4-jadval
Dunyoning ayrim hududlarida aholi zichligi
(har km
2
hisobida)
Hududlar, mamlakatlar
Aholi zichligi
Dunyo bo`yicha
40
Yevropa
100
Osiyo
100
Afrika
17
Shimoliy Amerika
13
Lotin Amerikasi
19
Avstraliya va Okeaniya
3
Bangladesh
800
Singapur
4500
Monako
15500
Sobiq Ittifoq
12
O`zbekiston Respublikasi
54
Dunyo aholisi sonining tez sur`atlarda o`sishi ko`plab muammolar kelib chiqishiga sabab
bo`layotganligi endilikda sir emas. Ayniqsa, oziq-ovqat muammosi va atrof - muhitdagi ekologik
tang holat zudlik bilan o`z echimini kutayotgan jumboqlarning eng tashvishlisi ekanligini davr
ko`rsatmoqda. Demak, yoki tug’ilishni kamaytirish, yoki oziq-ovqat mahsulotlari etishtirishni
ko`paytirish lozim. Aholi sonining tez o`sishi asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabni
har 30 yilda ikki martaga oshirmoqda. Xullas, Tomas Robert Mal’tusning (1798 y.) “tez o`sib
borayotgan aholini oziq-ovqat bilan hech qachon to`liq ta`minlab bo`lmasligi to`g’risidagi
nazariyasi” quruq safsata emas, balki yangicha tahlil va yangicha qarash asosida o`rganishni
taqozo etayotganga o`xshaydi. CHunki Mal’tus nazariyasining asossiz ekanligini o`sha
davrlardayoq qator olimlar nazariy jihatdan isbotlagan bo`lsalarda, biroq amalda uning ro`yobga
chiqishi juda murakkab tarzda qiyin kechmoqda.
Fan-texnika taraqqiyoti yuksak darajalarga ko`tarilgan, “koinot asri”, “komp’yuter asri”
deb atalayotgan bir vaqtda dunyoning turli hududlarida insonning bir burda nonga zorligi,
odamlarning ochlikdan o`layotganligi taajublanarlidir. BMT ma`lumotiga ko`ra, dunyo bo`yicha
kuniga 35 ming kishi ochlikdan jon bermoqda, hozir sayyoramizda 0,5 mlrd. och-yalang’och, 1,5
mlrd tilanchi mavjud.
Aholi sonining jadal sur`atlar bilan ko`payishi oziq-ovqat
etishmasligi muammolarini keltirib chiqarishi, atrof - muhit holati yomonlashuviga salbiy ta`sir
etishi o`zaro aloqada ekanligini ko`pchilik ta`kidlab o`tganligi bejiz emas. P.G. Oldak fikriga
ko`ra, ”2000-2010 yillarda Er sharida yashaydigan barcha aholini oziq-ovqat bilan ta`minlamoq
uchun, donli ekinlar etishtirishni taxminan ikki marta ko`paytirish lozim”.
i
BMT ma`lumoti bo`yicha, erlarga hozirgi usulda ishlov berish asosida hosildorlikni 2
hissa ko`paytirish uchun mineral o`g’itlar xarajatini 6,5 marta, zararkunandalarga qarshi ko`rash
choralarini 6 marta oshirish lozim.
Dj. Forrestor (AQSH, 1961) dunyo statistika ma`lumotlari tahlili asosida dunyo aholisi
soni 2020 yilda, tabiiy muhit ifloslanishi 2050 yilda eng yuqori darajaga etishini ta`kidlaydi.
ii
SHunday qilib, u sanoat, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va aholi soni atrof - muhit
tanazzuliga qadar o`sishini bayon qiladi. Forrestor fikricha, taxminan 2030 yillar atrofida
ekologik inqiroz boshlanadi va shundan so`ng aholi soni ham sezilarli darajada kamayadi.
G. Kan o`zining ”Keyingi 200 yil” kitobida quyidagi bashoratni keltiradi: 2076 yilga
borib energiyaning asosiy qismini atom va termoyadro stantsiyalari beradi, qazilma yoqilg’ilar
esa kimyo xom ashyosi sifatida ishlatiladi. Quyosh energiyasidan foydalanish darajasi yuksaladi.
SHularga bog’liq tarzda 2100 yilda sun`iy oqsil olish usullari o`zlashtiriladi, oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarish 11 marta ortadi. Bundan tashqari farovonlikning ortishi aholi
tug’ilishi va ko`payishini kamaytiradi....
19
77
yili AQSH sobiq Prezidenti J. Karter davlat va ilmiy muassasalarga Er shari aholisi
soni, tabiiy resurslar miqdori va atrof - muhit holatini 2000 yilgacha bashoratini yaratish
borasida ko`rsatma beradi. Tayyorlangan ”Dunyo 2000 yilda” (1980 y.) nomli ma`ruzada qayd
qilinishicha, dunyo aholisi soni 2000 yilda 6,35 mlrd kishini tashkil etadi, daromad jon boshiga
15%ga ortadi. Oziq-ovqat mahsulotlari miqdori faqat hosildorlikni orttirish evaziga sodir bo`lishi
mumkin. 2000 yilda jami 1,3 mlrd kishi och-nochor holda bo`ladi. Dunyo aholisining yarmisida
suvga bo`lgan talab 2 hissa ortadi, o`rmonlar maydoni esa teng yarimga qisqaradi. Neft’
etishmovchiligi va bahosi ortishi natijasida sanoati rivojlangan mamlakatlarda ko`mirdan va
yadro energiyasidan foydalanish darajasi oshadi. Ko`mir iste`molining ortishi atmosfera
tarkibida chang va SO
2
chiqindilari miqdorini orttiradi. Umuman, ifloslovchi moddalarning havo
tarkibida ko`payishi “ishqorli” yomg’irlar yog’adigan mintaqalar kengayishiga sabab bo`ladi.
Keyingi chorak asrda dunyo bo`yicha ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori
2,5%ga ko`paydi. Biroq, bu miqdor dunyoning turli hudud va mamlakatlarida bir xil emas.
Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarlarning ayrimlarida ushbu ko`rsatkich juda past darajada.
Oziq-ovqat muammosining kelib chiqishi, qisman, hududlardagi tabiiy resurslarning kamayishi,
demografik vaziyat, texnika va texnologiya imkoniyatlari kabi omillar bilan bog’liq bo`lsada,
biroq dunyo bo`yicha aholi jon boshiga ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat miqdori ilmiy
asoslangan eng past darajadan ancha yuqoridir. Muammoning asosiy sababi, turli hudud va
mamlakatlarda iste`moldagi nomutanosiblikdir. Ko`pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda
iste`moldagi ozuqaning quvvati rivojlangan mamlakatlarnikidan deyarli 3 marta pastligi ma`lum.
Ushbu muammoning ijobiy echimi: mamlakatlarning to`liq mustaqil rivojlanishi, fan-texnika
taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish
madaniyatining yuqsalishi, aholi ilm saviyasining ortishi bilan hal qilinishi mumkin. Darvoqe,
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada ko`paytirishning qator imkoniyatlari, ya`ni
ekin maydonlarini kengaytirish, ekinlarning hosildorligini orttirish, qishloq xo`jalik
mahsulotlarini qayta ishlovchi yangi usullarni joriy etish, dengiz-okean bioresurslaridan keng
foydalanish, sintetik-sun`iy oziq-ovqatlar ishlab chiqarish kabilar mavjud.
Hozirda Er sharining 4,5 mlrd. ga sidan qishloq xo`jaligida (obikor dehqonchilik 1,5 mlrd
ga va yaylov sifatida 2,6 mlrd ga) foydalaniladi. Olimlar qishloq xo`jaligidagi er maydonlari
ko`lamini kengaytirmay turib yangi nav va hayvon zotlari yaratish, dehqonchilik madaniyatini
orttirish hisobiga mahsuldorlikni 90%ga ko`paytirishni isbotladilar. Hozir tajriba dalalarida
gektariga 140 ts bug’doy va sholi, 240 ts makkajo`xori doni beradigan navlar yaratilgan. Ammo,
amaliyotda ushbu ekinlardan olinayotgan hosil juda past (23, 39 va 58 ts). Ayniqsa,
rivojlanayotgan mamlakatlarda asosiy don ekinlari – bug’doy, sholi va makkajo`g’oridan
olinadigan hosil miqdori achinarli ahvolda – 14, 21 va 13 ts (Afrikada boshoqli ekinlar umumiy
hosildorligi – 9,4 ts). Faqatgina agrotexnikani takomillashtirish hisobiga hosildorlikni bir necha
marta orttirish mumkinligini mutaxassislar ko`p ta`kidlamoqdalar.
Ekin dalalariga belgilangan me`yorda solinadigan o`g’itlar erlarning yalpi hosildorligini,
tuproq unumdorligini orttirishi barchaga ma`lum. Har gektar bug’doyzorning 80 kg miqdordagi
turli o`g’itlar bilan oziqlantirilishi, hosildorlikni 20 ts, 110 kg bilan ishlov berilishi – 35-40 ts,
300-350 kg esa 50 ts ga etkazishi amaliyotda isbotlangan. Me`yordagi o`g’it hosildorlikni
orttirishidan tashqari, ekinlarning turli tashqi ta`sirlarga (qurg’oqchilik, garmsel va h. k.)
chidamliligini ham orttiradi.
Buning ustiga yiliga dunyo bo`yicha qishloq xo`jalik ekinlari turli kasalliklarga chalinishi
oqibatida hosilning 10-20%i, begona o`tlar va zararkunandalar tufayli 5-20, hosilni yig’ish,
tashish, qayta ishlash va saqlash jarayonida 5-25 foizidan oshig’i nobud bo`lmoqda. Ushbu
ko`rsatkichlar har yili etishtirilgan hosilning 20-70 foizi boy berilayotganini ko`rsatadi.
Qishloq xo`jaligini rivojlantirish va hosildorlikni oshirish qator majmuali tadbirlarni
amalga oshirishni taqazo etadi:
– o`simlik va hayvonlarni turli kasallik va zararkunandalardan asrash;
– chorvachilikda qo`shimcha kimyoviy oziqa va vitaminlarni qo`llash;
– melioratsiya va irrigatsiya tarmoqlarini yaxshilash, sug’orishni zamonaviy texnologiya
asosida takomillashtirish, issiqxonalarni kengaytirish;
– tayyor mahsulotlarni saqlash muddatini uzaytirish;
– qishloq xo`jalik ekinlarini do`l, sel, sovuq urush va boshqa tabiiy ofatlardan saqlash;
– qishloq xo`jalik texnikasini takomillashtirish va boshqalar.
Dunyo okeani bioresurslari juda bisyor. Insoniyat o`z ehtiyojlari uchun undan oqilona
foydalanishi juda samaralidir. Biroq, hozir umumiy oziq-ovqat salohiyatida Dunyo okeanining
hissasi bor-yo`g’i 1%ni tashkil etadi (iste`moldagi oqsilning 6%i). Okeanlardagi faqat yirik
dengiz hayvonlarining (baliq, sut emizuvchilar, boshoyoqli mollyuskalar, qisqichbaqalar)
umumiy qiymati 1 mlrd t baholanib, shuning yarmi baliqlarga to`g’ri keladi. Uning yillik
mahsuldorligi 360 mln t. Okean bioresurslaridagi yog’ning o`zi dunyo chorvachiligi beradigan
miqdordan 2 marta ko`p.
Inson o`z tanasidagi oqsilga bo`lgan talabni asosan hayvonlar
go`shti hisobiga qondiradi. endi bu talabni kimyoviy oqsil qondira oladi. XX asrning 70-
yillaridan boshlab sanoat asosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish jadal o`smoqda. 1990
yilda AQSHda 10 mln t oziq-ovqat mahsulotlarining sanoat turi ishlab chiqarilgan bo`lsa,
hozirda dunyoning turli mamlakatlarida (ayniqsa, Lotin Amerikasi va Farbiy Yevropada) bunday
mahsulotlar turi va ko`lami ortib bormoqda.
Aholi sonining munazam orta borishi atrof - muhitga juda kuchli ta`sir eta borishi
oqibatida qator ekologik tangliklarni keltirib chiqardi. Professor A.M. Ryabchikov
ma`lumoticha, hozir inson Er yuzasi tabiiy manzarasining 60%ini butunlay o`zgartib yuborgan,
quruqlikning 20%ida kuchli o`zgarishlar (turarjoy, shahar va qishloqlar, muhandislik qurilmalari,
erlarni sug’orish va h.k.) sodir etgan. Har yili er yuzida 4000 km
3
tog’ jinsi (grunt) va tuproq bir
joydan boshqa joyga ko`chiriladi. O`tgan davrlar mobaynida 20 mln km
2
er yaroqsiz holga
keltirildi (5 mln km
2
haydaladigan erlar) (V.A.Kovda, 1981).
Dunyo bo`yicha qurilgan yirik suv omborlar soni 1980 yilga kelib 2257 taga etgani holda,
ularning 90% dan ortig’i 1950 yillardan keyin qurildi. Demak, ko`plab daryolarda gidrografik
rejim tabiiy holatini yo`qotdi. Suv omborlari atrofida landshaft sezilarni darajada o`zgardi. Atrof
- muhit ifloslanishi elektroenergetika, sanoat va qishloq xo`jalik mahsulotlari ishlab chiqarish,
transportning rivojlanishi bilan hamohangdir. endilikda, ichimlik suvi, atmosfera havosining
ifloslanishi kabi muammolar insoniyat oldiga ekologik vaziyatni zudlik bilan barqarorlashtirishni
ko`ndalang qo`ymoqda. Sodir bo`lgan ekologik muammolar echimi nafaqat ayrim
biogeotsenozlar (dasht, o`tloq, dala, o`rmon va h.k.), balki butun biosfera miqyosida namoyon
bo`lmoqda. Insonning tabiatga ta`siri bilan bog’liq faoliyati zarur va muqarrardir. CHunki,
inson ushbu faoliyatlarisiz, o`zining moddiy ehtiyojlarini qondira olmaydi. SHuning uchun ham
tabiatda ma`lum o`zgarishlar bo`lishi aniq. Lekin tabiatni o`zgartirishda uning rivojlanish
qonuniyatlarini bilmaslik keyinchalik inson uchun ancha qimmatga tushishi mumkin. Hozirda
tabiatdagi inson faoliyati bilan bog’liq o`zgarishlar ko`lami geologik jarayonlar quvvatidan ham
tez va kuchliroq tarzda ro`y bermoqda. Natijada tabiatni o`z-o`zini tiklash va tozalash
xususiyatiga putur etmoqda, bu esa inson hayotiga xatar solmoqda.
Dostları ilə paylaş: |