Shaharlar havosini ifloslanishi. Insonning xo`jalik faoliyati tufayli atmosfera havosi
tarkibida gaz, chang, qurum, qattiq zarrachalar shaharlarda qishloq tumanlariga nisbatan ko`p.
eramizning I asridayoq Rim faylasufi Seneka yozadi: "Rimni achchiq, sassiq havosini tark
etishim bilan o`zimda engil ruhiy tetiklik his etaman". Haqiqatdan ham er yuzasining qaeriga
joylashmasin shahar havosi og’ir. Keyingi vaqtda har tomonlama taraqqiyot jarayoni, insoniyat
o`ziga turli qulayliklarni (komfort) ta`minlash oqibatida atrofida tabiat noqulayliklarini keltirib
chiqardi. Er yuzida urbanizatsiya jarayoni juda tezlik bilan o`sib borishi oqibatida yangi-yangi
shaharlar paydo bo`lmoqda. Dunyodagi shaharlarning umumiy maydoni 0,5 mln.km kv ni, er
kurrasi maydonining 0-3%ni tashkil etadi. Dunyo aholisining 45% aholisi 100 mingdan ortiq
bo`lgan shaharlarda yashaydi. Shahar aholisi Shimoliy Amerikada butun aholining 74%ni,
Yevropada 69%ni, Buyuk Britaniyada 80%ni tashkil etadi. O`zbekiston Respublikasi egallagan
maydon O`rta Osiyoni 1/3 qismini, butun aholisini 60%ni va shahar aholisining 62%
O`zbekistonda mujassamlashgan. O`zbekiston Respublikasining aksariyati qishloq joylarida
istiqomat qiladiki, shahar aholisi 41.9% ni tashkil etadi. Bu Rossiyaga nisbatan 37,7%,
estoniyaga nisbatan 30% kamdir.
Yer yuzida aholi zich joylashgan, sanoat va transport rivojlangan yirik shaharlar ko`p.
Shahar, qishloq va suv havzalarn havosidagi changlar er yuzasining rel’f xususiyati, tuzilishi,
balandligi, xatto uning geografik o`rniga qarab turli miqdorda uchraydi. Keyingi yuz yil ichida
dunyodagi yirik shaharlar meterologik stantsiyalar, teleminoralarda, baland uylar tomida
kundalik kuzatishlar va sun`iy yo`ldoshlardan olingan maxsus fotoaxborotlar asosida kuzatiladi.
Ma`lum bo`lishicha, katta-kichik shaharlarda havo haroratini atrofga qaraganda baland
bo`lishligi va o`ziga xos "issiklik" oroli vujudga kelganligi hamda shahar ustida (300-500 metr
qalinlikda) harorat invertsiyasi kuzatiladi.
Radiatsiya balansi shahar ustidagi ifloslangan havoda shahar atrofiga qaraganda ancha farq
qiladi. Masalan, Markaziy Yevropaning bir necha shaharlarida quyosh radiatsiyasining shaharga
tushishi shahar atrofiga qaraganda 29-36% kam. SHahar havosi tarkibidagi har xil zaharli gazlar,
ayniqsa antropogen changlar transportlardan, sanoatdan, isitish inshootlaridan, qurilishlardan
chiqadi. SHaharlarda havo aylanishining (tsirkulyatsiya) sustligi tufayli diametri 4-10 mikron
changlar 1 km balandlikkachi ko`tarilib, radiusi 10 km bo`lgan maydonga tarqaladi. Diametri
kattaroq (10 mikrondan katta) bo`lgan changlar uncha yuqoriga ko`tarilmay atrofga yoyilib, 300-
500 metr balandliklarda uchib yuradi va so`ngra shaharga chang, qurum sifatida qaytib tushadi.
Shahar havosining ifloslanib, chang miqdorining ko`payishp ul’trabinafsha nurlarning o`tishini
kamaytiradi, bu esa havoda kasal tarqatuvchi bakteriyalarning ko`payishiga sharoit yaratadi.
Sanoatlashgan katta shaharlarda ba`zan shamol esmasligi oqibatida iflos havoning bir
necha kun turib qolishi natijasida "smog", ya`ni zaharli gaz va changlardan vujudga kelgan
achchiq tuman vujudga keladi. Nam dengiz iqlimi mavjud bo`lgan London shahri ustida
iqlimning namligi tufayli atmosferadagi antropogen chang va gazlar kimyoviy reaktsiyaga
kirishib, o`ta zaharlashadi va sarg’ish achchiq tuman (smog) vujudga keladi. Kam bulutli,
shamol kam, ochiq va quruq ob-havo hukm surgan Los-Anjeles shahrida achchiq yoki
fotokimyoviy achchiq tuman hosil bo`ladi. Chunki, havo ochiq va shamol kam bo`lganligi
sababli zaharli gaz, tutun va changlar quyosh nuri ta`sirida fotoqimyoviy reaktsiyaga kirishadi,
natijada achchiq Los-Anjeles tipli tuman vujudga keladi. SHaharda yiliga achchiq tutun (smog)li
kunlar 100 dan 270 kungacha bo`lib, kishilar salomatligiga juda yomon ta`sir etadi.
O`zbekiston Respublikasining katta shaharlarnda havonnng tozaligi doimo kuzatib turiladi.
Lekin shaharlar havosini toza saqlash ustidan nazorat inspektsiyalarining amalga oshirayotgan
ishlariga qaramay, ba`zi korxonalarda tozalovchi inshootlarning yo`qligi tufayli atmosferaga
chang, qurum va zaharli gazlarni chiqarib yuborish holati ro`y bermoqda.