A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116
ekologiya.maruza

 a) Latent davri.
Bunda o`simlik spora, urug’ yoki mevalar holida tinim davrida uchraydi. Tinim 
davri har xil o`simliklarda turlicha davom etadi. Masalan, terakning urug’i hayotchanligini 3—4 
kundan to 3 haftagacha saqlay oladi, ba`zi bir begona o`t o`simliklar zsa urug’ining 
hayotchanligini bir necha o`n yillab saqlay oladi. Tuproqda turli o`simliklarning ko`p sondagi 
urug’larini topish mumkin. Ular qulay sharoit vujudga kelganda unib chiqish xususiyatlariga 
egadir. SHu bilan birga har yili yangi urug’lar tuproqqa tushib turadi. 
b) Virgil davri
. Bu davr o`z navbatida nihol, yosh o`simlik va voyaga etgan holatlarda 
ko`rinib, nihollar yosh o`simliklardan urug’, palla barglarining bo`lishi bilan farqlanadi. 
v) Generativ 
davr.
O`simlik hayotida sporalar yoki urug’lar bilan ko`payishning boshlanishi 
bilan tavsiflanadi. 
g) Senil (qarilik) davri
. O`simlikning yoshi ulg’ayishi bilan generativ ko`payish xususiyatini 
yo`qotadi, ana shunda senil davri boshlanadi. 
Populyatsiya tarkibida o`simlikning har xil davrlari uchratilib shu turning jamoadan 
turg’un saqlanib qolish holatini belgilaydi va uning normal hayot kechirayotganidan dalolat 
beradi. T. A. Rabotnov ma`lumotlariga ko`ra invazion, normal va regressiv turlardagi 
populyatsiyalar ajratiladi. Invazion tipdagi populyatsiya deyilganda o`simliklar jamoasiga 
endigina kirib kelayotgan populyatsiyalar tushunilib, uni nihollar, yosh o`simlik hamda voyaga 
etgan holda uchratish mumkin. Bunday populyatsiyaning urug’lari fitotsenozga tashqaridan kelib 
qolib, jamoada eng muhim o`rinni egallash yoki mutlaqo yashay olmasligi ham mumkin. 
Regressiv turdagi populyatsiya generativ ko`payish xususiyatini yo`qotgan populyatsiyadir. Ular 
odatda gullamaydilar yoki gullasa ham ularning urug’lari unuvchanligini yo`qotgan. Ana shu 
holat populyatsiyaning fitotsenozda o`lib, yo`qolib, chirib ketayotganidan dalolat beradi. 
Normal turdagi o`simliklar populyatsiyasi jamoada taraqqiyot davrining barcha 
bosqichlarini to`liq o`tkazuvchi o`simliklardir. Ular spora yoki urug’lardan tortib to voyaga 
etgan o`simliklar ko`rinishida uchraydi. Tsenotik nuqtai nazardan ular o`simliklar jamoasining 
asosiy populyatsiyasi hisoblanadi. 
Populyatsiyaning yosh tuzilmasi o`simlik va hayvonlarda ham bir necha omillarga 
bog’liq. Birinchi navbatda balog’atga, voyaga etish vaqti, umr ko`rish muddati, ko`payish davri 
muddati, avlodlarning davomiyligi, ota-onasidan bir vaqtda tug’iladigan individlarning 
bunyodga kelish muddati, har xil jins va yoshdagi individlarning nobud bo`lish xarakteri, 
populyatsiyaning son jihatdan o`zgarib turish dinamikasi kabilarga bog’liq. Ikkinchidan, 
yuqoridagi omillarning tur ichidagi har xil populyatsiyalarda turlicha ko`rinishda namoyon 
bo`lishidir. Bunda populyatsiyaning yosh tuzilmasi beqarorligi bilan tavsiflanadi. O`simlik va 
hayvonlarda populyatsiyaning yosh tuzilmasiga juda ko`p misollar keltirish mumkin. Ammo biz 
populyatsiyaning yosh tuzilmasini yaxshiroq tasavvur qilish uchun odamlardagi yosh davrlariga 
oid ma`lumotlar bilan cheklanamiz. 
Odamlarning tug’ilgan kunidan boshlab to karishigacha bo`lgan yosh davrlari: 
1.
Yangi tug’ilgan bola 
1—10 kungacha 
2.
Emizikli davridagi bola 
10 kundan bir yilgacha 


3.
Go`daklik 
1—3 yosh 
4.
Ilk bolalik 
4—7 yosh 
5.
Bolalik 8—12 yosh (o`g’il bolalar)
8—11 yosh (qiz bolalar) 
6. O`smirlik (o`spirinlik) 
13—16 yosh (o`g’il bolalar), 12—15 yosh (qiz bolalar) 
7. Yoshlik
17—21 yosh (o`spirin), 16—20 yosh (qizlar) 
8. Voyaga etilishning birinchi 
22—35 yosh (erkaklar), 21—35 davri yosh (ayollar) 
9. Voyaga etilishning ikkinchi
36—60 yosh (erkaklar), 36—55 davri 
yosh (ayollar) 
10. Yoshi qaytgan (keksaygan) 61—74 yosh (erkaklar), 56—74 davr yosh (ayollar) 
11 . Qarilik 
75—90 yosh (erkaklar, ayollar) 
12. Uzoq umr ko`rish
(uzoq 90 yoshdan yuqorisi yashash) 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin