A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Sanoat shaharlarida ekologik vaziyatni yaxshilash. e



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   116
ekologiya.maruza

Sanoat shaharlarida ekologik vaziyatni yaxshilash. e
ng qadimgi shaharlar 
Vaviloniyada, Dajla va Frot, keyinroq esa Nil daryosi sohillarida vujudga kela boshlagan. 


SHaharlarning paydo bo`lish zamini dushmandan himoyalanish, savdo va madaniyatning 
rivojlanishi, boshqaruvning markazlashuvi bilan chambarchas bog’liqdir. Qadimgi shaharlar 
manzarasi atrofdagi hududlarning tabiiy holatiga yaqin bo`lgan: rel’ef, gidrografik tarmoqlar 
unchalik o`zgartirilmagan, havo toza bo`lib, shahar hududi bevosita atrofdagi o`tloq, o`rmon va 
dalalarga tutashib ketgan. 
Shaharlarning tezkorlikda rivojlanishi, o`sishi asosan sanoat inqilobi bilan bog’liqdir. 
Ko`plab zavod va fabrikalar qurilishi, shaharlar zimmasidagi vazifalarning orta borishi, 
aholisining ko`payishi shaharlarning kattalashishiga, ular qiyofasining o`zgarishiga olib keldi. 
Sanoatning rivojlanishi nafaqat shahar hududi, balki uning atrofidagi tabiiy landshafilarda ham 
kuchli o`zgarishlar sodir eta boshladi. Shaharlar sanoat, boshqaruv, madaniy, transport va boshqa 
qator vazifalarni o`zida mujassamlashtirgan aholi yashaydigan joy bo`lishi bilan birga, azaldan 
kishilar uchun o`ta qulay mehnat va dam olish sharoitlariga ega bo`lgan, maishiy ehtiyojlari 
qondiriladigan bir butun tarixiy-me`moriy, ijtimoiy-iqtisodiy qurilma hamdir. Biroq, hozirgi 
sanoatlashgan yirik shaharlarda atrof - muhitning ifloslanganligi, transport harakatlarining 
jadalligi, kuchli shovqin-suron va inson salomatligiga ta`sir etuvchi boshqa qator omillar 
kishilarning xorishiga, turli kasalliklarning avj olishiga sabab bo`lmoqda. Shu boisdan, sanoat 
shaharlarida ekologik vaziyatlarni barqarorlashtirish ular joylashuvining tabiiy-geografik 
xususiyatlari va iqtisodiyot yo`nalishi bilan chambarchas bog’liqdir. Sanoat shaharlarida 
ekologik vaziyatning yomonlashuvi asosan sanoat, maishiy korxonalar va transport hissasiga 
to`g’ri keladi. Shaharlarning loyiha strukturalari murakkab va ko`p omillidir.
Shaharlardagi turarjoy, sanoat, transport, omborxonalar, dam olish, davolanish va 
sanitariya himoya mintaqalarini to`g’ri joylashtirishda geografik omillar (shamol va oqim 
(daryo) yo`nalishi va b.) qat`iy e`tiborda bo`lishi shart. Shaharlar qurilishidagi ushbu ekologik 
yondashuv shahar hududida tabiiy komponentlarning antropogen ta`sirlarga bardoshliligini 
orttiradi, tabiatni o`z-o`zini tozalash va tiklash qobiliyatiga yordam beradi. 
Shaharlar havosining haddan tashqari ifloslanganligi ekologik vaziyatga kuchli ta`sir 
etmoqda. SHaharlardagi sanoat korxonalari hamda transportdan chiqadigan zaharli gazlar 
miqdori tobora ortmoqda. Shahar havosi musaffoligini ta`minlashda daraxtzor-
ko`kalamzorlarning ahamiyati beqiyosdir. Daraxtzorlar shaharlarga chiroy berish bilan birga, 
uning “o`pkasi” hamdir. Mutaxassislar shahar hududining 50%i ko`kalamzor bo`lishi ekologik 
nuqtai nazardan samarali bo`lishini ta`kidlaydilar. Ayniqsa, yirik bargli daraxtlarning, xususan, 
terakni ko`p ekish maqsadga muvofiqdir. Chunki terak turli sharoitlarda ham yaxshi o`sadi, 
kislorodni ko`p chiqaradi, zararli gazlarga bardoshli, changni ko`p tutadi, tez o`sadi (yiliga 2 m 
gacha), havo harorati va shamol rejimiga ta`sir etib, o`ziga xos mikroiqlimni vujudga keltiradi. 
Yirik shaharlarda ko`kalamzor hududlar aholi jon boshiga kamida 30-50 kv m bo`lgani 
ma`qul. To`rt to`p daraxt 1 kishiga sutka davomida zarur kislorodni ishlab bersa, 1 ga o`rmon 
yiliga o`rtacha 18 mln m
3
havoni tozalaydi. Ana shu 1 ga o`rmon issiq davrda havo tarkibidagi 
220-280 kg karbonat angidridni o`zlashtiradi, yiliga 70 t changni tutadi, atmosferaga 180-220 kg 
kislorod chiqaradi. Daraxtzor va ko`kalamzor xiyobonlar jazirama kunlarda soya-salqin beradi, 
tuproqda nam saqlaydi. SHu tufayli, shahar bog’larida yo`l va xiyobonlarga qaraganda harorat 
biroz salqin (2-4
0
), havo namligi esa yuqori (13-14%). Xiyobonlardagi yashil o`tloqlarning har 
bir kvadrat metri soatiga 200 g suvni bug’latib, havoning salqin bo`lishiga hissa qo`shadi. 
Bundan tashqari daraxtzor va ko`kalamzordagi yam-yashillik kishi ruhiyatini 
tinchlantiradi, mehnat faoliyatini tiklashga ketadigan vaqtni 60% gacha kamaytiradi, kishilardagi 
chidam-toqatni 15%ga ko`paytiradi, fikrni bir joyga jamlashni orttiradi. Shunga ko`ra, 
turarjoylardan shahar, oromgoh bog’lari 2-3 km, tuman bog’lari 1,5 km, bolalar oromgohlari – 1 
km, gulzor va yashil xiyobonlar 400-500 m dan uzoq bo`lmagani ma`qul. SHuningdek, shaharlar 
atrofida yashil xiyobonlar yoki himoya mintaqalarini saqlash va kengaytirish muhim ahamiyatga 
ega. Bu mintaqalar shahar aholisining dam olishini tashkil etish, shahar mikroiqlimini 
yumshatish, havo tozaligini ta`minlashga yordam beradi. Bu mintaqalar ko`lami shaharlarning 
katta-kichikligi, xalq xo`jaligidagi mavqeyi kabi omillarga mos tarzda barpo etilmog’i darkor. 
Ushbu mintaqalarda mavjud turarjoylarni kengaytirish, yangilarini qurish, sanoat korxonalarini 


joylashtirish maqsadga muvofiq emas. Ularda faqat dam olish va sog’lomlashtirish maskanlari, 
sayyohatchilik va ovchilik muassasalari, hayvonot va botanika bog’lari tashkil etish mumkin, 
xolos. Ko`pgina shaharlarda ko`kalamzorlashtirishga e`tiborning orta borishidan industrial 
markazlar shahar-bog’larga aylandi (Moskva, Kiev, Tbilisi, Bishkek, Tver’...). Toshkent shahri 
ham bunga yorqin misoldir. 
Shaharlardagi shovqin kuchini kamaytirishda ham daraxtzorlarning ahamiyati katta. 
Sanoatlashgan hududlar va turarjoylar oralig’ida, turar - joylar bilan serqatnov yo`llar o`rtasidagi 
barpo etilgan daraxtzorlar shovqinni 20%ga, kengligi 25 m bo`lgan buta va daraxtzorlar-
xiyobonlar esa 10-12 db ga kamaytiradi. Turarjoylarning yo`llardan 200 m uzoqroqda qurilishi 
shovqin kuchini 20 db ga kamaytirishi aniq. SHaharlarda shovqin kuchini kamaytirish bir-biri 
bilan uzviy bog’langan quyidagi majmuali tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi: 
– yirik shaharlarda o`tkinchi (tranzit) avtomashinalar qatnoviga barham berish, shahar 
markazida yuk mashinalari harakatini, transportlar signalini ta`qiqlash; 
– shahar qurilishi va me`morchiligida tovush yutuvchi moslama va materiallardan keng 
foydalanish; 
– turarjoylar yaqinida aeroport qurmaslik, ularni shaharlardan uzoqroqqa ko`chirish, 
uchish yo`llarini shaharlar ustidan o`tkazmaslik, aeroportlarni qayta ta`mirlash; 
– shovqinsiz transportlar yaratish (motor, g’ildiraklarni takomillashtirish). 
Yirik shaharlarda metro hamda elektrotransportdan keng foydalanish, er osti qurilmalarni 
kengaytirish (Angliya, Frantsiya, Yaponiya va AQSH da shahar infratuzilmasining ancha qismi 
er ostida faoliyat ko`rsatadi) lozim. 
Bulardan tashqari, sershovqin shaharlarning shovqin xaritalarini yaratish muhim 
masaladir, chunki unda shovqin manbalari, tarqalish chegaralari, kuchi aniq ko`rsatiladi. YAngi 
turarjoylar, bolalar muassasalari, davolash va dam olish maskanlari uchun joy tanlashda ushbu 
xarita asos qilib olinishi maqsadga muvofiqdir. Hozirga davrda yirik shaharlarda to`planib 
qolayotgan turli sanoat, maishiy-xo`jalik chiqindilari shaharlardagi ekologik vaziyatga sezilarni 
ta`sir ko`rsatmoqda. O`rtacha har bir shahar aholisi jon boshiga sutka mobaynida 1 kg axlat 
to`plansa, dunyo bo`yicha bu miqdorning qanchaga etishini tasavvur etish mumkin. Faqatgina, 
Toshkent shahrining o`zida bir kecha-kunduz davomida 4,5 ming tonnaga yaqin ahlat 
to`planmoqda. SHaharlardagi to`planadigan axlatlardan ikkilamchi resurs sifatida foydalanish, 
ulardan turli zarur mahsulotlar olish shu kunning dolzarb muammolardan bo`lib qolmoqda. 
Hozir dunyodagi ayrim shaharlarda (Toshkentda) ham chiqindi-axlatni qayta ishlovchi 
korxonalar barpo etilgan, biroq ularning ish quvvatlari bugungi kun talabini qondira olmayapti. 
Ikkilamchi resurslardan keng foydalanishga o`tilishi, chiqitsiz texnologiyaning joriy etilishi bilan 
bu muammoni ijobiy hal etish mumkin. 
Demak, sanoat shaharlaridagi ekologik vaziyatni yaxshilash majmuali tarzda: tashkiliy-
xo`jalik, shaharsozlik, me`moriy-landshaftshunoslik va boshqa tadbirlar amalga oshirilishi, yangi 
sanoat korxonalari qurilishi, aholi sonining o`sishini muntazam me`yorga solib turish bilan hal 
qilinishi mumkin. 
Ekologik muammo deganda-insonning tabiatga ko`rsatayotgan ta`siri bilan bog’liq holda 
tabiatning insonga aks ta`siri, ya`ni uning iqtisodiyotda xo`jalik ahamiyatiga molik bo`lgan 
jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog’liq (stihiyali talofotlar, iqlimning o`zgarishi, hayvonlarning 
yalpi ko`chib ketishi) va boshqa xodisalar tushuniladi. ekologik muammolarni 3 guruxga ajratish 
mumkin. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin