A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Tuproq eroziyasi va unga qarshi chora-tadbirlar



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
ekologiya.maruza

Tuproq eroziyasi va unga qarshi chora-tadbirlar. Ye
r yuzasidagi tog’ jinslari va 
tuproqlarni oqar suvlar yuvib, oqizib va shamol uchirib ketishi eroziya deyiladi. "Eroziya" 
lotincha-erosio-erosio so`zidan olingan bo`lib, "emirish", "parchalash", "eyilish" degan ma`noni 
bildiradi. eroziya natijasida erning unumdor qismi-tuproq qoplamn buziladi, emiriladi va 
yaroqsiz bo`lib qoladi. Suv va shamol eroziyasi natijasida AQSH, Xitoy, Kavkaz, O`rta Osiyo va 
boshqa regionlarda millionlab gektar erlar ishdan chiqdi hamda unumsiz erlarga aylandi. 
Frantsuz olimi Gerrening ma`lumotiga qaraganda, so`nggi yuz yil ichida 2 mlrd. gektar unumdor 
tuproqli erlar o`rnida jarlar, yalong’och qoyalar, chirindisiz geologik yotqiziqlar qoldi (quruqlik 
yuzasining 15%ni tashkil etadi). 
Suv eroziyasi suv oqimining miqdori, tezligiga ko`ra, yuza eroziya, yonlama eroziya va 
chuqurlatma eroziyaga bo`linishi mumkin. YUza eroziyada tuproqni yuza qatlamini yoppasiga 
yuvib ketadi. Bu jarayonda Er yuzasining qiyaligi juda kam bo`ladi. YOnlanma eroziyada - 
eroziya natijasida hosil bo`lgan kichik o`zan, jarlarnnng yon-qirg’oqlari emiriladi, jar kengayadi 
va taraqqiy etadi. 
Taglama-chuqurlatma
eroziyada jar, soy, irmoqlarni tag qismi emiriladi va jar
soy, irmoqlar yanada chuqurlashadi. Yangi hosil bo`lgan jarlar ekinzorlarni parchalab, bo`lib 
tashlaydi, dehqonchilik ishlarini qiyinlashtirib, mehnat unumdorligiga putur etkazadi. Tog’larda 
hosil bo`lgan sellar ham vayronagarchiliklarga sabab bo`lib, tuproq eroziyasini yanada 
tezlashtiradi. O`zbekistonda suv eroziyasining hamma turlari uchraydi. Ammo, irrigatsiya 
eroziyasi alohida ajralib turadi. Chunki, agrotexnikaga rioya qilmaslik, erlarni noto`g’ri 
sug’orish, dalalarga suvni ko`p miqdorda berish antropogen omildir. Suv eroziyasi ko`proq tog’ 
oldi va tog’li hududlarida ro`y bersa, shamol eroziyasi tekisliklarda, cho`llarda kuzatiladi.
Shamol eroziyasi suv eroziyasidan tubdan farq qiladi. SHamol eroziyasi natijasida tuproq 
qoplami va uning ona jinsidagi mayda zarrachalarini turli masofalarga shamol uchirib ketadi. 
Shamol eroziyasi ikkiga bo`linadi: deflyatsiya (puflayman) va korroziya (tekislayman). 
Deflyatsiya natijasida tuproq qoplamining ustki qismi, haydalgan erlarni katta qismi uchirilib 
ketiladi va boshka erlarga yotqiziladi. Ba`zan deflyatsiya jarayoni oqibatida o`simlik ildizlari 
ochilib qoladi. Korroziya - qum zarrachalari turi tog’ jinslariga urilib, uni charxlaydi, tekislaydi 


va silliqlaydi. Korroziya natijasida turli rel’ef shakllarga ega bo`lgan qoya, jar, toshlarni 
ko`rishimiz mumkin. Bundan jarayonlarni suv ostida ham uchratish mumkin. SHamol eroziyasi 
oqibatida qumlar ko`chib, yangi qum rel`ef shakllari vujudga keladi va qo`shni hududlarga 
surilib, bostirib borishi mumknn. Bunday jarayonlarni Markaziy Xitoy, AQSH, Shimoliy
Afrika, Avstraliya va O`rta Osiyoda kuzatishimiz mumkin. Ko`chma qumlarning o`zlashtirilgan 
qadimgi vohalarga bostirib kirganligi tariximizdan ma`lum. Quyi Zarafshon, Qarshi cho`li, quyi 
Amudaryolarning qadimgi sug’orilgan erlari hozirgi vaqtda ham qum ostida. erozion 
jarayonlarni oldini olish; sug’oriladigan, lalmi va yaylov erlarda eroziyaga qarshi kurashish 
chora-tadbirlar majmuasi hozirgi kunda ham qo`llanib kelinmoqda. 
Shunday qilib, erozion jarayonlarni rivojlanishining asosiy sabablari faqatgina joyning 
tabiiy sharoiti rel’efi, iqlimi. o`simligi va tuproqning xususiyati bo`lib qolmasdan, insonni tog’lik 
va tekislik hududlaridan noto`g’ri foydalanish oqibatidir (yaylovlardan noto`g’ri foydalanish, 
o`rmonlardan rejasiz foydalanish, o`rmon yong’inlari, kasalliklar va boshqalar, tog’ 
yonbag’irlarida va tekisliklarda suv va shamol eroziyasiga uchragan erlarni noto`g’ri ishlash). 
Eroziyaga qarshi kurashish tadbirlari quyidagi guruhlarga bo`linadi: 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin