2.Dengizlar jadavalini to‘ldiring
Chukotka, Laptevlar, Kara, Grenlandiya, SHarqiy Sibir, Oq, Barens, Qizil,
Arabiston, Qora, O‘rta Er, SHimoliy, Marmar, Karib, Boltiq, Azov, YApon,
JanubiyXitoy, sharqiy Xioy, Filippin, Baffin, Sulavesi, Tasman, Oxota, Marjon,
Sariq, Irlandiya, Sargasso, Maluk, Xalmaxer, Seram, YAva, Balli, Flores, Savu,
YAngi Gvineya, Solomon, Fidji, Ross, Amudsen, Bellinsgauzen, Andaman, Timor,
Arafur, Deyvis, Hamdo‘stlik, Kosmonavtlar, Bofort, Tiren, Adriatika.
Okean
Ichki dengiz
Chekka dengiz
Tinch
Atlantika
Hind
SHimoliy Muz okeani
Tinch
45
3.Dunyo okeanining tarkibiy qismlari jadvalini to‘ldiring
Okeanlar
Adan, Azov, Alyaska, Andaman, Arabiston, Arafur, Bali, Bass,
Bengal, Bering, Biskay, Boltiq, Bosfor, Viktoriya, Gvineya, Gibraltar,
Grenlandiya, Gudzon, Daniya, Dardanell, Dreyk, Kaliforniya,
Karpentariya, Katta Avstraliya, Koreys, Kosmonavtlar, Kuk, Lazerov,
La-Mansh, Laperuz, Malakka, Magellan, Marjon, Marmar, Meksika,
Mozambik, Men, Oxota, Oq, Riga, Ross, Sariq, Siam, Singapur,
Sulavesi, Sulu, Tayvan, Tasman, Tatar, Timor, Tirren, Fiji, Fin, Foks,
Fors, SHimoliy, egey, YAva, YApon, O‘rta, Qora, Qizil
Dengizlar
Ko‘rfazlar
va
qo‘ltiqlar
Bo‘g‘izlar
Tinch
Atlantika
Hind
Shimoliy
Muz
46
Xulosa
Amaliy ishlar o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amalda tatbiq etishga
materiallarni ongli va puxta o‘zlashtirishga, amaliy axamiyatga ega bo‘lgan
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga imkon beradi.
Amaliy ishlar o‘qituvchi bilan o‘quvchilar faoliyatining nisbatini belgilaydi.
Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilar tomonidan ommaviy tarzda ham, o‘qituvchining
ishtirokida ham bajarilishi mumkin. O‘quvchilar ommaviy ishlarning bajarilish
usullarini, ya’ni xaritani o‘qish, xarita asosida biron hududga geografik tavsif
berishni egallaganlaridan keyin ishlarni mustaqil bajarish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Amaliy mashg‘ulotning asosiy xususiyati egallangan bilimlarni amalda tatbiq etish
hamda mustahkamlash bo‘lsa, mustaqil ishlarning asosini, ya’ni bilim va
ko‘nikmalarni egallash, yangi bilimlarni izlashda ilgari egallangan bilimlarga
tayanish tashkil etadi. Amaliy ishlarga nisbatan mustaqil ishlar o‘quvchilar
faoliyatini ko‘proq qamrab oladi. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda,
dastavval, geografik o‘rinlarini, masofalarni aniqlash yuzasidan, umumiy tabiiy
xaritaning shartli belgilarini o‘qish yuzasidan, balandliklar va chuqurliklarni topish
kabi topshiriqlar berib boriladi. O‘quvchilar raqamli ma’lumotlar bilan
ishlaganlarida turli jadval grafik va diagrammalar tuzishga o‘rganadilar. Bu ishlar
kurs materiallarini yaxshi o‘zlashtirishni ta’minlaydi.
Xulosa qilib aytganda, o’qituvchi har qanday o’qitish jarayonini tashkil
qilishda yuqoridagi ma’lumotga asoslanishi, turli toifadagi o`quvchilarning amaliy
mashg’ulotlar bilan ishlashga ehtiyojlarini qondirishga va jarayon samaradorligini
oshirishga yordam beradi. Demak, geografiya darslarida amaliy mashg’ulotlarning
har xil turlaridan maqsadli foydalanishi lozim. Bu plakatlar, qo’llanmalar,
laboratoriya tajribalari, ovoz, animatsiya, harakat, matn yig’indisi bo’lgan
multimedia bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |