ishlatiladigan suvning (234000 km
3
) 20 foizi
butunlay sarflanib ketadi, qolgan 80 foizi ifloslangan yoki yarim
tozalangan holda daryolarga,
kanal va ariqlarga tashlanadi va chuchuk suvni ifloslab yuboradi. Toshkent shahrida jon boshiga
sutkada maishiy xo`jaliklar uchun 300 kub
litrgacha suv sarflansa, bir yilda 0,2 kub km dan ortiq
suv kerak bo`ladi. Bu Chirchiq daryosining yillik suv miqdorining fakatgina 3 foizini
tashkil
etadi (Chirchiq daryosining yillik suv miqdori 6,9 kub. km).
O`rta Osiyoda Amudaryo va Sirdaryo suv havzalari asosiy suv manbalari hisoblanib, ular
ekinlarni sug’oradi va aholining ehtiyoji uchun sarflanadi. O`zbekistonda Amudaryo va
Sirdaryodan tashqari yana Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Chirchiq, Ohangaron kabi
daryo suvlaridan foydalaniladi (Amudaryoning tog’lik hududi suv yig’ish havzasi - 227,0 ming
km
2
, suv sig’imi 78 km
3
, uzunligi 1440; Sirdaryoning suv yig’ish havzasi 150 km
2
, suv sig’imi
36 km
3
, uzunligi 2140 km).
Suvdan xo`jaliklarda foydalanish ikki guruhga bo`linadi:
1) tabiiy manbalardan suv olib foydalanish yoki suv iste`mol qilish. Bunga aholini,
maishiy-kommunal xo`jaligini, sanoatni va qishloq xo`jaligini suv bilan ta`minlash kiradi; 2)
tabiiy manbalardan suv olmasdan foydalanish yoki oqimdan foydalanish.
Bunga kema qatnovi,
gidroenergiya olish, baliqchilikda foydalanish va yog’och oqizish kiradi.
Hozir O`zbekistonda turli sohalar uchun yiliga 75 km
3
suv sarflanmoqda. SHuning
yarmidan ko`pi sug’orishga, qolgan qismi sanoat, kommunal xo`jalikda va boshqa sohalarda
ishlatiladi. Sug’orishga olingan suvning faqat 12 km
3
qaytarma suvga aylanadi, qolgan
qismi
butunlay sarflanib ketadi. O`zbekiston Respublikasida olingan chuchuk suvning 92 foizi qishloq
xo`jaligida, 6 foizi sanoatda, 0,5 foizi kommunal xo`jaligida, 1,5 foizi bug’lanib ketadi.
Turkmanistonda esa olingan chuchuk suvning 72 foizi qishloq xo`jaligida, 2 foizi sanoatda, 0,5
foizi kommunal xo`jaligida sarflansa, 25,5 foizi bug’lanib ketadi.
Dostları ilə paylaş: