A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   116
ekologiya.maruza

Fazoviy tuzilmasi.
Populyatsiyaning fazoviy tuzilmasi populyatsiya maydoni (areali)dagi 
ayrim individlar va guruhchalarning tarqalish xarakterini ifodalaydi. Odatda tur ichida va ayrim 
populyatsiyalar ichida individlar bir tekis tarqalmaydi, chunki yashash sharoiti, ya`ni ozuqa 
resurslari, boshpana kabilar notekis taqsimlangandir. Bundan tashqari populyatsiyani tashkil 
etuvchi organizmlarning biologik xususiyatlari, harakatchanligi va agregirlik darajasi kabilar 
muhim rol’ o`ynaydi. Har qanday populyatsiyadagi individlarning ma`lum darajada bir joydan 
ikkinchi joyga ko`chib yurishi kuzatiladi. Ba`zi individlar tug’ilgan joyida umrining oxirigacha 
yashab qoladi, ikkinchi bir populyatsiyaning individlari uzoq masofalarga ko`chib ketadi. 
Individlarning hayot davomida ko`chib yurish ko`rsatkichi sifatida individual faollik 
radiusi, qo`shnichilik darajasi kabilardan foydalaniladi. ekologlar tomonidan tabiatda 
hayvonlarning tarqalishini kuzatish natijasida fanga o`rtacha masofada tarqalish tushunchasi 
kiritilgan. U nishonlangan barcha individlarning o`rtacha uchrash masofalarining arifmetik 
qiymati hisoblanadi. Individlar va guruhlar topografik usullarda ifodalanishi mumkin. 
Individlarning uch turdagi tarqalish usuli ma`lum: diffuzion, orolchali, lentasimon. Uchala 
turning o`zaro aralash holatlaridan doiraviy hamda dona-dona shakldagi turlar kelib chiqadi. 
Ko`pchilik turlarning topografik tarqalish usuli ularning hayoti davomida o`zgarib turadi. 
Hayvonlar populyatsiyasining etologik (xulqiy) xatti harakat tuzilmasi. e
tologiya 
(grekcha «ethos»— xarakter) hayvonlarning xatti-harakatlari (xulqi)ning biologik asoslari 
haqidagi fandir. U ekologiya fani bilan chambarchas bog’langan. etologiya fanining natijalaridan 
qishloq xo`jaligi, hayvonot olamini muhofaza qilish vazifalarini hal etishda foydalanish mumkin. 
Hayvonlarning xulqi ularning hayot kechirish tarzi bilan bog’liq. odatda hayvonlar yolg’iz va 
birgalikda hayot kechiradilar. Hayvonlarning birgalikda yashashining bir necha shakllari 
ma`lum. Tabiatda hayoti davomida butunlay yolg’iz hayot kechiruvchi organizmni uchratib 
bo`lmaydi. Yolg’iz hayot kechirish nisbiy ma`noda tushuniladi. 
Individlarning jinsiy moyilligi va ota-onalar bilan yangi avlod o`rtasidagi bog’lanishlar, 
hududiy umumiylik, nasl uchun qayg’urish natijasida oila deb atalgan hayvonlarning birgalikda 
yashash shakli kelib chiqadi. Ota-onalar jufti qisqa yoki uzoq vaqtgacha, ba`zi turlarda esa 
umrining oxirigacha birga bo`lishi mumkin. Hayvonlarda o`z juftini topish o`ziga xos murakkab 
ko`rinishlarda o`tadi. Bu narsa o`rgimchaksimonlarda erkaklarining har xil harakatlar orqali 
urg’ochisiga yaqinlashishi, qushlar va sutemizuvchilarda «ko`nglini ovlash», hatto erkaklari 
o`rtasidagi o`zaro kuchli kurash yo`llari orqali boradi. 
Hayvonlarning ancha yirik birlashmalari podalar, galalar va koloniyalar hisoblanib, 
ularning shakllanishida populyatsiyalardagi xulqiy munosabatlar yanada murakkablashadi. 
Koloniyalar o`troq hayot kechiruvchi, «hayvonlarning birgalikdagi yashashidir. Ular uzoq vaqt 
yoki ko`payish oldidan birga yashashi mumkin. Koloniyani tashkil etuvchi individlar o`rtasidagi 
o`zaro munosabatlar nihoyat»da xilma-xildir. eng oddiy ko`rinishlardan biri xemotaksis 
asosidagi to`planishdan iborat bo`lsa, murakkabroq shakldagisi esa bir-birlari kelishib (xabar 
berib) biror-bir hayotiy funktsiyani bajarishidir. Bunday funktsiyalarga dushmandan saqlanish 
uchun zarur. bo`lgan ogohlantiruvchi signallarni ko`rsatish mumkin. Sutemizuvchilar orasida 
koloniya bo`lib hayot kechirish oilaviy guruhlarning kengayishi hisobiga kelib chiqadi va 
dastlabki oila bilan bog’lanish saqlanib qoladi. Hasharotlarda (termitlar, chumolilar, arilar) 
kuzatiladigan koloniyalar ham murakkab hisoblanib, ularning asosida ham oilalarning kengayib 


ajralib chiqishi yotadi. Bunday koloniyalar birgalikda ko`payish, himoya, yosh avlodni va o`zini 
boqish, qurilish ishlarini bajarish kabi funktsiyalarni bajaradilar. Mehnat taqsimoti ayrim 
individlar orasida yoshlik xususiyatlarini hisobga olgan holda berilgan bo`ladi. Chumolilarning 
birgalikda yashashida turli xildagi signallar tizimidan foydalanish katta rol’ o`ynaydi. 
Galalar bir turga kiruvchi ba`zi guruh hayvonlarning biron-bir biologik jihatdan foydali 
harakatni amalga oshirish uchun vaqtinchalik birlashishi hisoblanadi. Galalar dushmandan 
saqlanish, ozuqa topish, migratsiyalar kabi funktsiyalarni bajarishni engillashtiradi. Gala bo`lib 
yashash baliqlar, qushlarda va sutemizuvchilardan itsimonlarda uchraydi. Baliqlar galasi 
dushmandan saqlanishda, qushlarniki mavsumiy migratsiya vaqtida shakllanadi. O`troq holda 
yashovchi qushlar o`rtasida doimo tovush chiqarib turish, ko`rish bilan bog’liq signallar mavjud. 
Bo`rilar galasi qishda birgalikda ov qilish uchun tashkil topadi. Podalar galalarga nisbatan 
hayvonlardagi ancha uzoq muddat davomida doimiy birlashish shaklidir. Podalar odatda tur 
uchun xos bo`lgan barcha funktsiyalarni, ya`ni ozuqa topish, yirtqichdan saqlanish, migratsiya, 
ko`payish va bolalarni tarbiyalash kabilarni amalga oshiradi. Podalardagi hayvonlarning guruhli 
xulqiy xatti-harakatlari «hukmdor» va «itoatkor» asosidagi o`zaro munosabatlardan tashkil 
topadi. Podalar tashkil bo`lishining bir ko`rinishi vaqtinchalik yoki doimiy biron-bir rahbar yoki 
boshliq (lider)ning xatti-harakatlariga qarab boshqa individlarning o`z faoliyatini amalga 
oshirishida ko`rinadi. Podadagi har bir individ rahbarga itoat qilgan holda bir jon-bir tan bo`lib 
harakat qiladi. Buning uchun u ancha tajribali, tadbirkor, odil va kuchli bo`lishi kerak. 
Rahbarning biologik ahamiyati shundan iboratki, uning individual tajribasi qolgan barcha 
individlar uchun foydali bo`lsin. Podada bir-birlariga bo`ysunuvchi, ya`ni etakchi individlar 
bo`lsa, ularda xulqiy munosabatlar yanada ham murakkab bo`ladi. Etakchi individlar o`ta 
tajribali va tadbirkor podaga faol boshchilik qilishi bilan rahbarlardan ajralib turadi. Masalan, 
otlar podasidagi etakchilar harakatni boshqaradilar, yirtqichlardan ximoya qiladilar, janjallarni 
tinchitadilar, kasal yoki yosh individlarga hamxo`rlik qiladilar. Populyatsiyaning dinamikasi 
bilan bog’liq bo`lgan xususiyatlarni biz odamlar misolida ko`rib chiqamiz.

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin