A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Sovuqqa chidamsiz o`simliklar



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   116
ekologiya.maruza

2.Sovuqqa chidamsiz o`simliklar
. Subtropik zonada o`suvchi ko`pgina o`simliklarni bu 
guruhga kiritish mumkin. CHunki ularning hujayra shirasidagi moddalar -5°S, -7°S dan past 
haroratda muzlaydi. 


3.Sovuqqa (yoki ayozga) chidamli o`simliklar
, Bu guruhga mo``tadil va sovuq iqlimli 
zonalarda o`suvchi o`simliklar kiradi.O`simliklarni yuqori haroratga bo`lgan munosabatiga ko`ra 
ham uch guruhga bo`lish mumkin: 
1.Issiqqa chidamsiz o`simliklar
. Masalan, suvo`tlar, suvda o`suvchi gulli o`simliklar va 
mezofit o`simliklar. Ular -30°S dan yuqori haroratga chidamsizdir. 
2.Issiqqa ko`nikkan o`simliklar
. Masalan, cho`l va dasht zonalarida o`suvchi o`simliklar. 
3.Issiqqa chidamli o`simliklar
. Masalan, issiq suvlarda o`suvchi suvo`tlar va ayrim 
bakteriyalar. Million yillar davomida o`simliklar va hayvonlar ana shunday past (sovuq) va 
yuqori (issiq) haroratga nisbatan moslanishga majbur bo`lganlar. Natijada ularning ichki va 
tashqi tana tuzilishida qator moslanish belgilari vujudga kelgan. O`sish, shox-shabbalarning 
o`zaro tig’iz (zich) bo`lib o`sishi, sharsimon (dumaloq) ko`rinishda bo`lib o`sish, barglarning 
nihoyatda kuchli qirqilgan bo`lishi, hujayra shirasida zahira moddalar, jumladan saxaroza, shakar 
moddalar miqdorining ortishi kabi moslanish belgilarini ko`rish mumkin. Yuqori (issiq) 
haroratga nisbatan ham qator moslanishlar mavjuddir. Chunonchi, barg va poyalarning nihoyat 
sertuk bo`lishi, mum moddasi bilan qoplanganligi, vaqtincha bargsiz bo`lishi (yoki vaqtincha 
barglarning to`kilishi), barglarning nihoyatda kichrayishi yoki ularning tangacha barglar 
ko`rinishida bo`lishi, barglar labcha (og’izcha) larining chuqur joylanishi, ildizlarning tuproq 
ostiga juda chuqur ketishi va hokazolarni ko`rsatish mumkin. 
Yuqorida ko`rib o`tilganidek hayvonlar o`simliklarga nisbatan ko`proq o`z tanasi 
haroratini boshqara olishi bilan ajralib turadi hamda tana haroratini idora etishning turli xil 
imkoniyatlariga ega. Harorat hayvonlarning qaysi iqlim zonasida yashashi bilan bog’liq holda 
avvalo ularning vazniga va ichki organlarining katta-kichikligiga, ko`payishiga va boshqa hayot 
jarayonlariga ta`sir ko`rsatadi. Masalan, issiq o`lkalarda yashovchi ko`pgina sutemizuvchi 
hayvonlarning vazni, yuragi, buyragi, jigari sovuq o`lkalarda yashovchi shu xildagi 
hayvonlarnikiga nisbatan engil va kichikdir. Shuningdek, harorat hayvonlarning tashqi 
qiyofasiga, ko`payishiga ta`sir ko`rsatadi. Masalan, tundrada, mo``tadil zonada yashovchi tulki 
va Afrikadagi fenek degan tulkini olsak, ular ekologik jihatdan o`xshash yoki bir-biriga yaqin 
turlardir. Lekin turli iqlim zonasida yashaganliklari uchun ular tashqi ko`rinishi, ayniqsa, 
quloqlarining shakli, katta-kichikligi bilan bir-birlaridan keskin farqlanadi. Xuddi shuningdek, 
Arktika va baland tog’ mintaqasida yashovchi ba`zi hasharotlarning rangi Quyosh nurini ko`proq 
yutganligi sababli qoramtir rangda bo`ladi. Ko`pchilik suv hayvonlarining tuxumi ham shunday 
qoramtir pigmentga boy bo`ladi. Demak, hayvonlar ham g’gurli xil harorat ta`siriga 
moslashadilar. U hayvonlarning haroratga moslanish yo`llari asosan uch xildir, ya`ni kimyoviy, 
tabiiy, termoregulyatsiya va xulq-atvor moslanishlaridir. Tashqi muhit haroratining pasayishiga 
javoban faol ravishda tanadan issiq ajralishi kimyoviy termoregulyatsiya deyiladi. Bunday 
moslanishning ko`rinishlari ba`zi bir baliqlarda, hasharotlarda (arilar, kapalaklar) uchratiladi. 
Tanadan issiq ajratishning o`zgarishi, ya`ni ortiqcha bo`lsa tashqariga chiqarib yuborish yoki uni 
ushlab qolish tabiiy termoregulyatsiya deb qaraladi. Bunday yo`l bilan harorat omiliga 
moslashgan hayvonlarda quyidagi anatomo-morfologik moslanishlar kuzatiladi: tananing junlar 
bilan qoplanishi, pat yoki parlarga ega bo`lishi, yog’ zahirasining joylanishi, teri yoki nafas yo`li 
orqali suv bug’latishni boshqarish va hokazo. Ko`pchilik hayvonlar uchun tana haroratini 
boshqarishda ularning instinktdan kelib chiqadigan harakatlari katta ahamiyatga ega. Bularga 
poza (gavdaning holati) larni o`zgartish, boshpana topish, murakkab er ostki uyalar (inlar) 
qurish, boshqa joylarga uyalar qurish, uzoq yoki yaqin masofalarga ko`chib yurishlar 
(migratsiyalar) kiradi. Tana haroratini idora etishda hayvonlarning guruhli xatti-harakatlari ham 
muhim ahamiyatga ega. Masalan, cho`lda yashovchi tuyalar jazirama issiq kunlari bir-birlariga 
yonboshlagan holda bir joyga to`planib yotadilar, natijada ular to`plangan joyning o`rtasidagi 
harorat 39°S, ya`ni tana haroratiga teng bo`ladi. eng chekkadagi tuyalarning elka tomonidagi 
junlari 70°S gacha qizib ketadi. Gomeoterm hayvonlarning issiqlik balanslarini idora etishda 
yuqoridagi moslanish yo`llaridan birgalikda foydalanish ularning har qanday tashqi noqulay 
harorat ta`siridan saqlanish imkonini beradi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin