Tabiiy komponentlar - tabiatni hosil qiluvchi tarkibiy qismlari. Jumladan: tog’ jinslari,
rel`ef, havo, yer usti va yer osti suvlari, tuproq va o`simliklar qoplami, hayvonot dunyosi va
boshqalar. Tabiiy komponentlar ekologik komponentlar o`rnini to`liq bosa olmaydi. Ular bir-
biridan farq qiladi. Tabiat komponentlarini ko`pincha landshaft komponentlari deb ham
yuritiladi. Tabiatda komponentlarni o`zaro nisbati o`zgarsa joy tabiati va landshafti o`zgarishi
mumkin. Masalan: suvga tanqis cho`lli hududda ba`zi sabablar bilan suv ko`payib ketsa, yangi
botqoqliklar, sho`r erlar vujudga keladi va joyning mikroiqlimi, tuproq-o`simlik koplami,
hayvonot dunyosi, ya`ni tabiati o`zgaradi. Shuning uchun tabiat komponentlariga ta`sir
ko`rsatishdan oldin oqibatda paydo bo`ladigan natijalarni oldindan ko`ra bilish va bashorat qila
bilish kerak
Tabiatdan foydalanish - tabiat va tabiiy resurslar imkoniyatini hisobga olgan holda
ulardan to`g’ri foydalanishining turli shakllari. Tabiatdan foydalanish - jamiyatning moddiy va
ma`naviy talablarini qondirish uchun tabiatdan va uning resurslardan to`g’ri foydalanish.
Tabiatdan foydalanish - tabiat qonunlarini hisobga olgan holda kishilik jamiyati manfaatlarini
ko`zlab tabiatni o`zgartirish. Tabiatdan foydalanish - kishilik jamiyatini Erning geografik
qobig’iga ta`sir majmuasi. Tabiatdan foydalanish - tabiat, tabiiy resurslardan to`g’ri foydalanish
va uni muhofaza qilish to`g’risidagi fan.
Tabiatdan foydalanishdagi omillar - tabiat boyliklaridan foydalanish jarayoniga ta`sir
ko`rsatadigan omillar (aibotik, biotik va antropogen). Omillar quyidagi uch guruhga bo`linadi:
tabiat boyliklariga ta`sir ko`rsatish, ishlab chiqarishga salbiy ta`sir (muhit ifloslanishi), tabiatdan
foydalanuvchi insonga ta`sir.
Ekologik omil - tirik organizmlarni turli joylarda moslashishidagi muhitning hamma tabiiy
va sun`iy sharoiti. ekologik omillar kelib chiqishi (genezis) bo`yicha quyidagilarga bo`linadi:
abiotik, biotik, antropogen, biologik va boshqalar.