A. Q. Samyayev, Q. S. Yarashev, B. B. Eshquvvatov



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/51
tarix13.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#129566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Samyayev

 



MASSHTAB 
Umumta’lim maktablarida geografiya fani 5 –sinfdan boshlanib, darslikdagi
amaliy mashg’ulotlar bilan bog’liq dastlabki mavzu bu – masshtabdir. Yer sirtidagi 
ikkita nuqta orasidagi haqiqiy masofani planda (rejada), xaritada yoki globusda 
qancha marta kichraytirilib tasvirlanganligini ko’rsatuvchi kasr songa - masshtab 
deyiladi. 
Masshtab uch xil bo’ladi: sonli masshtab, nomli masshtab va chiziqli 
masshtab. 
1: 100 000 ………………....…….…………. sonli masshtab 
1 sm da 1km …………………………………. nomli masshtab 
1000 m 0 1 2 3 km 
Sonli masshtablar sur’ati bir va maxraj esa haqiqiy masofadan xaritadagi 
masofa necha marta kichraytirilganini ko’rsatuvchi sondir. 
Masshtabda eng muhim narsa sonli masshtabni nomli masshtabga, nomli 
masshtabni sonli masshtabga aylantirishdir
Agar sonli masshtabda nollar soni 5 ta va undan ortiq bo’lsa orqadagi 5 ta nol 
o’chiriladi va nomli masshtab kilometrda beriladi. 
Masalan: 1:1000000 sonli masshtabni nomli masshtabga aylantiramiz
1:1000000 = 1 sm da 10 km bo’ladi . 
1 sm = 15 km nomli masshtabni sonli masshtabga aylantiramiz , bunda nomli 
masshtab km. da bo’lgani uchun nomli masshtabga 5 ta nol qo’yamiz ya’ni 
1:1500000 
Agar sonli masshtabda nollar soni 5 tadan kam bo’lsa orqadagi 2 ta nol 
o’chiriladi va nomli masshtab metrda beriladi
Masalan: 1:30000 sonli masshtabni nomli masshtabga aylantiramiz
1:30000 = 1 sm da 300 metr bo’ladi . 
…….chiziqli masshtab



1 sm = 150 sm nomli masshtabni sonli masshtabga aylantiramiz , bunda nomli 
masshtab m. da bo’lgani uchun nomli masshtabga 2 ta nol qo’yamiz ya’ni 1:15000 
Masshtabdan foydalanib yechiladigan masalalar 
1-masala: Masshtab 1:30 000 000 sm bo’lgan xaritada Pekin (Xitoy) va 
Toshkent shaharlari orasidagi masofa 7 sm ga teng bo’lsa, bu shaharlar orasidagi 
haqiqiy masofani aniqlang. 
Yechimi: 
1) 
Ma’lumki, 1:30 000 000 sm li xaritada 1sm masofa 300 km to’g’ri 
kelishini bildiradi.
2) 
Agarda 1 sm ga 300 km to’g’ri kelsa 7sm ga necha km masofa to’g’ri 
keladi? 
Proporsiya tuzamiz: 1sm …………………..300km 
7sm …………..……….X km
3) 
X=300 · 7=2100 
4) 
Demak, Pekin (Xitoy) bilan Toshkent shaharlari orasidagi masofa 
2100 km ga teng . 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin