hayvonlarning 183 turi, shundan 13 turi O`zbekiston Respublikasi Qizil
kitobiga kiritilgan; -
o`simliklarning 814 turi, shundan 29 turi O`zbekiston Respublikasi va Qizil kitobiga kiritilgan.
Qo`riqxonada «Qizil kitob»ga kirgan arxarlar bilan tog’ qo`yi, shuningdek, yovvoyi cho`chqa,
suvsar va «Qizil kitob»ga kirishi mumkin bo`lgan mitti shunqor va
boshqa hayvonlar muhofaza
qilinadi. Nurota qo`riqxonasining aoosiy vazifasi tog’-dasht mintaqalarini, ayniqsa, Severtsov
qo`yi ekologiyasini o`rganish va muhofaza qilish uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
7.*ZARAFSHON DAVLAT QO`RIQXONASI.
Bu qo`riqxona
Samarqand shahrining
Zarafshon daryosi qayirida joylashgan. 1975 yilda tashkil etilan. Maydoni 2352 ga. O`zbekiston
Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi tasarrufida. Qo`riqxonada –hayvonlarning qariyib 170 turi
uchraydi, shundan 2 turi O`zbekiston Respublikasi va TMXI Qizil kitobiga kiritilgan; -
o`simlikarning 300 turi mavjud. Qo`riqxonani tashkil qilishdan maqsad yo`qolib borayotgan
chiroyli Zarafshon qirg’ovulini va qimmatli dorivor butasi - chakanda (oblepixa) muhofaza
qilish, to`qay changalzorini tiklash va yaxshilash, ilmiy tadqiqotlar olib borishdan iborat.
Qo`riqxonaning nisbatan kichik hududida kariyb 3 turdagi o`simlik o`sadi. Qo`rikxonada 59
turdagi dorivor va 23 turdagi texnik o`simlik aniqlangan. Qo`rikxonaning faunasi 359 tur bo`lib,
shundan amfibiyalar - 2, sudralib yuruvchilar - 8, kushlar - 206, sutemizuvchilar - 24
turni
tashkil qiladi. 1995 yildan beri Zarafshon davlat ko`riqxonasida xongulni ko`paytirish bo`yicha
ish-lar olib borilmoqda. 1996 yilda Zarafshon davlat qo`riqxonasiga «Baday to`qay»
ko`rikxonasidan 6 bosh Buxoro bug’usi keltirilgan. Hozirgi paytda ko`riqxona hududida 27 bosh
xongul yashaydi. Zarafshon davlat ko`riqxonasi O`zbekiston
Respublikasi Qishloq va suv
xo`jaligi vazirligi huzuridagi O`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasi tizimiga kiradi, hamda
Qo`rikxonalar, milliy tabiiy bog’lar va ovchilik xo`jaliklari boshqarmasi tomonidan boshqariladi.
Dostları ilə paylaş: