Bobotog’, Turkiston va Janubiy-g’arbiy Tyanshan tog’lari joylashgan hududlarga to`g’ri keladi.
SHuning 66,6%i yoki 11103 mln. gektar yer faqat Qoraqalpog’iston Respublikasiga to`g’ri
keladi.
Shunday qilib Respublika qishloq xo`jaligi egallagan 15% er maydon, 95% dan ortiq
o`simlik mahsulotini beradi.Hozirgi vaqtda er resurslarini holati faqat iqtisodga ta`sir etmasdan,
u ekologik sharoitga ham o`z ta`sirini ko`rsatmoqda.
Yer resursi tabiatni asosiy boyligi - birligigina bo`lib qolmasdan, u davlatning iqtisodiy
o`sishiga ham ta`sir ko`rsatadi. Keyingi 35-40 yillar ichida sug’oriladigan er maydoni 1,5
barobarga kengaytirildi. Ayniqsa, 1970-1985 yillarda sug’oriladigan erlar 2,8 dan to 4,0 mln.
gektarga yoki 43% ga ortdi. Yangi sug’oriladigan yerlar asosan Qashqadaryo-Surxondaryo,
Samarqand-Jizzax, Qoraqalpog’iston-Xorazm regionlariga to`g’ri keladi.
Professorlar e.Nabiev va A.Qayumovlarning hisobicha (2000 yil) Respublikada
haydaladigan va sug’oriladigan erlarning aholi jon boshiga hisoblangan ko`rsatkichlari yildan-
yilga kamaymoqda. 1987-1997 yillarda aholi jon boshiga to`g’ri keluvchi erlarning hajmi
16,5%ga, sug’oriladigan erlarning hajmi esa 9,0%ga qisqardi. Erning chirindi tarkibi yildan-
yilga yomonlashmoqda (chirindi salmog’i 30-50%ga kamaydi). Bugungi kunda chirindi bilan
ta`minlanganlik darajasi past bo`lgan tuproqlar sug’oriladigan erlarning salkam 40%ini
egallaydi. Yangi erlarni ochilishi va o`zlashtirilishi u yerlarning sifatiga va meliorativ holatiga
ta`sir ko`rsatadi. Sug’oriladigan erlarning eng manfiy tomoni bu - sho`rlanishdir.
Insonning ta`siri ayniqsa sug’oriladigan yerlarga kuchli bo`lib hisoblanadi. Inson
dehqonchilik faoliyatida erga nisbatan to`g’ri munosabatda bo`lsa, tuproqning holati va biologik
xususiyati yaxshilanadi, hosildorlik ortadi. Aks holda buning teskarisi yuz beradi. Ko`pincha biz
insonning tuproqqa nisbatan ijobiy ta`siri emas, balki salbiy ta`sirining guvohi bo`lamiz.
Natijada tuproq holati buziladi, ya`ni u sho`rlanadi, eroziyaga uchraydi, tuproq tuzilishi, sifati
buziladi, o`t bosadi va boshqa salbiy hollar yuz beradi. Masalan, O`zbekistonning tog’ va tog’
oldi rayonlaridagi tuproqlarning 50% i eroziyaga uchragan; sug’oriladigan zonada esa 600 ming
gektar yer suv va shamol eroziyasiga uchragan, 1,3 mln. gektar er sho`rlangandir, ya`ni bu
respublikadagi sug’oriladigan yerlarning deyarli 50% i yaroqsiz holga kelgan demakdir.
SHunday ekan, tuproqni muhofaza qilish ham dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu sohada
birinchi navbatdagi vazifa tuproq eroziyasining oldini olish va tuproqning sho`rini yuvishdan
iboratdir. Buning uchun qator tadbirlar, chunonchi, tashkiliy xo`jalik tadbirlarini, agrotexnik
tadbirlarni, gidrotexnik, irrigatsiya, o`rmon meliorativ tadbirlarni, tuproqning ifloslanishini
oldini olish va boshqalarni amalga oshirish zarur. Masalan, shamol eroziyasiga qarshi kurashda
ihotazorlar tashkil etish va daraxtlar ekish, almashlab ekishni to`g’ri yo`lga qo`yish, tuproqni
agrotexnika talablari darajasida chuqur haydash, tuproqqa tabiiy o`g’itlar berish, ko`chma
qumlarni mustahkamlash, tuproqning qayta sho`rlanishiga yo`l qo`ymaslik (zovur, drenajlar
tashkil etish orqali) sho`rlangan erlarni muntazam ravishda yuvib turish, sug’orish me`yoriga
amal qilish, sug’orish madaniyatini ko`tarish va boshqa qator ilg’or usullarni ishlab chiqish va
uni hayotga tatbiq etish zarur.
Dostları ilə paylaş: