A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   116
ekologiya.maruza

Tabiat omili 
- turli tabiiy hodisa va jarayonlarning harakatdagi kuchini ta`siri. Ular ta`siri 
oqibatida tabiiy landshaftlar Qzgarishi mumkin. 
Tabiat boyliklari 
- tabiatda kishilik jamiyatining yashashi va o`z xo`jaligida 
foydalanadigan tabiatdagi barcha kimyoviy elementlar va energiya manbalari. Tabiat 
boyliklariga quyosh, Yerning ichki energiyasi, suv va uning energiyasi, foydali qazilmalar
tuproq-o`simlik qoplami, hayvonot dunyosi, tabiatning noyob joylari va boshqalar. Tabiat 
boyliklari real va potentsial boyliklarga bo`linadi. 
Tabiatni muhofaza qilish 
- davlat, xalqaro, jamoat, ilmiy, texnik, ishlab chiqarish, 
iqtisodiy va ma`muriy tashkilotlar tomonidan tabiatni ilmiy asosda insoniyat manfaatlarini 
ko`zlab saqlashga, tabiatdan va uning resurslaridan to`g’ri foydalanishga, ongli ravishda 
Qzgartirishga, uning mahsuldorligini saqlab qolishga va atrof-muhitni iloji boricha tabiiy hamda 
toza saqlashga qaratilgan tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish asosan quyidagicha olib 
boriladi: 
- alohida ajratilgan hududlarda tabiat tabiiy holda saqlanadi va ko`paytiriladi; 
- tabiatga ta`sir etib, undan to`g’ri foydalanib madaniy landshaftlar hosil qilinadi. 
Tabiatni muhofaza qilishning dastlabki bosqichida yo`qolib borayotgan alohida o`simlik va 
hayvon turlarini muhofazasi amalga oshirilgan. Insoniyatning ehtiyojlari o`sib, tabiiy 
resurslardan foydalanish kuchayganidan keyin tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslarni 
muhofaza qilish va ulardan to`g’ri foydalanish bosqichi vujudga kelgan. XIX asrning 
o`rtalaridan boshlab tabiiy resurslar bilan bir qatorda tabiiy-hududiy majmualar - alohida noyob 
hududlarni muhofaza qilish bosqichi ajratildi. Atrof-muhitni hozirgi zamon ekologik muhofazasi 
bosqichi insonning tabiatga ta`siri umumsayyoraviy masshtabga etgan. Bu bosqichning asosiy 
vazifasi ekologik tizimlarni muhofaza qilish, ularning o`z-o`zini tiklash qobiliyatini ta`minlash 
va biosferadagi muvozanatni saqlashdir. 



Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin