Biotsenozlarda populyatsiyalar sonining idora etilishi. Populyatsiyalar soninint
o`zgarishi avvalo o`z-o`zini idora etish jarayoni hisoblanib, ikki xil, ya`ni modifikatsion va
regulyatsion boshqaruvchilarga ajratiladi. Har qanday populyatsiya ma`lum sharoitda o`rtacha
darajadagi individlar soniga ega bo`ladi. Populyatsiyalar sonining modifikatsion o`zgarishi
tasodifiy hodisa bo`lib, populyatsiyaning zichligi bilan bog’liq bo`lmagan turli omillar ta`sirida
sodir bo`ladi. Populyatsiyalar sonini modifikatsiyalovchi omillarga barcha abiotik omillar,
organizmlarning o`zaro ta`siri, ozuqaning miqdori va sifati, dushmanlarning faolligi va boshqalar
kiradi. Regulyatsion o`zgarishlar populyatsiyaning dastlabki holatiga qaytishi hisoblanib,
regulyatsiyalovchi omillar faqat populyatsiya sonini o`zgartirib qolmay, uning tebranishlarini
ham kamaytiradi. Regulyatsiyalovchi kuchlar sifatida organizmlar o`rtasidagi, turlar ichidagi va
turlararo munosabatlar katta rol’ o`ynaydi. Tabiiy sharoitda populyatsiyalar sonining o`zgarishi
o`z-o`zidan idora etiladigan jarayondir. Inson tomonidan qulay ravishda hosil qilingan
jamoalarda boshqaruvchi bog’lanishlar kuchsiz bo`lganligi uchun biotsenozda ayrim turlarning
haddan tashqari ko`payib ketish xavfi kuzatiladi.
Organizmlar sonining o`zgarishini aniqlashda o`zgartiruvchi va boshqaruvchi omillar
katta amaliy ahamiyatga ega. Populyatsiyalar soni o`zgarishining uch asosiy turi ma`lum.
Ularning birinchisi barqaror tur hisoblanib, populyatsiyalar soni biotsenozda uncha o`zgarmaydi,
ya`ni populyatsiyaning gomeostazi holati yuz beradi: bunga yuqori yashovchanlik ko`rsatkichi
va boshqa xususiyatlar sabab bo`ladi. Ikkinchisi fluktuatsion tur deb ataladi va bunda ma`lum
oraliqlarda populyatsiyalar soni o`zgarishga uchraydi. Fluktuatsion turda bir necha davr fazalar
ajratiladi. Uchinchi tur portlovchi tur, deyiladi. Bunda populyatsiya to`satdan son jihatidan
ko`payib ketadi, uning barqoror holatga kelishi ham sekin boradi va bir necha bosqichlarni
o`taydi.
Populyatsiyalarning o`zgarish mexanizmi o`rmon jamoalaridagi hasharotlarda yaxshi
o`rganilgan. Hasharotlar deyarli daraxtlarning barcha qismlari bilan oziqlanadi, lekin
o`simliklarga xavf tug’dirmaydi. Ba`zi turlar o`troq hayot kechirgani uchun ularni tekinxo`r
ancha zararlab turadi. Populyatsiya soni o`zgarishining ikkinchi tur ko`rinishda borishi
ko`pchilik ksilofag (po`stloqxo`r va yog’ochxo`r) lar uchun xarakterlidir. Mo`ylovdor
qo`ng’izlar va po`stloqxo`rlarning daraxtlarga birgalikda tushishi va yashashi xarakterlidir. Bu
esa o`z navbatida ular o`rtasidagi raqobatni kuchaytiradi, natijada populyatsiyalar son jihatidan
o`z-o`zidan boshqarilishga olib keladi. Portlash yo`li bilan yalpi ko`payish o`rmondagi ayrnm
hasharot turlari uchun hosdir. Zararkunandalarnnng son jihatdan o`zgarishiga ta`sir etuvchi
omillarni aniqlash ularga nisbatan u yoki bu kurash choralarini qo`llash muddati va kurash
me`yorini aniqlash kabi imkoniyatlarni beradi. Har qanday holatda ham populyatsiyaning
o`ztarish mexanizmini aniqlashda har bir turning ekologik xususiyatlari, tur atrofidagi biotik
sharoitlar va o`zgartuvchi (modifikatsiyalovchi) omillarning ta`sir etish xarakteri haqida to`liq
ma`lumotga ega bo`lish kerak.