57
Burmalanish — Yer po`stida yon tomondan bo`ladigan kuchli tektonik bosim
ta`sirida qatlamlarning bukilib, burmalar hosil qilishi. B. natijasida burmali tog`lar,
ular orasida botiqlar — tektonik vodiylar paydo bo`ladi.
Burmali tog`lar — tektonik harakatlar ta`sirida tog`
jinslari qatlamlari
burmalangan va tevarak atrofdan baland ko`tarilib qolgan tog`lar. Masalan,
Kavkaz, Himolay, And, Kordil`era tog`lari va boshqalar.
Burun (tumshuq)—quruqlikning okean, dengiz, ko`llarga eng ko`p turtib
chiqqan uchlik qismi, qirg`oqning qanday tog` jinslaridan tashkil topganiga qarab,
burunlar suv yuzasidan tik ko`tarilgan (Dejnyov burni, Ayiqtog` burni)
past tekis
bo`ladi
.
Vodiy— relefning uzun cho`zilgan botiq shakli. Hosil bo`lishiga ko`ra,
erozion va tektonik bo`ladi. Har ikkala sababning birgalikda ta`siridan ham vujudga
keladi.
Voha — chalacho`l va cho`llarda o`simlik bilan qoplangan, aholi yashaydigan
obod joy.
Vulkan — (lotincha
vulkanus — olov xud osi), yonartog` — Yer po`stida ro`y
beradigan tektonik harakatlar natijasida hosil bo`lgan
yoriqlar,
teshiklardan lava,
qaynoq gaz, suv bug`lari, toshlar, kul chiqarib turadigan hodisa.
Dostları ilə paylaş: