A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   116
ekologiya.maruza

 
SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR 
1.
Yerdan foydalanuvchilarga qanday majburiyat yuklanadi? 
2.
Yer sharida quruqlikning inson foydalanadigan qismi qancha? Yer fondi nima? 
3.
O`zbekistonda yer fondining qancha gektari dehqonchilikda qanday foydalaniladi? 
4.
O`zbekistonda sug’oriladigan erlarning necha foizi sho`rlangan? 
5.
Insonni tuproq qoplamiga ijobiy va salbiy ta`siriga misollar keltiring. Suv eroziyasi 
necha xil bo`ladi? O`zbekistonda ko`chma qumlar qaerlarda uchraydi? 
Eroziyaga qarshi kurashish tadbirlar guruhi nimalardan iborat? Tuproq boniteti nima? 
 
10 – MAVZU. O'SIMLIKLAR VA HAYVONLAR, ULARNI TABIATDAGI VA ODAM 
HAYOTIDAGI AHAMIYATI. O'SIMLIKLAR VA HAYVONLARINI MUHOFAZA 
QILISH 
Qo`riqxonalar. Buyurtmaxonalar. Milliy bog’lar. Tabiiy yodgorliklar.
”Jayron” ekomarkazi. 
O`simliklar dunyosi Yerdagi hayotning birlamchi manbai hisoblanadi. Ular yiliga 380 
mlrd. tonna organik modda hosil qiladi, buning 325 mlrd. tonnasi dengie va okean 
o`simliklariga, 38 mlrd. tonnasi o`rmonlarga, 6 mlrd. tonnasi o`tloqlarga to`g’ri keladi. Bundan 
tashqari o`simliklar tabiatda eng muhim jarayonni — fotosintezni o`tab, barcha tirik 
organizmlarning nafas oli-shi uchun zarur bo`lgan kislorodni yetkazib beradi. Fotosintez 
natijasida Yer sharidagi suv 5,8 mln. yilda, atmosferadagi kislorod 5800 yilda, karbonat angidrid 
(SO
2
) 7 yilda bir marta yangilanib turadi. Insonning kundalik hayotida o`simliklarning ahamiyati 
juda katta. Shuningdek, o`simliklar muhim tabiiy geografik omil sifatida Yer yuzidagi suv 
oqimiga, bug’lanishga, tuproqda nam saqlanishida, atmosferaning pastki qismidagi havo 
oqimiga, shamolning kuchi va yo`nalishiga, hayvonlarning hayotiga katta ta`sir etadi. 
O`simliklar shahar va qishloqlarning mikroiqlimiga ham ta`sir etib, havoni tozalab turadi 
va havoda kislorod miqdorining doimo yetarli darajada mavjud bo`lib turishini ta`minlaydi. 
O`simliklar jamiyat uchun behisob oziq-ovqat, xom ashyo, dori-darmon, qurilish materiali va 
boshqa sohalarning asosiy manbaidir. O`simliklar har xil kiyim bosh, ichimliklar tayyorash 
uchun, shuningdek chorva mollari uchun asosiy ozuqa manbai bo`lib ham hisoblanadi, 
insonlarga zavq-shavq beradigan estetik lazzat sifatida ham ahamiyatlidnr. Yer sharida mavjud 
bo`lgan 500 ming o`simlik turining 6000 turidan inson kundalik hayotida foydalanadi. Shundan 
1500 turi dorivor o`simlik sifatida ahamiyatga ega. 
O`zbekistonda 4148 tur o`simlik mavjud bo`lib, shundan 577 tasi dorivor o`simliklar, 103 
turi bo`yoqdor o`simliklar, 560 turi efir moyli o`simliklar hisoblanadi. O`zbekistonning cho`l, 
adir, tog’ va yaylovlarida, to`qayzor va o`tloqzorlarida, vohalarda o`stirilayotgan madaniy 
o`simliklar holatini yaxshilash, ulardan unumli foydalanish va ularni himoya qilish kabi 
masalalar hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bu ishlarni amalga oshirish, bir 
tomondan, tegishli tashkilotlar zimmasiga yuklanishi talab etilsa, ikkinchi tomondan, respublika 
aholisining umumiy bilimini oshirishni, jumladan ularga ekologik ta`lim va tarbiya berishni talab 


etadi. Korxona va muassasalar rahbarlari ham bu masalaga bo`lgan munosabatini va 
mas`uliyatini oshirishlari zarur.
Ma`lumki, O`zbekiston er maydonining 5% ini yoki 2,37 mln. gektarini o`rmonlar tashkil 
etadi. Bunday o`rmonlarning bir qismi respublikaning tekislik qismida, qolgan qismi tog’li 
rayonlarida joylashgan. Respublikamizda sanoat uchun xom ashyo hisoblangan o`simliklardan, 
shuningdek mevali o`simliklardan tartibsiz foydalanish natijasida ularning turlari kamayib, 
noyob o`simliklarga aylanib bormoqda. Masalan, shuvoq, cherkez, isiriq, itsiyg’oq, quyonsuyak
etmak, shovul, yorongul, anzur piyozi, yovvoyi anjir, yong’oq, omonqora, marmarak,. zira, 
sumbul, bodom, tog’ piyozi, shirach, sug’ur o`ti, astragal, chinnigul, lolalar, kampirsoch va 
boshqa juda ko`p o`simliklarning kamayib borayotganligining guvohi bo`lmoqdamiz. Ayniqsa 
bunday kamayib, noyob bo`lib qolgan o`simliklarni maxsus muhofazaga olish talab etilmoqda. 
SHunga ko`ra hozir bunday o`simliklarning 400 dan ortiq turini O`zbekiston «Qizil kitob»iga 
kiritish zarurati tug’ildi. O`zbekiston o`simliklari va hayvonlarining ayrimlarini saqlab qolish 
uchun maxsus qo`riqxonalar va buyurtma maydonlar ham ajratilganki, bular haqida keyinroq 
birmuncha batafsil to`xtalamiz. Demak, o`simliklarni muhofaza qilish asosan yuqorida bayon 
etilganlardan iboratdir. Shuni alohida ta`kidlash zarurki, yo`qolib borayotgan o`simliklarni 
yig’ish, sindirish, payhon qilish, ulardan guldasta va gerbariylar tayyorlash kabi hollar mutlaqo 
man qilinadi. Shunday harakatga yo`l qo`yganlar esa qonun yo`li bilan jazolanadilar. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin