A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   116
ekologiya.maruza

 
SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR 
1.
Tabiatni muhofaza qilishning xuquqiy-me`yoriy asoslari deganda nimani tushunasiz?
2.
«Tabiatni muhofaza qilish» to`g’risidagi qonunlar mohiyatini tushuntiring? 
3.
O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo`mitasining maqsad va 
vazifalari nimadan iborat?
4.
Ekologik o`lchamlashtirish asoslari nima?
5.
Sanitar-taksik monitoringning mohiyatini tushuntiring? 
6.
Biosfera va ekologik nazorat qilishning mohiyatini izohlang? 
7.
Tabiatni muhofaza qilishning xalqaro hamkorligi to`g’risida sizning fikringiz qanday?
8.
«Ekosan» xalqaro hayriya jamg’armasining asosiy vazifalarini tushuntiring? 
Tabiiy resurs nima? U nima maqsadda tasniflanadi? 
9.
Tabiat resurslaridan foydalanish me`yori deganda nimani tushunasiz? 
YER RESURSLARIDAN TO`G’RI FOYDALANISH
VA ULARNI MUHOFAZA QILISH 
·
Tabiatda va ijtimoiy ishlab chiqarishda Yer resurslarining ahamiyati.
·
 Yer resurslarining tasnifi va O`zbekiston er fondi. 
·
Tuproqning o`zgarishiga ta`sir etuvchi 
omillar. 
·
Tuproq erroziyasi va unga qarshi kurashish chora-tadbirlari. 
Tuproq tabiatning eng muhim boyligi bo`lib, Er po`stining eng ustki g’ovak, unumdor 
qismidir. Tuproq orqali moddalarning litosfera bilan atmosfera orasidagi o`zaro aloqasi sodir 
bo`ladi. Shamol natijasida tuproq ustidan ko`tarilgan chang to`zonlar atmosferaga etib havo 
tiniqligini buzadi, Yer yuzasiga quyoshdan kelayotgan yorug’lik energiyasi ta`sirini kamaytiradi, 
yog’inlarning vujudga kelishiga ta`sir ko`rsatadi. Atmosferadan esa tuproq ustiga har xil 
zarrachalar tushib, tuproh, o`simlik va hayvonot olamiga turlicha ta`sir ko`rsatadi. Tuproq eng 
avvalo o`simlik, hayvon va mikroblar bilan birga murakkab ekologik sistema (biogeotsenoz) ni 
vujudga keltiradi. Tuproqning kishilik jamiyati uchun ahamiyati shundaki, u o`z-o`zini tozalash 
xususiyatiga ega bo`lib, tabiatdagi iflos narsalarni (moddalarni) biologik yo`l bilan tozalaydi va 
neytrallashtiradi. Demak, tuproq xalqning bebaho tabiiy boyligi va insonning yashashi uchun 
zarur bo`lgan hayot manbaidir. Inson o`zining yashashi uchun kerak bo`lgan oziq-ovqat 
energiyasining 88% ini tuproqdan, 10% ini o`rmon va o`tloqlardan, 2% ini okeandan olmoqda. 
Quruqlikning 13% i (1,9 mlrd. ga) haydab ekin ekiladigan erlardir. Dunyo bo`yicha ekin 
ekiladigan maydonning 14% ini esa sug’oriladigan erlar tashkil etadi.
Tabiat komponentlari ichida er resursining o`rni o`ziga xosdir. Er boshqa barcha 
komponentlarning tabiiy asosi, zamini hisoblanadi. Er qishloq xo`jaligida ikki funktsiyani 
bajaradi: er bir vaqtda mehnat predmeti va vositasidir. Uil’yam Petti aytganidek, "boylikni otasi 
mehnat bo`lsa, er - onasidir". Er tabiatning mahsuli bo`lib, unga qilingan har qanday ta`sir uning 
unumdorligini oshiradi yoki aksincha. Insoniyat tarixi - tabiat bilan insonni o`zaro 
munosabatlarining mahsulidir. Ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi erni dastlab qabilalar
so`ngra esa oilalar o`rtasida taqsimlanishga olib keldi.
Konstitutsiyada alohida shaxslarga shaxsiy turar joy qurish, jamoa bo`lib bog’dorchilik, 
sabzavotchilik bilan shug’ullanish uchun erdan foydalanishga doimiy va vaqtinchalik ruxsat 
berilishi mumkin. Erdan foydalanuvchilarga erdan unumli foydalanish majburiyati yuklatiladi. 
Erdan mehnat qilmay daromad olish, erni sotib olish yoki sotish, hadya qilish, ijaraga qo`yish, 


o`z holicha boshqa shaxslarga berish ta`qiqlanadi. Er davlat va jamoat ehtiyojlari uchun zarur
bo`lib qolganda davlat tomonidan olinishi mumkin. 
Yer sharining 149 mln. km
2
quruqlik maydoni turli er turkumlariga bo`linadi (2-jadval). Er 
"tabiat va jamiyat" majmuasida suv va havo kabi qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishning asosiy 
vositasi hisoblanadi. Yer sharida quruqlikning inson foydalanadigan qismi 82 mln.km
2
(65%). 
Shu jumladan: faol foydalanadigan quruqlikda qurilgan joylar, shudgor va yo`llar 22,3 mln. km
2
(15%)ga teng keladi. quruqlikda kam harajat bilan o`zlashtirish mumkin bo`lgan erlar zahirasi 9 
mln.km
2
' (6%)ni tashkil etsa, o`zlashtirish qiyin va ko`p mablag’ sarflanadigan erlar (cho`llar, 
botqoq, baland tik-tog’ cho`llari) 35,7 mln.km
2
(24%)ni egallaydi. Hozirgi kunda inson ta`sirida 
ishdan chiqqan erlar (tuproq emirilishi, sho`r bosish, botqoqlashish) maydoni 4,5 mln.km
2
(3%)dan ortib ketdi. Inson bir butun tabiatga turlicha ta`sir ko`rsatmoqda. Masalan, barcha 
xo`jalik-maishiy ehtiyojlar uchun ishlatiladigan suv - 3,8 mln.km
3
ni tashkil etsa, shu jumladan 
sug’orish uchun 3 mln.km
3
ni, sanoat-maishiy oqavalar bilan ifloslangan suv hajmi 6,5 ming km
3
dan ortib ketdi. Er yuzasida Osiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerikalar katta er fondiga ega.
Er fondi nima? Davlat chegaralariga qadar bo`lgan hamma erlar. Davlat er fondi qishloq 
xo`jalik maqsadlarida foydalanish uchun jamoa xo`jaligi va boshqa xo`jaliklarga berib qo`yilgan 
qishloq xo`jalik erlaridan, aholi yashaydigan punktlar (shaharlar, kichik shaharchalar va qishloq 
aholi joylarining erlaridan), sanoat. transport, kurort, qo`riqxonalarning erlaridan va boshqa har 
xil erlardan (davlat o`rmon fondlari erlaridan, davlat suv fondlarp erlaridan) iborat. 
O`zbekistonning umumiy er fondi 1997 ma`lumoti bo`yicha 44,45 mln. gektar, shundan 
salkam 32 mln. gektari qishloq xo`jaligiga karashli erlar. Respublikaning er fondi foydalanish 
bo`yicha xplma-xil. Mamlakat umumiy er fondining 5-6 mln. gektari dehqonchilikda 
foydalaniladi. Qishloq xo`jaligi erlari ichida katta salmoq (83,5%)ni o`tloqlar va yaylovlar 
egallaydi. Undan keyin haydalgan erlar (14,9%), ko`p yillik ekinlar - bog’lar va tokzorlar 
(1,4%). qishloq xo`jaligida foydalanilmaydigan va boshqa turdagi erlarni ulushi Respublika jami 
er fondining 37,3% ga teng. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin