A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   116
ekologiya.maruza

Urbanizatsiya va 
uning ekologik vaziyatga ta`siri. 
·
Urbanizatsiya va aholi salomatligi. 
·
Sanoat shaharlarida 
ekologik vaziyatni yaxshilashInson evalyutsiyasi va demografiya 
Insoniyat tarixi, insonning erga, atrof-muhitga, uning o`simlik va hayvonolariga bo`lgan 
munosabtlari trixidan iboratdir. Million yillar davomida yuzaga kelgan biologik sistemalarning 
o`zgarishiga faqat insongina sabab bo`lgan, endilikda uning hayoti o`zi egallagan tabiat va o`zi 
yaratgan jamiyat o`rtasidagi munosabatini o`rnatishiga bog’liq. Aks holda inson yaratgan 
tsivilizatsiya uning salbiy faoliyati natijasida nobud bo`ladi. 
Ch.Darvinnig “Turlarining kelib chiqishi“ va “Insonni paydo bulishi” haqidagi ilmiy 
asarlari insonni atrof- muhit bilan munosabatlarini aniqlashda “ ibtidoiy “ xalqalarning 
evolyutsiyasini o`rganishga yo`l ochdi. Ch.Darvin vaqtida boshlab tadqiqotchilar qadimgi 
tarixiy-madaniy sabablarni ochish va ibtidoiy inson holatini aniqlash bilan shug’ullanganlar. Shu 
joyda «Inson» (Odam) tushunchasi va qanday tabiiy muhitda qadimgi antropoid maymunlardan 
ibtidoiy inson rivojlangani kabi savollar yuzaga keladi. Odam turkumining (HOMO) past 
tabaqalari bo`lmish avstralopiteklarining miyasi hajmi 428 dan 530 sm
2
gacha bo`lib, hozirgi 
maymunlar miyasidan ozgina ortiqroq bo`lgan, xolos. Ayrim tadqiqotchilarning ma`lumotlariga 
ko`ra, insonning qadimgi ajdodlari bo`lmish ramapiteklar va avstralopiteklar so`zlash 
qobiliyatiga ega bo`lmaganlar va olovdan foydalana olmaganlar.
Darvin ta`limoti bilan aytganda noyob odam – bu eng avvalo ikki oyoqda tik yuradigan 
va bo`shagan qo`llarda o`zi yasagan qurollardan foydalanadigan odamdir. «Qurol yasagan» va 


tik yuradigan «odam» changalzor tropik odamlardan kelib chiqmagan. Tropik o`rmonlarda inson 
uchun foydali mayda hayvonlarning kamligi, oziqa quvvati kam , barg, poya va ildizlarga 
insonning chaynash apparatining moslashmaganligi, «qadimgi odamlarning» ochiq maydonlarda, 
dashtlarda paydo bo`lgan nazariyani olimlar isbotladilar. Sharqiy va janubiy Afrika hududlarida 
topilgan ko`p ashyolar avstrolopitklarning madaniyati ham u vaqtning atrof-muhiti haqida 
ma`lumotlar beradi. Saqlanib qolgan ashyolar shuni ko`rsatadiki, avstrolopiteklar aktiv yo`l bilan 
pavianlarni ov qilishgan. Inson evolyutsiyasida ovchilik va tabiat mahsulotlarini yig’ish borgan 
sari takomillashib boradi. Bundan 0,5 mln. yillar avval Afrika Osiyoda ibtidoiy odamlar 
yashagan. Ayniqsa, pekin odami (sinantrop) yashagan joylarda ko`plab toshga aylangan mevalar, 
urug’lar va bug’u, kiyik, ot suyaklari, kul va tosh qurollar topishgan. Demak, inson 
rivojlanishning ilk davrida olovdan foydalangan.
HOMO SAPIENS ga yaqin ajdodlarda yangi, takomillashgan, olovda kuydirilgan uchli 
qurollar paydo bo`ladi. Ishlab chiqarish neondertal odamlar davrida paydo bo`lgan va ular turli 
hayvonlarni ovlashgan.Neondertallar katta o`txo`r g’or ayiqlarni ovlashgan, sababi, uning 
go`shti, yog’i mazali bo`lgan, terisi odamlarni sovuqdan saqlagan. Oxirgi muzliklardan keyingi 
davr odamlari ancha takomillashgan qurollardan foydalanib katta sut emizuvchi hayvonlarni 
ko`plab ovlaydilar. Muzlik davrining oxirida qadimgi dunyoda juda kata hayvonlar yo`qolib 
ketadi. Qadimgi odamlar ovchilik va urug’, mevalvrni terib oziqlanishgan, erdagi yovvoyi 
donlarni terib olishgan, keyinchalik esa o`zlashtirib, ayrim o`simliklarni madaniylashtirishga va 
dehonchilikning kelib chiqishiga sabab bo`lgan. Natijada erlar o`zlashtirilishi sababli muhitning 
ekologik turg’unligi buzilib boradi. 
Toshko`mir davrida iqlim omillarining og’irligi, oziqaning etishmasligi katta va yirtqich 
hayvonlarning xavfi, turli kasalliklar, epidemiyalar shu davrdagi inson umrining qisqaligi sabab 
bo`lgan. Ma`lumotlarga ko`ra, shu vaqtda neondertallar 30 yil, muzlik davridan keyin va 
mezolitda HOMO SAPIENS bir uzoqroq yashagan. Antropolog olimlarning ilmiy ishlariga 
qaraganda paleolit davrining boshlanishida, bundan 1 mln. yillarcha oldin insonlar faqat Afrika 
hududidagina yashaganlar, ularning umumiy soni 125 ming atrofida bo`lgan. Mezolit davrida, 
taxminan bundan 300 000 yillar avval insonlar soni 1 mln.ga etadi. Ular Evroosiyo hududlarida 
yashaydi. Palolit davrining oxirida bundan 25 000 yillarcha neondertallar va kromo`onlar bir 
vaqtda yashaganlar, ularning soni 3 mln.dan ortgan. Neolit davrida birinchi demografik o`sish 
kuzatiladi, insonlar o`troq yashashga o`rganadi, uy – joy quradi, qo`lga ko`plab hayvonlar 
o`rgatiladi, o`simliklarni madaniylashtiriladi, ularning hayot sharoitlari yaxshilanadi. Bizning 
eramizdan 8000 yillar avval dunyodagi odamlar soni 5 mln. atrofida, bizning sanamiz 
boshlangucha qadar aholi soni 130(250) mln.ga etadi. SHundan 16 asr o`tgandan keyin bu son 
500 mln.ga ko`tariladi. Bu soni 1850 yili 1 mlrd.ga etishi uchun insoniyat 250 yil rivojlanish 
kerak. Dunyoda insonlar soni 1930 yili 2mlrd., 1960 yili-3 mlrd., 1986 yili 5 mlrd., hozirgi 
vaqtda 6,3- 6,5 mlrd. ga etdi.
Inson paydo bo`libdiki, u ham bosferadagi boshqa tirik organizmlar kabi ozuqaga muhtoj 
bo`lgan. Agar o`tgan ming yiliklarda inson o`ziga og’ir mehnat bilan ozuqa topgan bo`lsa, uning 
keyingi rivojlanishi tarixida ham qattiq qish, suv toshqinlari, qurg’oqchilik kabi tabiiy ofatlar 
unga ochlik va ko`plab o`lim olib kelgan. Inson har oyda o`z og’irligiga teng ozuqa iste`mol 
qiladi. Mutaxassislarni bergan ma`lumotlariga ko`ra, insonga bir kunda 630-750 g bug’doy (241 
kkal), bir yilda esa 200-274 kg bug’doy kerak bo`ladi. Bu mahsulotni etishtirish uchun dehqon 
har bir gektar erdan 5 t atrofida hosil olib, yiliga 17 odamni boqishi lozim.
Planeta katta, undagi foydali erlarning maydoni 13,5 mlrd. gektarga teng. SHundan, 1,4 
mlrd. ga madaniy erlar (ekinzorlar, bog’lar), 1,1 mlrd. ga er buzilgan, o`simliklar o`stirish uchun 
keraksiz bo`lib qolgan, tejamkorsizlik bilan ishlatilgan maydonlar 4,4 mlrd. ga; cho`l, yarim 
cho`l. Arktika, Antartika, yuqori tog’li cho`llar maydoni -3,3 mlrd. , insonning salbiy faoliyati 
natijasida foydali erlarning 1 mlrd. gektari cho`llarga qo`shilgan.Foydali erlarning 50 % 
hosildorlik qatlamini yo`qotgan, 600-700 mln. ga er eroziyaga uchrab, mahsuldorligi past bo`lib 
qolgan. Qishloq xo`jaligini rivojlantirish uchun landshaftlarni buzish, ekinzorlarda ko`plab 
o`g’itlarni ishlatish ekosistemalar turg’unligini buzadi. Qo`llanilgan 60 dan oriq kimyoviy 


birikmalarga ekinzorlarda uchraydigan ko`p organizmlar, shu jumladan 400 ortiq hashoratlar 
turlari chidamli bo`lib qolgan. eng kuchli zaharli moddalar ham ularga ta`sir qilmay qo`ydi. 
Buning natijasida ekinzorlarda zarakunandalar borgan sari ko`payib, foydali o`simliklar 
hosilining kamayishiga sabab bo`lmoqda. Ularga o`ta kuchli zaharli moddalarni qo`llash insonlar 
salomatligining yomonlashishiga olib keladi, turli kasallliklar paydo bo`lib, o`lim ko`payadi.

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin