A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   116
ekologiya.maruza

fitontsidlar 
deb ataladi. Antibiotik 
moddalar o`rgimchakning iplarida, baliqlar ikrasining qobiqlarida ko`p bo`ladi. Neytral ikki 
organizmning birgalikda yashashidan ularning har biri na foyda yoki na zarar ko`radi. Masalan, 
o`rmonda yashovchi quyonlar bilan loslarning bir-birlariga hech qanday foydali yoki zararli 
tomonlarn yo`q raqobat ozuqa, yashash joyi yaqin bo`lgan turlar o`rtasidagi munosabatdir. 
Bunday munosabatlar har ikki turning zarar ko`rishiga olib keladi. Raqobat turlar ichida va 
turlararo bo`lishi mumkin. Tur ichiagi kurash kuchli bo`lib, uning asosida tabiiy tanlash va tur 
hosil bo`lish kabi jarayonlar yotadi. 
Antropogen omillar. 
Antropogen omillar hozirgi vaqtda tabiatdagi enr kuchli omillardan 
biri bo`lib hisoblanadi. Inson tirik organizmlarga to`g’ridan-to`g’ri ta`sir etib yoka yashash 
sharoitini o`zgartirib uning tarqalishiga yoki qirilib yo`q bo`lishiga sababchi bo`lishi mumkin. 
Inson kamida 70 million yil davomida tarkib topgan tirik dunyo manzarasini bir necha o`n yilda 
o`zgartirib yubordi. Uning tirik organizmlarga salbiy ta`siri natijasida Er yuzida ko`plab o`simlik 
va hayvon turlari yo`qolib ketdi. Ovchilik bilan shug’ullanish dastlab ozuqaga bo`lgan talabni 
qondirish maqsadida olib borilgan bo`lsa, keyinchalik kiyim kechak va har xil qimmatli 
materiallar olish uchun avj olib ketdi. Bu o`a navbatida ko`pchilik hayvonlarni yo`q qilib 
yubordi. Masalan, dengiz sigiri 26 yil davomida butunlay qirilib ketdi. Bunday misollarni juda 
ko`plab keltirish mumkin. 
Ahvolning keskinlashganligi hisobga olingan holda tabiatni muhofaza qilish birlashmasi 
tomonidan «Qizil kitob» chop etildi. Unga yo`qolish arafasidagi yoki noyob turlar kiritilgan. 
Masalan, respublikamizda yovvoyi hayvonlarning 99, parrandalarning 410, baliqlarning 79 turi 
mavjud bo`lib, ulardan 32 hayvon, 31 parranda, 5 baliq turi O`zbekiston Respublikasi «Qizil 
kitob»iga kiritilgan. (Uning birinchi nashrida 163 tur o`simlik noyob va yo`qolib borayotgan 
turlar sifatida ko`rsatilgan bo`lsa, keyingi tayyorlanayotgan nashriga 400 tur o`simlik kiritilishi 
ko`zda tutilgan. «Qizil kitob»larning maqsadi xavf xatar ostida qolgan ko`pchilik o`simlik va 
hayvon turlarini saqlab qolishdan iboratdir. 
Qo`riqxona va milliy bog’larda o`simlik va hayvonlarni muhofaza qilish natijasida ham 
bir qancha turlarning yo`qolish xavfi bartaraf etildi. Insonning ongli yoki ongsiz ravishda 
o`simlik va hayvon turlarini Er sharining bir joyidan ikkinchi joyiga olib borishi ba`zan flora va 
fauna tarkibini birmuncha o`zgartirib yubordi. Inson ta`siri natijasida uyda yashovchi hayvonlar, 
uy sichqonlari, kalamushlar, pashshalar, suvaraklar, o`simliklardan qoqio`t, gumay, machin, 
ituzum, jag’-jag’, oq sho`ra va boshqalar juda keng tarqalgan. 
Inson tomonidan o`simlik va hayvonlarning yashash sharoitlari o`zgartirildi. Natijada 
muayyan joyda yashayotgan o`simlik va hayvonlar jamoalari yo`q bo`lib yoki ularning sharoiti 
keskin o`zgarib ketdi. Masalan, tog’ o`rmonlarida daraxtlarni kesib tashlash, shubhasiz ularning 
ostida yashayotgan soyasevar o`simliklarni yashash imkonidan mahrum qildi. Bundan tashqari 
hayoti daraxtlar bilan bog’langan (oziqlanuvchi, uya qurgan) qushlarning yo`qolishiga ham olib 
keldi. Xuddi shuningdek yashash sharoitlarining keskin o`zgarishi (erlarni haydash, foydali 
qazilmalarni kovlab olish, chiqindilarni tashlab qo`yish, o`tloqzorlarni o`rib tashlash, u erlarda 
uy hayvonlarini surunkasiga boqish kabilar) ushbu hududlar organik dunyosining tarkibini 


o`zgartirib, ba`zi turlar uchun qulay sharoit vujudga keltirsa, ikkinchi bir turlar uchun yashash 
imkoniyatidan mahrum bo`lishga olib keldi. Biz hozirgi vaqtda inson tomonidan keskin 
o`zgartirib yuborilgan sayyorada yashamoqdamiz. Yildan-yilga tabiiy holdagi landshaftlar va 
jamoalar egallagan maydonlar qisqarib ketmoqda va ularning o`rnini inson ta`siridagi 
landshaftlar va jamoalar egallamoqda. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin