A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
ekologiya.maruza

agrotexnik, o`rmon 
melioratsiyasi, gidrotexnik. 
Agrotexnik
chora-tadbirlarda almashlab ekishni to`g’ri amalga oshirish, ko`proq o`tli 
o`simliklarni ekish, o`z vaqtda o`g’it solish va o`simliklar zichligini oshirish kerak. 
O`rmon 
melioratsiyasi
natijasida o`simliksiz qolgan tog’ yonbag’irlarini, tekislik-qumli yaylovlarni turli 
buta, daraxtlar bilan qoplash kiradi. 
Gidrotexnik 
chora-tadbir majmuasiga tog’ yonbag’irlarni yuvish va uyilishdan saqlash 
uchun gidrotexnik qurilmalar qurish (to`g’onlar, terrasalar). Tog’li hududlarda yana oqimni 
to`suvchi va to`xtatuvchi devorlar, tosh-shag’al-tuproq-yog’ochlardan foydalangan holda 
qurilmalar qurish kerak. SHamol eroziyasiga qarshi kurash o`ziga xos chora-tadbirlarni qamrab 
oladi. qumli, qumoq tuproqli erlarda va ko`chma qumliklarda asosan mexanik to`siqdan 
foydalaniladi. eroziya natijasida tuproqning tarkibi buziladi va uning unumdorligi pasayib ketadi. 
Ammo, ifloslanish tufayli tuproqning kimyoviy va biologik xususiyatlari o`zgaradi. 
Tuproqning sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi xo`jaligimizga katta zarar 
etkazmoqda. Turli zararli moddalar havodan, suvdan kelib tuproq hosildorligini kamaytiradi
ba`zan tuproqni butunlay ishdan chiqaradi. Olimlarning guvohlik berishicha kimyoviy zararli 
moddalarning xavfi AESlarning radioaktiv chiqindilari xavfidan 9 barobar xavfliroq ekan. 
Hozirgi vaqtda jahon bo`yicha ekinlarni himoya qilish uchun turli kimyoviy moddalardan 
gektariga 300 gramm, g’arbiy Yevropa va AQSHda 2-3 kilogramm, Afrika va Lotin Amerikasi 
mamlakatlarida 200 gramm solinayotgan bir vaqtda paxta dalalarimizda ishlatilayotgan 
kimyoviy moddalarning yillik miqdori (1990 yil) gektariga 57,7 kilogrammni tashkil etgan 
bo`lsa, undan foydalanish 1995 yili 1.5 barobar qisqargan. Zaharli moddalar tuproq qoplamida 
yildan-yilga yig’ilib, to`planib boradi. U nafaqat tuproq qoplamini zaharlaydi, hatto insonlarda 
turli kasalliklarni keltirib chiqarishga sababchi bo`ladi (sariq, oshqozon, ichak va rak 
kasalliklari). Chunki, tuproqka qo`shilgan chiqindilar ichida simob, qo`rg’oshin, ftor kabi o`ta 
zaharli birikmalar to`plangan bo`ladi. 
Sug’oriladigan erlarni baholash ball bilan olib boriladi. Ballar tuproqni tadqiqot qilish 
orqali ya`ni tuproq boniteti orkali baholanadi. "Uzgiprozem" ma`lumoti bo`yicha sug’oriladigan 
erlarini sifati (bonitet) O`zbekiston bo`yicha o`rtacha 59 ball olinadi. Ballar 41 ball - 
Qoraqalpog’iston Respublikasining, eng yuqorisi esa Surxondaryo va Xorazm viloyatlariga 
to`g’ri keladi 63 ball. Shunday qilib, qishloq xo`jaligiga yaroqli erlar xalq boyligi ekanligini 
unutmasligimiz kerak. Yerdan to`g’ri foydalanish, iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarnp o`tkazishda 
er kadastrini o`rni boshqa. Yer kadastri erni baholashda qo`l keladi, ya`ni erning tabiiy, xo`jalik, 
huquqiy holati va iqtisodiy bahosi aniq va zaruriy ma`lumotlar bilan belgilab beradi. Er kadastri 
asosan erdan to`g’ri foydalanish va uni muhofaza qilishga bog’liq bo`lgan barcha tadbirlarni 
amalga oshirishga xizmat qiladi. O`zbekistonda er va er resurslaridan foydalanishni tartibga 
solish maqsadida 1994 yili O`zbekistoi Respublikasida "Yer to`g’risida"gi qonuni 
takomillashtirtilgan variantda qabul qilingan. 



Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin